+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Mithun Chakraborti 76 yoshda: aktyor, biznesmen va deputatlikkacha yo‘l

Jimmi obrazi bilan tanilgan Mithun Chakraborti nomi o‘zbek tomoshabiniga sobiq ittifoq davridan beri mashhur. Bugungi kunda aktyor Hindistondagi eng mashhur insonlardan biri hisoblanadi. Uning filmografiyasi aktyorning ajoyib mehnatsevarligi haqida ko‘p narsalarni aytib beradi. Mithun nafaqat sanʼatda shuhrat qozondi, balki keyinroq Hindistondagi siyosiy jarayonlarda ham faol ishtirok etdi.
485 16:01 | 22.06.2026 16:01

Millionlab tomoshabinlarning sevimli kinoaktyori Mithun 1950 yil 16 iyunda Kalkuttada tug‘ilgan. Mithun to‘ng‘ich farzand va yolg‘iz o‘g‘il edi. Uning uchta singlisi bor. Hatto bolaligida ham Mithun o‘zining aktyorlik isteʼdodi bilan ota-onasi va o‘qituvchilarini hayratda qoldirgan, havaskor teatr spektakllarida qatnashgan. O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng, u Kalkuttadagi Shotlandiya cherkov kollejida kimyo mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.



Ozodlikka, ochiqlikka va yoshlik maksimalizmiga bo‘lgan muhabbati yosh Chakrabortining maoist siyosiy tashkiloti bo‘lgan Naxalitlar safiga qo‘shilishiga olib keldi. 1967 yilda, yana bir yuqori darajadagi siyosiy mojarodan so‘ng, uning ko‘plab sheriklari hibsga olinib, bir necha yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Otasining o‘z vaqtida aralashuvi tufayli Mithun shunga o‘xshash taqdirdan qochib qutuldi.



Yigit endi Bombeyga joylashdi va kosmetika distribyutori sifatida tirikchilik qila boshladi. Mithun Pune shahrida (Bombeydan 160 km uzoqlikda) nufuzli kino instituti ochilishi haqida tasodifan bilib oldi. Biroq, unga kirish yigitga dastlab nasib qilmadi.



Avvalida Chakraborti nomaʼlum sababga ko‘ra rad etildi. Ammo uning ajoyib ko‘rinishi (uning bo‘yi 183 sm va vazni 72 kg edi), tabiiy aktyorlik isteʼdodi va xarizmasi imtihon komissiyasini fikrlarini o‘zgartirishga va Chakrabortiga taʼlim olish imkoniyatini berishga ishontirdi. Shuni taʼkidlash kerakki, u imtiyozli diplom bilan bitirgan. U bu kasbni o‘z hayotining chaqirig‘i deb bilgan, shuning uchun maksimal kuch-quvvatini shu ishga bergan.





Mithunning aktyorlik faoliyati hali talabalik paytida kichik rollardan boshlangan. Muvaffaqiyat “Qirollik ovi” filmidagi birinchi asosiy roli bilan keldi. Yosh aktyor hatto filmda tasvirlangan Santal qabilasi orasida yashashga majbur bo‘lgani ham o‘ziga xos obrazga yaratishiga, muvaffaqiyatga sabab bo‘ldi. Chakraborti o‘zining jonli ijrosi va realistik obrazi uchun o‘zining birinchi mukofotini – “Eng yaxshi aktyor” uchun Hindiston kino mukofoti “Oltin nilufar”ni oldi. U film ijodkorlari bilan birinchi marta SSSRga tashrif buyurdi. 1977 yilda film Moskva xalqaro kinofestivalida bosh mukofotga nomzod qilib ko‘rsatildi. Keyin mashaqqatli mehnat davri boshlandi. Mithun baʼzan bir yilda o‘ntagacha filmda rol o‘ynadi. Bu asosan aktyor oilasining qashshoqligi bilan bog‘liq edi. U opa-singillarining to‘ylari uchun pul topishi kerak edi. Taniqli va intiluvchan rejissyorlar isteʼdodli yosh aktyordan maksimal darajada foydalanishga harakat qilishdi.



Chakraborti o‘z isteʼdodini rivojlantirishga intildi, tomoshabinlarga mohir aktyorlik mahorati va ko‘p qirrali mahorati bilan sovg‘a qildi. Bugungi kunda uning ijodiy faoliyatining cho‘qqisi yuzlab filmlardan iborat filmografiyadir. Mithun Chakrabortining ko‘plab loyihalari global durdonalarga aylangan. Ular orasida “Raqsga tush!”, “Dushman”, “Komando” va boshqalar bor. Bu filmlar uni global ramzga aylantirdi, uning fotosuratlari har bir Bollivud romantikasi ixlosmandining uyida asosiy o‘rinni egalladi. U mashhur Dimpl Kapadiya bilan birga suratga tushgan “Sevgi qurboni” filmi ham katta shuhrat keltirdi.



Lekin Mithun bosh qahramon Anil rolini ijro etgan “Disko raqqosi” musiqiy melodramasi tomoshabinlar orasida portlash yuzaga keltirdi. Film aktyor nomini sobiq ittifoqda juda mashhur qilib yubordi. Film Sovet Ittifoqidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmlardan biri sifatida tan olindi va ilk prokatda 60 million kishi kinoteatrlarga tashrif buyurdi. Bu film O‘zbekistonda ham nihoyatda mashhur edi. Har bir oilada Jimmining suratlari saqlanar, “Disko raqqosi”ni o‘nlab marta takror ko‘rganlar ko‘pchilik edi.



