Valyuta UZS
  • USD

    12 593.7790.78

  • EUR

    14 698.19213.48

  • RUB

    158.492.55

+25C

+25C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+25c

  • Hozir

    +25 C

  • 10:00

    +27 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +35 C

  • 18:00

    +34 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 08-August

+25C

  • Hozir

    +25 C

  • 10:00

    +27 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +35 C

  • 18:00

    +34 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Juma, 08

    +25 +20

  • Shanba, 09

    +28 +20

  • Yakshanba, 10

    +29 +20

  • Dushanba, 11

    +30 +20

  • Seshanba, 12

    +29 +20

  • Chorshanba, 13

    +25 +20

  • Payshanba, 14

    +26 +20

  • Juma, 15

    +28 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

MAQSAD NEСhOG'LIQ MANTIQLI

Senatda qabul qilinishi rad etilgan qonun haqida xalqona xulosalar
304 14:16 | 07.08.2025 14:16

Senatning navbatdagi yalpi majlisida Qonunchilik palatasi tomonidan ma'qullash uchun yuborilgan bir qator qonunlar atroflicha muhokama qilindi. Ularning aksariyati ma'qullandi, qaytarilgani ham bo'ldi. Xususan «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni ko'rsatish, shuning dek tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritish to'g'risida»gi qonun Senat tomonidan ma'qullanmadi.


Nega?


Shuni alohida qayd etish lozimki, davlatimiz rahbarining Oliy Majlis Senati birinchi yalpi majlisida senatorlar oldiga qo'ygan vazifalardan biri qonunlarning hayotiy bo'lishi va bevosita ishlashiga erishish masalasi edi. Shu bilan birga, ularning mavjud qonunchilikka muvofiq bo'lishi, jamiyatdagi tegishli masalalarni hal etishi, tartib-taomillarni yengillashtirishi, qulaylashtirishi kabi mezonlarga javob berishi ham zarurligi ta'kidlangandi.


Ayni shu talablardan kelib chiqib, Senatning Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi tomonidan yuqoridagi hujjat mutasaddi idoralar, tegishli ekspertlar bilan atrof licha muhokama qilingach, uni qabul qilishni rad etish masalasi yuzaga chiqdi.


Gap nimada?


Qonun bilan «Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi Qonunning 41-moddasi qayta tahrir etilib, uning:


birinchi qismida: tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga o'ziga tibbiyot sohasida oliy, o'rta maxsus yoki professional ta'lim, shu jumladan, kasb-hunar kollejlarida ta'lim olganlik to'g'risidagi diplom berilgan va davlat ro'yxatidan o'tkazilgan shaxslar ega bo'lishi;


ikkinchi qismida: tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish berilgan malaka toifasi bo'yicha avtomatik ravishda amalga oshirilishi;


uchinchi qismida: tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilmoqda.


Shuningdek, «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to'g'risida»gi Qonunning 21-moddasi uchinchi va to'rtinchi qismlari qayta tahrir etilib, unda:


dorixona mudiri oliy tibbiy yoki oliy farmatsevtika ma'lumotiga ega bo'lishi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tishi kerakligi;


dorixona filialining mudiri tibbiy yoki farmatsevtika ma'lumotiga ega bo'lishi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tishi kerakligi belgilanmoqda.


Ammo ushbu normalarni ishlab chiqishda qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar talablari inobatga olinmagan. Jumladan:


«Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning 40-moddasi oltinchi qismida davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta'lim to'g'risidagi hujjat tegishli mutaxassislik va kasb bo'yicha ishlash huquqini berishi mustahkamlangan.


Shuningdek, «Ma'muriy tartibtao millar to'g'risida»gi Qonunning 2-moddasida maxsus ma'muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonunchilik jismoniy shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerakligi, 12-moddasida esa, manfaatdor shaxslarga majburiyatlar orqali qiyinchilik tug'dirish, faqat rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilishi maqsadidagina ularga huquqlar berishni rad etish yoki ularning huquqlarini boshqacha tarzda cheklash ma'muriy organlarga taqiqlanishi nazarda tutilgan.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yildagi 5505-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish kontseptsiyasining 7-bandida to'g'ridan-to'g'ri amal qiluvchi qonunlarni larni qabul qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan. Shuningdek, «Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasi to'g'risida»gi qonunning 14-moddasida ma'muriy tartib-taomillarning mavjud emasligi – ma'muriy tartib-taomillar bilan bog'liq bo'lgan korruptsiyani keltirib chiqaruvchi omillar jumlasiga kiritilgan.


Yuqoridagilarga ko'ra, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro'yxatidan o'tkazishning asosiy qoidalarini Qonun darajasida belgilash, shu jumladan: tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish maqsadi, asoslari, ro'yxatdan chiqarish asoslari, bu harakatlarning oqibatlari;


ro'yxatdan o'tkaziladigan sub'ektlar, shu jumladan, O'zbekiston hududidagi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar; ro'yxatdan o'tkazadigan vakolatli organ, uning ushbu yo'nalishdagi huquq va majburiyatlari;


ro'yxatning ochiq bo'lishi, undan aholi tomonidan foydalanilishi va bosh qa masalalarni kiritish lozim.


Shuningdek, Qonunning 41-moddasiga muvofiq, o'z kasbi bo'yicha 3 yildan ko'p uzluksiz ishlamagan tibbiyot xodimlarining tegishli faoliyat bilan shug'ullanishiga tegishli ta'lim tashkilotlarida qayta tayyorgarlikdan o'tganidan yoki ularga malaka toifasi berilganidan keyin yo'l qo'yilishi nazarda tutilmoqda.


Biroq amaldagi Mehnat kodeksining 502-moddasi beshinchi qismida agar shifokorning mutaxassisligi bo'yicha ish stajida 3 yil yoki undan ortiq tanaffus mavjud bo'lsa, shifokor o'z kasbiy faoliyatini qayta boshlashdan oldin avvalgi yillarda olinganligi to'g'risida hujjat bilan tasdiqlangan mavjud bazaviy, asosiy yoki qo'shimcha mutaxassislikka muvofiq ixtisoslashuv kurslaridan o'tishi shartligi belgilangan.


Ko'rinib turibdiki, mazkur qonunning 41-moddasi va Mehnat kodeksining 502-moddasini o'zaro muvofiqlashtirish zarurati bor.


Mana shularni inobatga olib senatorlar mazkur qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi bilan kelishuv komissiyasi tuzish qarorini ma'qulladilar.


Bu nimani anglatadi? Qonunchilikdagi har bir o'zgarish jamiyatda u yoki bu sohaning rivojlanishiga, unda inobatga olinmagan qirralarni aniqlashtirish va ular bo'yicha tartib-taomillarni belgilashga qaratilgan bo'lishi lozim.


Shu bilan birga, yangilik va o'zgartirishlar sohada yangi muammolar, qo'shimcha byurokratik to'siqlarni tug'dirmasligi, kiritilayotgan har bir yangi tartib o'zini oqlashi lozim. Mazkur qonunga nisbatan esa savollar yetarli. Olaylik, tibbiy oliy ma'lumotga ega bo'lgan mutaxassisning qo'shimcha davlat ro'yxatidan o'tkazilishi talabi bir qarashda bu yo'nalishdagi ta'lim muassasasiga nisbatan ishonchsizlik belgisi sifatida baholanishi mumkin. Vaholanki, bu ishonchsizlikni bartaraf etish hukumatning ro'yxatdan o'tkazish komissiyasi zimmasiga yuklanishi nechog'liq mantiqli?


Aslida bu ishonchsizlik zamirida tibbiy ta'limga ishonchsizlik bo'y ko'rsatmoqda. Unda tibbiy mutaxassislar yetishtirayotgan muassasalarning ta'lim sifati, diplom berish oldidan imtihonlarning yanada shaffoflantirilishi, qolaversa, tibbiyotdek inson va jamiyat uchun o'ta muhim yo'nalishga talabalikka qabul qilishda superkontraktlarni bekor qilish yo'li bilan hal etish, kurashish mantiqan to'g'ri bo'lmaydimi?


Senatning rad etish qarorini xalqona tilga o'girganda, xuddi shunday savollar yuzaga keladi.


Husan ERMATOV,
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid