+34C

+34C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Kasaba aralashgach, konchining ololmagan pullari to‘lab berildi

183 11:48 | 19.07.2026 11:48

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashiga Sariosiyo tumani «Jannatmakon» mahallasida yashovchi fuqaro Ravshan Almardonov yo‘llagan murojaat mavjud hujjatlar asosida va vakolat doirasida atroflicha o‘rganildi. Arizachi o‘z shikoyatida ish beruvchi tomonidan tovon puli, dori-darmon xarajatlari hamda yo‘l haqi to‘lovlari to‘liq to‘lab berilmaganini bayon etgan edi.


Aniqlanishicha, Sariosiyo 1-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi korxonasi respiratorchisi lavozimida ishlab, 2005 yil kasb kasalligiga chalinishi oqibatida II guruh nogironi bo‘lib qolgan R.Almardonovga korxona tomonidan 2006 yildan buyon tovon puli to‘lab kelingan. Ammo ish beruvchi tomonidan sobiq xodimga 21,2 million so‘m tovon puli, 2022 yil davolanishi uchun xarid qilingan qariyb 5 million so‘m dori-darmon to‘lovlari, Respublika kasb kasalliklari klinikasiga har yili davolanish uchun borib kelish yo‘l chiptalaridan 2 million 650 ming so‘m mablag‘ o‘z vaqtida to‘lanmagan.


Shunga ko‘ra, mavjud qarzdorlik holati yuzasidan korxona rahbari U.Hasanovga taqdimnoma kiritildi. Pirovardida 2026 yil 16 iyunda Ravshan Almardonovga jami 29 million so‘mga yaqin mablag‘ korxona tomonidan to‘liq qoplab berildi.


Erkin MENGLIEV,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining
Surxondaryo viloyati kengashi mehnat texnik inspektori


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid