Valyuta UZS
  • USD

    12 129.3328.04

  • EUR

    14 061.5330.08

  • RUB

    149.171.16

+16C

+16C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+16c

  • Hozir

    +16 C

  • 23:00

    +16 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 25-October

+16C

  • Hozir

    +16 C

  • 23:00

    +16 C

  • Shanba, 25

    +16 +20

  • Yakshanba, 26

    +14 +20

  • Dushanba, 27

    +13 +20

  • Seshanba, 28

    +15 +20

  • Chorshanba, 29

    +13 +20

  • Payshanba, 30

    +13 +20

  • Juma, 31

    +14 +20

  • Shanba, 01

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Xorazmning chekka hududlarida hamshiralar skuterda yurishadi

Yangi tartib qoida amalga kirdi. Endi ular nima qilishsin?..
535 16:21 | 08.10.2025 16:21

Zevarjon Xo'janiyozova Xorazmning eng chekka hududidagi oilaviy shifokorlik punktida hamshira bo'lib xizmat qiladi. U muassasadan uch kilometr olisda joylashgan Amudaryo bo'ylarida tarqoq yashovchi aholiga ham patronaj xizmati ko'rsatadi. Bu yerga piyoda borib kelishi uchun yarim kun vaqti ketadi.


Boshqa hamkasblari qatori unga ham skuter juda qulay. Patronaj hamshira har kuni xonadonlarda bo'lib, keksalar, yosh onalar, yangi tug'ilgan chaqaloqlar holidan xabar oladi. Qishloq sharoitida ichki ko'chalarda avtobus yurmaydi.


— 33 yildan buyon shu kasbda faoliyat ko'rsataman. Oilalarga emlashning ahamiyatini doimo tushuntiraman. Shuning uchun mening hududimda hamma bolalar to'liq emlanadi. Tibbiy ko'riklardan vaqtida o'tib turishadi, — deydi Zevarjon opa.


Ilgari “Oqqum” mahallasida oilaviy shifokorlik punkti yo'q edi. Mana ikki yildirki, uch nafar shifokor va yigirmadan ziyod hamshiralar 10 ming 300 dan ortiq aholiga malakali tibbiy xizmat ko'rsatib kelmoqda. Muassasa to'liq raqamlashtirildi. Statsionar bo'lim tashkil qilindi. Mahallaning olis hududida yashovchi aholiga qulaylik yaratish maqsadida tibbiyot punkti faoliyati ham yo'lga qo'yildi.


Bugungacha olis hududlarda ishlovchi yuzlab hamshiralar skuterlardan foydalanishardi. Qishloq xo'jaligida ishlovchi boshqa ayollar uchun ham ushbu transport vositasi juda qulay bo'lib kelayotgandi. Endi ular yana o'nlab kilometr masofani poyi-piyoda bosib o'tishadimi?
Qishloq hududlarida skuterlar yo'l harakatiga xalaqit qilmaydi. Mas'ullar buni inobatga olishadimi?..


Eslatib o'tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 17 iyuldagi 429-son qaroriga ko'ra, 2025 yilning 1 oktyabridan moped va skuterlarni boshqarish uchun «A» toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lish, majburiy davlat ro'yxatidan o'tkazish, davlat raqami belgilarini olish kerak.


Muhabbat TO'RABOEVA,
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid