“Gilamingni kim oladi deyishgandi, buyurtmalarga ulgura olmayapmiz”
O'zbekiston tumani “Yangi hayot” mahallasida yashovchi Muhabbat G'ofurovani taniganlar “eja” deb ataydi. Qahramonimizning otasi qirg'iz, onasi o'zbek bo'lgan. Ota tomonning barchasi gilamdo'zlik bilan shug'ullangan. “Eja”ga ham bu hunar ota tomondan o'tgan.
Muhabbat opa oxirgi marta kim ismi bilan chaqirganini eslay olmaydi.
63 yoshni qarshi olgan “eja” qo'lda to'qigan gilamlari bilan dong taratgan. Mo''jazgina o'tov esa uning ish joyi. Bu yerda nevaralari va kelinlari bilan qo'y va tuya yungidan ip yigirib, gilam to'qiydi. Tabiiy ranglar va qo'l mehnati asosida tayyor bo'lgan gilam ham arzon turmaydi.
“Asosan buyurtmalar xorijdan bo'ladi. Bizda qo'lda to'qilgan gilamni unchalik ham xushlayverishmaydi. Lekin xorijliklar bu ishimizni nihoyatda qadrlashadi. Asosiy mijozlarimiz turkiyaliklar. Juda ko'p gilam buyurtma qilishadi. Mana yaqinda 200 ta gilamga buyurtma berishdi, lekin buyurtmani bekor qildim”, — deydi “eja.”
Ishonch.uz muxbiri “eja”ning o'tovida bo'lib, uning ish faoliyati, qiymati baland bo'lgan gilamning to'qilish jarayoni bilan tanishdi.
Jamshid Ergashev
Ishonch.uz


Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0