Kutubxonalar olamiga sayoxat
Dunyodagi eng yirik kutubxona
AQShning Vashington shahrida joylashgan Kongress kutubxonasi dunyoning eng yirik kutubxonasdir. Ushbu kutubxona birgina hajmidan tashqari, tarixi, imkoniyatlari va kollektsiyalari bilan ham o'ziga xosdir. 1800-yilda tashkil etilgan Kongress kutubxonasida 170 milliondan ortiq hujjat va kitoblar mavjud bo'lib, 450 dan ortiq tillarda yozilgan materiallar mavjud. Har yili 1.8 millondan ortiq odam kongress kutubxonasini ziyorat qilishadi.
1814-yilda Britaniya askarlari Vashington shahrini yoqib yuborganida Kongress kutubxonasining asl kollektsiyalari deyarli yo'q qilinadi. Shundan so'ng, AQShning sobiq prezidenti Tomas Jefferson o'zining 6.487 ta kitobdan iborat shaxsiy kutubxonasini Kongress kutubxonasiga sotadi va uning tiklanishiga o'z hissasini qo'shadi.

Dunyodagi eng chiroyli kutubxona
Avstriyaning Vena shahridagi Avstriya milliy kutubxonasi eng chiroyli kutubxonalardan biri sifatida tan olinadi. Ayniqsa, uning barokko uslubidagi “Prunksaal” deb nomlangan asosiy zali juda mashhur. U 1723–1735 yillarda imperator Karl VI tomonidan barpo etilgan bo'lib, nafis barokko uslubidagi bezaklar, oltin detallar, marmar ustunlar va katta freskalari bilan bezatilgn. Bu kutubxonaga kirganingizda, o'zingizni xuddi qirollik saroyiga kirgandek his qilasiz.

Dunyodagi eng g'ayritabiiy kutubxona
"Black Sea" kutubxonasi dunyodagi eng g'ayritabiiy kutubxona sifatida tan olinadi. Bu kutubxona Ruminiyaning Konstantsa shahridagi Qora dengiz tubida joylashgan noyob va o'ziga xos san'at installyatsiyasi hisoblanadi.Bu kutubxonada haqiqiy kitoblar mavjud emas, balki dengiz tubida o'rnatilgan kitob shaklidagi san'at asarlari joylashgan. Kitoblar oynadan yasalgan bo'lib, ular dengiz suvida suzib yuruvchilarga yengil tuyg'uni beradi.Bu yerga tashrif buyurgan odamlar dengiz va kitoblarni birgalikda ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishadi, bu esa insoniyat bilimlari va tabiatning betakrorligini aks ettiradi. "Black sea" kutubxonasi tabiat va madaniyatni birlashtiruvchi ramz bo'lib, dengizni asrash va san'at orqali uni himoya qilish g'oyasini ilgari suradi.
Dunyodagi eng baland kutubxona
Xitoyning Shanxay shahrida joylashgan Shanxay kutubxonasi dunyodagi eng baland kutubxona hisoblanadi. Butun boshli 24 qavatda kitoblar va mutolaa uchun xonalar o'rin olgan.
Jahon kutubxonalari kuni
Har yili 16 noyabr dunyo miqyosida Xalqaro kutubxonalar kuni nishonlanadi.
Mashhura JO'RAQULOVA
ishonch.uz
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0