Mithun turli rollarda, jumladan, shafqatsiz jinoyatchilar boshlig‘i rollarida ham ajoyib tarzda o‘ynadi. 1989 yilda aktyor Madhuri Diksit va Sanjay Datt ishtirok etgan “Kvartal” filmida rol o‘ynadi. Film yana bir bor sovet tomoshabinlarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.



Yangi asrda ham Mithun Chakraborti turli filmlarda o‘ynashda davom etdi. Eng muvaffaqiyatli loyihalar orasida u bosh rollarni o‘ynagan “Abadiy sevgi”, “Guru” va “Quvnoq firibgarlar” bor edi. Aktyor, har doimgidek, ajoyib mehnatsevarlikni namoyish etdi va kinodan tashqari boshqa sohalarda ham karera qurishga muvaffaq bo‘ldi. 2015 yilda Mithun “Shamol o‘g‘li” filmida rol o‘ynadi. Filmda Naman Jain, Krutika Deo, Gourav Drivedhi va boshqalar ham ishtirok etishdi. Shu bilan birga, Chakraborti Vaʼdangga vafo qil” filmida rol o‘ynadi. Ko‘p o‘tmay, hind aktyori Yovuz filmida paydo bo‘ldi. Film Kerala shtatining Kochi shahrida suratga olingan. Keyin “Toshkent fayllari” trilleri ustida ish boshlandi. Intervyuda aktyor so‘nggi paytlarda ekranda antagonist(salbiy qahramon)lar sifatida ko‘proq paydo bo‘layotganini taʼkidladi. Hatto o‘ynagan yovuz qahramonlar uchun mamlakatdan uzr so‘radi.



How to watch Projapati 2 outside India - UpNext by Reelgood



Chakraborti 2022 yilda “Projapoti” oilaviy dramasi ustida ish boshlagan. Uning tug‘ilgan shahri Kalkutta suratga olish joyi sifatida tanlangan. Jurnalistlar bilan suhbatda aktyor o‘zi rol o‘ynagan ko‘plab tijorat loyihalaridan afsuslanishini taʼkidladi. Hissiy vayronagarchilik uni hatto o‘z joniga qasd qilish haqida ham o‘ylashga majbur qilganini tan oldi. 2023 yilda Mithun bir nechta filmlar, jumladan, “Baap” ustida ishlashda davom etdi.



Mithunning shaxsiyatini tasvirlashda uning ovozi va tug‘ma ritm tuyg‘usini eslatib o‘tish kerak. Bu Bollivud kinosi uchun dolzarbdir, chunki sahnalar musiqaning ko‘pligi bilan ajralib turadi. Tomoshabinlar aktyorning qo‘shiqlari aks etgan filmlar va kliplardagi tabiiy isteʼdodlarini yuqori baholadilar. Yulduz shuningdek, bir nechta musiqa asboblarini chala oladi. Bundan tashqari, Chakraborti boks, kurash, akrobatika va futbol bilan faol shug‘ullangan. 1990-yillarning oxirlariga kelib qahramonimiz Hindistonning eng boy odamlari qatoriga kirdi. Bu vaqt ichida u o‘zini biznesda sinab ko‘rdi va “Monarx” nomli shinam mehmonxonalar tarmog‘iga asos soldi. Birinchi majmua qurilishi paytida aktyor qurilish maydonchasida chodirda yashadi va oddiy ishlarni bajardi. Mithun tavakkal qilishdan qo‘rqmadi va loyiha uchun katta miqdorda qarz oldi. Investitsiya juda yaxshi o‘zini oqladi: u orzusini amalga oshirdi va millionerga aylandi. Aktyor o‘z biznesidan tashqari, futbol va kriket jamoasini ham sotib oldi. Bolaligidan futbolga ishtiyoqmand va yoshlar jamoalari sardori bo‘lgan Mithun har kim futbol asoslarini o‘rganishi mumkin bo‘lgan sport mashg‘ulotlari markazini yaratdi. Aktyor yoshlar uchun mashg‘ulotlarni bepul qildi.



Chakraborti bir vaqtlar kino xodimlari kasaba uyushmasini boshqargan. Bu lavozimda u sobiq yulduzlarga yordam berishga harakat qilgan va xayriya ishlarida ishtirok etgan. Aktyor shuningdek, muntazam ravishda “Hindiston, raqsga tush!” shousida hakam sifatida tomoshabinlar oldida chiqish qilgan. U vaqti-vaqti bilan sahnaga chiqib, tomoshabinlarni hayajonli raqs ijrosi bilan xursand qilar edi.



2014 yilda Chakraborti Hindiston parlamenti aʼzosi bo‘ldi. Biroq, u sog‘lig‘i sababli sessiyalarda qatnashmadi va doimiy ravishda uzr so‘rab xat yubordi. Keyinchalik, kasallik tufayli aktyor rasmiy vazifalaridan ozod qilinishini so‘radi. Biroq, bugungi kunda u siyosatda faol bo‘lib qolmoqda va hukmron “Bharatiya Janata” partiyasi aʼzosi sanaladi. 2024 yilda u shifoxonaga tushdi va aktyor insultni boshidan kechirgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq keyinchalik Mithun OAVga intervyu berib, hammasi joyida ekanini taʼkidladi.



Abror Zohidov



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid