Valyuta UZS
  • USD

    11 962.78-6.88

  • EUR

    13 887.59-40.31

  • RUB

    153.941.38

-0C

-0C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-0c

  • Hozir

    -0 C

  • 08:00

    -0 C

  • 09:00

    0 C

  • 10:00

    +0 C

  • 11:00

    +0 C

  • 12:00

    +0 C

  • 13:00

    +0 C

  • 14:00

    +1 C

  • 15:00

    +1 C

  • 16:00

    +1 C

  • 17:00

    +1 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +0 C

  • 20:00

    +0 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    0 C

  • 23:00

    -0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 19-January

-0C

  • Hozir

    -0 C

  • 08:00

    -0 C

  • 09:00

    0 C

  • 10:00

    +0 C

  • 11:00

    +0 C

  • 12:00

    +0 C

  • 13:00

    +0 C

  • 14:00

    +1 C

  • 15:00

    +1 C

  • 16:00

    +1 C

  • 17:00

    +1 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +0 C

  • 20:00

    +0 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    0 C

  • 23:00

    -0 C

  • Dushanba, 19

    -0 +20

  • Seshanba, 20

    0 +20

  • Chorshanba, 21

    +0 +20

  • Payshanba, 22

    +0 +20

  • Juma, 23

    0 +20

  • Shanba, 24

    4 +20

  • Yakshanba, 25

    +3 +20

  • Dushanba, 26

    +0 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Karimovning o'tmishdoshi, Lavrovning ustozi: Rafiq Nishonov yuz yoshga to'ldi

O'tgan asrning 80-yillarida, sobiq Ittifoq qulash arafasida siyosiy voqealar qizg'in kechdi. Buning asosiy sabablaridan biri Mixail Gorbachyov boshlagan qayta qurish siyosati edi. Bu O'zbekistonga ham ta'sir qilmay qolmadi.
316 00:26 | 17.01.2026 00:26

O'sha davrda O'zbekistonni bir muddat Rafiq Nishonov boshqardi. Agar tirik bo'lganda Nishonov 2026 yil 15 yanvarm' kuni roppa-rosa yuz yoshga to'lgan bo'lardi. Uning davri murakkab va qiyin paytga to'g'ri keldi. Albatta, siyosatchining faoliyatiga vaqt va xalqning o'zi baho beradi. Quyida sovet davrida O'zbekiston rahbarlaridan biri bo'lgan shaxs siymosiga to'xtalamiz.


Rafiq Nishonovich Nishonov 1926 yil 15 yanvarda G'azalkentda dehqon oilasida tug'ilgan. Uning bobosi shahrisabzlik edi. 1949 yildan beri Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi a'zosi bo'lgan. Bo'lajak amaldor Toshkent kechki pedagogika institutini (1959) tarix o'qituvchisi mutaxassisligi bo'yicha tugatgan. Tarix fanlari nomzodi (1969). 1942 yildan boshlab u Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi Shirchiq kolxozida kolxozchi bo'lib ishlagan. 1943 yilda u Bo'stonliq tumani G'azalkent qishloq kengashi ijroiya qo'mitasi kotibi bo'lgan. 1944 yildan Bo'stonliq tumani komsomol qo'mitasi instruktori va ikkinchi kotibi bo'lgan. 1945 yildan 1950 yilgacha u Sovet Armiyasi safida xizmat qilgan. Armiyada xizmat qilib qaytgach, Nishonov davlat ishiga kiradi va asta-sekin siyosat pillapoyalarida ko'tarila boshlaydi.


1950 yildan u Toshkentdagi O'zbekiston komsomolining Oktyabr' tuman qo'mitasida bo'lim mudiri bo'lgan. Ko'p o'tmay, ya'ni 1951 yilda u partiya ishiga o'tdi, u O'zbekiston Kommunistik partiyasi Oktyabr tuman qo'mitasida instruktor, bo'lim mudiri va kotibi lavozimlarida ishlagan. 1955 yildan O'zbekiston SSR Ichki ishlar vazirligi Yong'in xavfsizligi boshqarmasi siyosiy bo'limi boshlig'i lavozimida ishlagan. 1956 yilda O'zbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qo'mitasi bo'lim boshlig'i bo'lgan. 1959 yildan esa O'zbekiston Kompartiyasi Oktyabr' tuman qo'mitasining birinchi kotibi bo'lib ishlagan. Bu Rafiq Nishonov egallagan birinchi yirik lavozim edi. O'sha paytda qo'mita kotibi tumani hokimi sifatida ko'rilardi.


1962 yildan boshlab u Toshkent shahar ijroiya qo'mitasi raisi bo'lgan. 1963 yildan boshlab O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo'mitasi kotibi va byurosi a'zosi bo'lgan. 70-yillarga kelib, Nishonovning faoliyatida o'zgarishlar ro'y beradi va diplomatlikka o'tadi. 1970 yilda u diplomatik xizmatga o'tgan va SSSRning Shri-Lankadagi va bir vaqtning o'zida Mal'div Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan (hozirda Rossiya tashqi ishlar vaziri bo'lgan Sergey Lavrov bu elchixonada ish yurituvchi bo'lib ishlagan). 1978 yildan SSSRning Iordaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi bo'lib ishlagan. Nihoyat 1985 yilga kelib Rafiq Nishonov o'z vataniga qaytib, u yerda O'zbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri bo'lib ishladi.


Sovet davrida odamlar orasida fil tasviri tushirilgan choy mashhur edi. Bu ham Rafiq Nishonov nomi bilan bog'liq.


U Shri-Lanka (o'sha paytda Tseylon deb ham atalgan) elchi bo'lganida u yerdan sobiq ittifoqqa choy yetkazib berishni tashkil etish topshirig'ini oladi. Elchixona vakillari ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar bilan uchrashishdi va sotib olishni mahalliy vazirliklar bilan muhokama qilishdi. Ushbu tanlovning kutilmagan g'olibi mahalliy kichik kompaniya rahbari Merrill Fernando bo'ldi. Keyinchalik uning kompaniyasi o'n yillar davomida SSSRga choy eksport qilishni yo'lga qo'ydi.


Rafiq Nishonov sovetlarning so'nggi rahbari bo'lgan Mixail Gorbachyov bilan ijobiy munosabatlarga ega edi. Gorbachyov hokimiyat tizginini olgach, Nishonov ham tezkorlik bilan ko'tarilib boradi. vazirlikdan so'ng 1986 yil 9 dekabrdan 1988 yil 9 aprelgacha O'zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi, shu bilan birga, 1987 yil 29 iyun'dan 1988 yil 24 maygacha SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisining o'rinbosari lavozimlarida ishladi.1988 yil 12 yanvardan 1989 yil 23 iyungacha O'zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy qo'mitasining birinchi kotibi va shu bilan birga, 1988 yil 24 maydan 1989 yil 25 maygacha SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi a'zosi bo'lib ishladi.


Afsuski, Rafiq Nishonov respublikaga rahbarlik davrda mamlakat gullab-yashnagan, shodon va xurram emasdi. Magazinlarda mahsulotlar tanqis, “o'zbek ishi” kabi voqealar uydirib chiqarilgandi.


undefined

Farg'ona voqealari, Navro'z bayramining taqiqlanishi kabi voqealar aynan uning qo'l ostiga ro'y bergandi.


Nishonov davrida ayniqsa Navro'z bayrami bilan bog'liq tortishuvlar partiya rahbariyati darajasiga chiqadi. U 2015 yil mart oyida BBC O'zbek xizmati nashriga bergan intervyusida Navro'zni taqiqlash tashabbusi bilan chiqqanini qat'iyan rad etgan va O'zbekiston kompartiyasining mafkura bo'yicha kotibasi Ra'no Abdullaeva nomi bilan bog'laydi. “Bir vaqtlar Sovet hukumati davrida ayrim rahbarlar Navro'zni diniy bayram, uni yo'qotish kerak, deb ahmoqlik qilishgan. Katta bir majlisda Navro'zni Sharq xalqlari avvaldan bayram qilib kelgan deb bu fikrni yo'q qilganmiz. Muhokama vaqtida aytganman, men yaqinda Sharqdan keldim, u yerda Navro'zni katta bayram qilib o'tkazishadi, deb. Navro'zga diniy tus berish xato bo'lgan, deya fikrini bayon etgan Nishonov.


Rafiq Nishonov davrida, 1989 yilda Farg'onada vodiysida qonli to'qnashuvlar sodir bo'lgan. Unda 100dan ziyod kishi halok bo'lgani aytiladi. Ta'kidlash joizki, ayrim tarixchilar fikricha, Nishonovning vaziyatdan operativ xabardor emasligi va siyosiy iroda ko'rsata olmagani, mojaroning avj olishiga sabab bo'ladi. Ayni shu voqeadan keyin Nishonov lavozimdan ketdi, uning o'rniga Islom Karimov iqtidorga keldi.


Sovet Ittifoqi qulagach va O'zbekiston mustaqillikka erishgach, Nishonov siyosiy sahnalardan tushib qoldi. 90-yillardan boshlab toki o'limigacha, undan faqatgina internetdagi bir qancha interv'yu va chiqishlar qoldi xolos. Jumladan, Nishonov 2020 yilda O'zAga katta intervyu bergandi. Unda siyosiy arbob qator masalalardagi savollarga javob bergan. Unda ittifoqdagi paxta siyosati, qo'shib yozish, Sharof Rashidov shaxsiyati borasida qiziqarli firklar bildirilgandi. Masalan, Sharof Rashidov Markazning katta bosimi ostida paxta siyosatini olib borgani aytiladi.


Aslida, ayb Moskvada ekanligi ko'pchilikka ayon. Brejnevning o'zi Rashidovni majburlab turgan bo'lsa, u nima qila olardi?! O'tgan asr 60-yillari oxirida Moskvadan qaytib kelayotgan Rashidov menga: “Paxta ko'rsatkichlarini yana oshirib ko'rsatish kerak. Siyosiy byuro a'zolarining tushligi paytida Leonid Il'ich mendan “Nega to'rt million to'qqiz yuz ming tonna paxta yozilgan, deb, rejani besh millionga yetkazish kerakligini aytdi. Men shunchaki xo'rsinib, hammaning oldida Brejnevga e'tiroz bildirolmadim”, degan edi”, deb xotirlaydi Rafiq Nishonov interv'yuda.


v Tashkente vishla v svet kniga vospominaniy o Rafike Nishanove - Sputnik O'zbekiston, 1920, 15.01.2026


Siyosiy arbob 2023 yil 11 yanvar kuni, 97 yoshga to'lishiga 4 kun qolganida vafot etdi. Ayni kunlarda Toshkentda Rafik Nishonov zamondoshlari xotirasida kitobi nashr etildi. Uning nashri taniqli davlat va jamoat arbobi, diplomat tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

1

Qoldirilgan izohlar (1)

эхх

11:36 | 17.01.2026

Узбекистонни дабдала килган, узбекни хор килиб, огзини очиб утирган инсон мана шу

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

1

Mavzuga oid