+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Yarim qolgan mavzu: Tunnel va metrodagi bozorlar qachon jiddiy nazorat qilinadi?

Toshkentda har kuni minglab yo‘lovchilar metro va erosti o‘tish yo‘laklaridan foydalanadi. Ayniqsa “Ippodrom” savdo markazi, Chorsu, Buyuk ipak yo‘li kabi bekatlar atrofidagi tunnellarda telefon aksessuarlaridan tortib kiyim-kechak, maishiy buyumlar va turli yeguliklar savdosi qizg‘in kechadi. Narxlarning arzonligi cabab odamlar gavjumligi bu joylarni kichik tadbirkorlar uchun qulay savdo nuqtasiga aylantirgan.
Jamiyat
541 16:10 | 22.06.2026 16:10

Biroq mazkur holat bir qator savollarni keltirib chiqaradi. Jamoat xavfsizligi nuqtai nazaridan qaralganda tunnellar va metropoliten atrofida tartibsiz savdo faoliyatiga qay darajada ruxsat berilgan? Agar bu hududlar savdo uchun xavfsiz deb hisoblansa, nega ayrim kunlari huquq-tartibot organlari xodimlari sotuvchilardan joylarni bo‘shatishni talab qiladi? Aksincha, agar bu faoliyat qoidalarga zid bo‘lsa, nima sababdan yillar davomida unga ko‘z yumib kelinmoqda?



Bir necha yil avval Toshkentdagi portlashlardan keyin xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida ko‘plab yerosti o‘tish yo‘laklari va ko‘prik ostlaridagi savdo rastalari olib tashlangan edi. 2019-yilda esa chakana savdo qoidalariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihada ham erosti yo‘laklarida tovar va xizmatlar savdosini taqiqlash taklif qilingan. Biroq ushbu tashabbusning keyingi taqdiri jamoatchilikka ochiq maʼlum qilinmadi.



Bugun esa ayrim tunnellar amalda kichik bozorga aylanganini kuzatish mumkin. Yo‘laklarning ikki atrofi ham savdo rastalari bilan band qilingan, bu piyodalar harakatini cheklaydi. Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda odamlarni tezkor evakuatsiya qilish masalasida muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Turli terror harakatlardan tashqari yong‘in kabi favqulodda holatlar bo‘lmasligini hech kim kafolatlamaydi.



Bundan tashqari, erosti yo‘laklarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya talablariga qanchalik javob berishi ham ochiq qolayotgan masalalardan biridir. Aksariyat sotuvchilarning faoliyati rasmiy ro‘yxatdan umuman o‘tmagan. Masalan ko‘plab xorij davlatlarida bu kabi hududlar hukumat tomonidan tartibga solingan va kichik savdogarlar belgilangan soliq to‘lab faoliyat yuritaverishadi.


Shunday ekan, masalaning asosiy mohiyati ro‘zg‘orini shu orqali butlayotgan insonlarning savdosini taqiqlash yoki taqiqlamaslikda emas. Muhimi, amaldagi qoidalar qanday va ular nega bir xil qo‘llanmayapti? Tunnellar savdo hududi sifatida tan olingan bo‘lsa, nega xavfsizlik va sanitariya talablariga rioya etilishi qatiy nazorat qilinmaydi? Agar bunday faoliyatga ruxsat berilmagan bo‘lsa, nega u yillar davomida davom etib kelmoqda?


Jamoatchilikni aynan shu savollar qiziqtirmoqda. Chunki bu masala minglab fuqarolarning xavfsizligi haqida.



Diyora Ravshanova


Foto: Eʼzoza Umr




Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 7042 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat