+32C

+32C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Davlat tavsiyalariga qarab qolmang: issiqlarda o‘zingiz ham ezgu amallar bilan o‘rnak bo‘ling

Harorat keskin ko‘tarilgan kunlarda vazirliklar, tashkilotlar turli tavsiyalar berdi, choralar qabul qildi. Davlat qilganini qilyapti, lekin har bir inson jamiyatga foydasi haqida o‘ylashi, ibrat bo‘lishi kerak.
1438 12:16 | 16.07.2026 12:16

Xo‘sh, nima qilmoq lozim? Hammasi oddiy:

* Atrofga hushyor bo‘ling, tayyor turing. Kimdir lohas bo‘layotganini his qiling, darrov suyanchiq bo‘ling. Suv, soyaga olish, elpish bilan ham vaziyatni o‘nglashingiz mumkin;
* Keksalarni, bolalarni ehtiyot qiling. Keksalar yolg‘iz qolmasligi kerak. Bolalar esa cho‘milishga qochib ketishi mumkin. Xabardor bo‘lib turing;
* Issiqda vahima qilmang. Yuqori harorat oldin ham bo‘lgan, bo‘lyapti, yana bo‘ladi. Bu vaqtincha deya qabul qiling. Faqat eʼtibor bo‘ling;
* Qiyin sharoitda, pulsizlikda, zarurat tufayli ishlaydigan tanishlaringiz bo‘lsa, moddiy yordam bering. Masalan g‘isht zavod ishchilari, novvoylar, mardikorlar bir-ikki kun dam olishsin;
* Mashinangiz bo‘lsa, issiqda ko‘chada turganlarni olib keting, uzog‘ini yaqin qiling. Pul olmang, yana topilar;
* Tanishlaringiz orasida muhtojlar bor. Ko‘p. Svet-suv to‘loviga, eb-ichishga, ko‘chaga chiqishga qiynalib turgandir. Ulardan xabar oling. Muzdek ichimliklar ovolsangiz, nur ustiga nur;
* Kimgadir konditsioner hadya qilishga imkoningiz yo‘qdir. Lekin bitta ventilyator olib berish qiyin emas. Bir oila qanchalar quvonadi;
* Do‘koningiz bo‘lsa, «Ehson stoli» tashkil qiling. Misol uchun: 100 ta kichik suv, 250-300 ming so‘m xarajat bo‘ladi. 100 kishi hayratlanadi, sizni duo qiladi;
* Oshxonalar bir taqsimcha tarvuz, bir piyola muzdek kompotni bepul berib ham katta savob olishi mumkin. Ko‘pchilik buni yo‘lga qo‘ygan, ko‘proq targ‘ib qilishiz kerak;
* Taksichi aka-ukalar: mashinangizga birrov qarab qo‘ying, vositalar bilan tozalang. Hidlar o‘zingiz bilinmasligi mumkin, lekin chiqqan odamga ozor berib qo‘yishingiz hech gap emas;
* Jamoat joylarida o‘zingizni pokiza saqlashingiz bilan ham o‘rnak yoki aks holatga sababchi bo‘lishingiz mumkin. Badandagi «iforlar» atrofdagilar darrov seziladi;
* Korxona, tashkilotlar rahbarlari, tushlik paytida xodimlarning yarim soatgina dam olishi yoki mizg‘ib olishiga qarshilik qilmang;
* Ko‘cha-kuyda musor tashlamang. Buni faqat issiq kunlarda emas, doim yomon odatga o‘rganmang. Harorat yuqori bo‘lganda bitta banan po‘chog‘i bilan ham atrof-muhitni bemalol buzib berish mumkin. Unday qilmang;
* Eng muhimi – bu kunlar ham sinov. Har bir harakatingiz bilan faxrlanishingiz, har bir loqaydligingiz bilan noxush holatga sababchi bo‘lishingiz mumkin. Siz hammaga keraksiz!


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid