+31C

+31C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Mehr - insoniyatning eng qudratli kuchi

Inson qalbi mehr bilan yashaydi. Bugun esa odamlarning qo‘lida eng zamonaviy telefon bor, u yuzlab kishilar bilan virtual muloqotda bo‘ladi, lekin yon qo‘shnisining dardidan bexabar.
53 10:50 | 19.07.2026 10:50

Ha, mehr-oqibatning susayishi zamonaviy jamiyatning eng dolzarb ijtimoiy-ruhiy muammolaridan biriga aylanmoqda. Buni oilaviy munosabatlarda ham ko‘rish mumkin. Keyingi yillarda ajrimlar kamaymayapti. Rasmiy statistikada faqat yuridik ajrimlar aks etadi, amalda bir tom ostida yashab, qalban bir-biridan uzoqlashgan yoki yillar davomida alohida hayot kechirayotgan oilalar ham oz emas. Bunday muhitda ulg‘aygan farzandlar mehr va eʼtibor tanqisligini his etishi tabiiy.


Qarindoshlik tuyg‘ulari so‘nib, qo‘shnichilik qadri pasayib, insonlar bir-birining dardiga befarq bo‘lib qolsa, eng zamonaviy shaharlar ham ularga baxt ulasha olmaydi. Afsuski, bugun keksa otaonasidan oylab xabar olmaydigan farzandlar ko‘p. Bir xonadonda yashab, bir-birining ko‘ngliga yo‘l topolmaydigan oilalar bor. Yolg‘izlikdan azob chekayotgan qariyalar, mehrga muhtoj bolalar, bir og‘iz shirin so‘zga zor bo‘lganlar safi ko‘payib borayotgani esa jamiyat uchun jiddiy ogohlantirishdir. Zero, mehr – insoniyatning eng qadimiy va eng qudratli kuchi. Uning o‘rnini sunʼiy intellekt, eng zamonaviy texnologiya yoki moddiy boylik ham bosa olmaydi.


− Mehr tanqisligi taraqqiylashgan zamonamizning eng katta muammosiga aylanmoqda, − deydi psixolog Jaloliddin Faxriddinov. − Bugun iqtisodiyot haqida ko‘p gapiramiz, raqamlashtirish, investitsiya, innovatsiya, eksport, texnologiyalar haqida muntazam fikr yuritamiz. Bu, albatta, taraqqiyot uchun zarur. Ammo jamiyatning maʼnaviy «iqtisodiyoti» haqida-chi? Oddiy bir misol, yil sayin ajrimlar ko‘paymoqda.


Keyingi besh yilga nazar solsangiz, ularning o‘rtacha ko‘rsatkichi 20 mingdan kamaygani yo‘q. Statistikada faqat yuridik ajrimlar aks etadi, amalda esa yillab alohida yashayotgan, rasman nikohdan chiqmasdan buzilgan oilalar qancha... Demoqchi bo‘lganimiz, ularda farzandlar ota mehriga tashna bo‘lib ulg‘aymayaptimi? Aksar onalar bolani otasiga ko‘rsatmasdan sobiq yostiqdoshlarini jazolashi urfga aylangani-chi? Mehrsiz tarbiyalangan bola ertaga jamiyatga mehr ulasha olarmikan?.. Qarindoshlik rishtalari susaysa, qo‘shnichilik qadri yo‘qolsa, insonlar bir-birining dardiga befarq bo‘lib qolsa, bundan yomoni bo‘lishi mumkinmi?


Qolaversa, mehr-oqibatning qadri faqat oiladagina emas, mahalla va jamiyat hayotida ham namoyon bo‘lishi kerak. Qo‘shnichilik, qarindoshlik aloqalari barqaror bo‘lgan yurtda inson o‘zini hech qachon yolg‘iz his qilmaydi. Biroq hayot surʼatining tezlashuvi, virtual muloqotning real munosabatlar o‘rnini egallashi odamlarni bir-biridan asta-sekin uzoqlashtirmoqda.


Holbuki, mehr inson uchun oddiy his-tuyg‘u emas, hayot ehtiyojidir. Ilmiy kuzatishlar ham insonga ko‘rsatilgan eʼtibor va samimiy munosabat uning ruhiy holatiga ijobiy taʼsir qilishini tasdiqlaydi. Demak, baʼzan bir samimiy quchoq, bir og‘iz dalda yoki xolis holahvol so‘rash insonga eng qimmatbaho sovg‘adan ham ko‘proq kuch bag‘ishlashi mumkin. Chunki, inson qalbi faqat mehr bilan iliydi, ishonch bilan mustahkamlanadi.


Nurilla ShAMSIEV
«ISHONCH»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid