+19C

+19C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Qozog‘istonlik grossmeyster Bibisara Asaubaeva Prezident Qosim-Jomart Toqaevga murojaat qildi

Қозоғистоннинг машҳур шахматчиси, халқаро гроссмейстер Бибисара Асаубаева Президент Қосим-Жомарт Тоқаевга ижтимоий тармоқ орқали очиқ мурожаат йўллади.
153 16:11 | 10.06.2026 16:11

Qozog‘istonning mashhur shaxmatchisi, xalqaro grossmeyster Bibisara Asaubaeva Prezident Qosim-Jomart Toqaevga ijtimoiy tarmoq orqali ochiq murojaat yo‘lladi.


U o‘z murojaatida ayollar o‘rtasida jahon reytingida 5-o‘rinni egallab turganini va Xitoy vakillaridan keyingi eng kuchli shaxmatchilar qatorida barqaror natijalar ko‘rsatayotganini maʼlum qildi.

Sportchi so‘nggi yirik musobaqalardan biri — Norway Chess turniri haqida to‘xtalib, musobaqa yakuniga bir tur qolganda u 1-o‘rinda turganini qayd etgan. Uning taʼkidlashicha, mazkur musobaqaga tayyorgarlik ishlari shaxsiy mablag‘lar va oilaviy qo‘llab-quvvatlash hisobiga amalga oshirilgan.

Asaubaeva shuningdek, sekundantlar va tahlilchilar xizmati uchun to‘lovlar haligacha amalga oshirilmaganini bildirgan.
Murojaatda davlat tomonidan jahon chempionatidagi g‘alaba uchun belgilangan mukofot miqdori 2 000 AQSh dollari ekani, bu esa boshqa yirik sport turlaridagi to‘lovlardan sezilarli darajada kamligi taʼkidlangan.

Shu bilan birga, 2023 yilda jahon chempionatidagi ikkinchi oltin medaldan so‘ng unga 1 000 000 tenge miqdorida oylik to‘lov tayinlangani, biroq yangi rahbariyat kelgandan keyin ushbu to‘lov kamaytirilgani aytilgan.

Shaxmatchi “Sport Qory” jamg‘armasi bilan bog‘liq jarayonlarga ham to‘xtalib, avval qo‘llab-quvvatlash haqida ijobiy xulosa berilgan bo‘lsa-da, keyinchalik asoslantirilmagan rad javobi kelganini bildirgan.

Asaubaevaga davlat tomonidan berilgan farmon asosida taqdim etilishi kerak bo‘lgan “Barыs” II darajali ordeni hozirga qadar rasman topshirilmagani ham qayd etilgan.

Uning aytishicha, 2025 yil aprel va may oylarida elektron murojaat tizimi orqali bir necha bor Prezidentga hamda Sport vazirligiga rasmiy murojaat yo‘llangan, biroq haligacha aniq javob olinmagan.

Bibisara Asaubaeva yaqinda uni xalqaro musobaqalar va muhim tayyorgarlik jarayonlari kutib turganini taʼkidlab, Prezidentdan amaliy yordam va aniq yo‘nalish berishni so‘ragan.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid