Kasaba uyushma talabi bilan xodimning 98 million so'm ish haqi undirib berildi
Yangiariq tumanida yashovchi Quvondiq Davletov 2017–2024 yillar davomida “Urganchtransgaz” unitar korxonasi qoshidagi “Tranchgazservis” MShJda bosh buxgalter lavozimida ishlab kelgan.
U 2024 yil fevral' oyida o'z arizasiga asosan ishdan bo'shagan. Ammo, unga 7 oylik ish haqi va boshqa to'lovlar to'liq hisob-kitob qilinmagan. Bir yildan ziyod vaqt mobaynida o'z haqini undira olmagan Q. Davletov 2025 yil dekabrda kasaba uyushmalariga murojaat qildi.
Mehnat inspektsiyasi tomonidan o'tkazilgan o'rganishda murojaatchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunchilik talablariga muvofiq bekor qilingani, ammo ish beruvchi tomonidan Mehnat kodeksining 172-moddasi talablari buzilib, mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda to'liq hisob-kitob qilinmagani aniqlandi.
Shuningdek, “Tranchgazservis” MShJ faoliyati tugatilib, barcha vorislik huquqi “Urganchtransgaz” UK zimmasiga o'tgani ma'lum bo'ldi. O'rganish natijalariga ko'ra, Q.Davletovga to'lanmasdan qoldirilgan ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to'lovlar bo'yicha jami 97 million 887 ming so'm qarzdorlik mavjudligi tasdiqlandi.
Mehnat kodeksi hamda “Kasaba uyushmalari to'g'risida”gi Qonunga asosan, Xorazm viloyat Kengashi mehnat inspektori tomonidan 2026 yilning ilk ish kunlarida ish beruvchiga yozma talab kiritildi. Ish beruvchi ushbu ko'rsatmani bajardi. Quvondiq Davletovga ish haqi to'lab berildi.
Muzaffar ATABAEv,
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi
Xorazm viloyati kengashi mehnat huquq inspektori



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0