+36C

+36C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Dunyo yulduzlari “Toshkent bahori”da jam bo‘ldi

Poytaxt Toshkent yana klassik sanʼat namoyondalarini bir joyga jamladi. 15 maydan 24 mayga qadar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri sahnasida “Toshkent bahori” VIII Xalqaro opera va balet festivali bo‘lib o‘tmoqda.
51 12:19 | 17.05.2026 12:19

Nufuzli festival dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan taniqli opera xonandalari, balet ustalari va dirijyorlarini birlashtiradi. Tadbir teatr old maydonida open air Gala-kontsert bilan ochildi. Tomoshabinlar ochiq osmon ostidagi yorqin va unutilmas musiqiy kechadan bahramand bo‘lishdi.

Ushbu musiqiy kechalarda Evropa va Osiyoning La Scala, Arena di Verona, Metropolitan Opera, Teatro Massimo va Teatro Regio kabi mashhur teatr sahnalarida ijod qilayotgan sanʼatkorlar ishtirok etadi.
Shuningdek, ilk bor Toshkent tomoshabinlariga ochiq osmon ostida Adolf Adanning "Jizel" baleti taqdim etiladi. Bu o‘ziga xos noyob voqea bo‘lishi shubhasiz. Afsonaviy spektakl sehrining tun tarovati bilan uyg‘unlashishi jahon durdonasi bilan uchrashuvga alohida fayz bag‘ishlaydi.

Festival xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi va yurtimiz aholisi hamda mehmonlariga esda qolarli taassurotlarni tuhfa etadi.


Rushana Zarpullaeva
O‘zJOKU talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid