+34C

+34C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Xorazmda ilk bor jigar transplantatsiyasi amaliyoti o'tkazildi: O'g'il onasiga o'z jigaridan berdi

Qo'shko'pir tumanida yashovchi 54 yoshli Ra'no Matyoqubova bir necha yillar davomida jigar tsirrozi bilan kurashib kelardi. Kasallik terminal bosqichga o'tgan, yagona najot sifatida jigar transplantatsiyasi tavsiya etilgan edi.
1413 12:43 | 27.12.2025 12:43

Oila a'zolari Ra'no opani Hindistonga olib borishga qaror qildilar. Ammo, Hindistonda o'tkaziladigan amaliyot xarajatlarini uncha-munchaning cho'ntagi ko'tarmaydi. Oila a'zolari Xorazm viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi rahbarlari huzuriga kelib, maslahat so'rashgandi, mutasaddilar yaqin vaqt ichida jigar transplantatsiyasi yo'lga qo'yilishini, Ra'no opaga shu yerning o'zida amaliyot o'tkazish mukiniligini bildirishdi.

Respublika milliy tibbiyot markazi bilan hamkorlikda ushbu amaliyotga puxta tayyorgarlik ko'rildi. Keng qamrovli tibbiy tekshiruvlar natijasida bemorning 1991 yilda tug'ilgan o'g'li Jalolbek Xo'jaev donor sifatida barcha tibbiy ko'rsatkichlarga mos kelishi tasdiqlandi.

Respublika milliy tibbiyot markazi direktori o'rinbosari Jasur Sobirov rahbarligida, Xorazm viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazining tajribali jarrohlari tomonidan 8 soat davom etgan o'ta murakkab jigar transplantatsiyasi amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi. Hozirda donorning ham, bemorning ham salomatligi stabil bo'lib, shifokorlar nazoratida.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ilk jigar transplantatsiyasi amaliyotining xarajatlari davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi mablag'lari hisobidan qoplab berildi.

Ayni paytda Xorazm viloyatida 500 dan ziyod bemor jigar tsirrozi tashxisi bilan ro'yxatga olingan bo'lib, ularning 100 nafardan ziyodi dekompensatsiya bosqichida. Jigar transplantatsiyasini viloyatning o'zida muntazam yo'lga qo'yilishi ushbu bemorlar uchun hayotga qaytish imkoniyati, umid va ishonch demakdir.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid