+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Madaniyat vazirligidan yangi «Kashfiyot»

yoxud Abdulhamid Cho‘lpon qanday qilib «Abdulla Cho‘lpon»ga, Abdulla Avloniy esa «Abdulhamid Avloniy»ga aylandi?
Jamiyat
12522 17:52 | 15.06.2026 17:52

Madaniyat vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar «ulkan salohiyati»ni yana bir bor namoyish etib, o‘zbek xalqini yana «hayrat»da qoldirdi. Bu galgi «kashfiyot» – poytaxtimizdagi muhtasham «Xalqlar do‘stligi» sanʼat saroyida, minglab tomoshabinlar ko‘z o‘ngida kuzatildi. Vazirlik tomonidan o‘tkazilgan hisobot kontsert dasturi nafaqat kuy-qo‘shiqlar, balki o‘zbek adabiyoti tarixiga kiritilgan «inqilobiy yangilik» bilan ham elga «manzur» bo‘ldi…


Gap shundaki, sahna to‘ridagi ulkan va zamonaviy monitorda o‘zbek maʼrifatparvar sheʼriyatining ulug‘ vakili, millat hurligi uchun jon bergan jadid bobomiz Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning surati paydo bo‘ladi. Bu – qarsak chalib, olqishlashga arziydigan holat. Ammo surat ostiga Abdulla Cho‘lpon deb yozilgan…


Ha, adashmadingiz! Siz-u biz yillar davomida maktab darsliklari va kitoblarda o‘qib, Abdulhamid deb tanigan, ardoqlagan ulug‘ shoirimiz Madaniyat vazirligining eng shimarib qilgan «hisoboti»da bir lahzada «Abdulla»ga aylanib qoldi.


Kim bilsin, ehtimol, maʼnaviyat va madaniyat targ‘ibotchilari bo‘lmish mutasaddilar «Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripovlar qatorida Cho‘lpon ham «Abdulla» bo‘lsa, ismlar ansambli chiroyliroq chiqadi», deb o‘ylashgandir? Yoki bo‘lmasa, ismning «Hamid» qismi kontsertning umumiy byudjeti kabi «optimallashtirish»ga uchragandir?


Yo‘q, ular bunday o‘ylashmagan. Agar shunday bo‘lganida, qon bosimingni oshiradigan ikkinchi xatoga, aniqrog‘i, savodsizlikka yo‘l qo‘yishmasdi. Yaʼni maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy katta monitorda «Abdulhamid Avloniy» bo‘lib chiqmasdi.


Nima bo‘lgandayam, Internet ahli va ijtimoiy tarmoqlar faollari ham ayanchli, ham kulgili bu holatni haqli ravishda keskin tanqid qilishmoqda. Jamoatchilikning umumiy fikri quyidagicha: «Agar mamlakatning Madaniyat vazirligi o‘z millatining eng buyuk siymolarini tanimasa, ismlarini to‘g‘ri yozolmasa, oddiy xalqdan, yoshlardan nimani kutish mumkin?»


Shaxsan men uchun bu savodsizlik «texnik xato» deya baholanib, bitta uzr so‘rash bilan shunchaki unutiladigan mavzu emas. Chunki bunday dabdabali tadbirlar uchun davlat byudjetidan millionlab mablag‘lar sarflanadi, haftalab repetitsiyalar qilinadi, stsenariylar bir necha bosqichli chig‘iriqlardan o‘tkaziladi. Sahna ortida (bir necha kun) o‘nlab rejissyorlar, muharrirlar, badiiy rahbarlar va vazirlik masʼullari hamma jarayonni nazorat qilib, bo‘lajak kontsertga tayyorgarlik ko‘rishadi. Nahotki, ularning hech biri katta ekranda «yarqirab» turgan savodsizlikni payqamagan bo‘lsa?! Shunisi alam qiladi...


Bir vaqtlar sho‘ro mafkurasi Cho‘lponni qatag‘on qilib, asarlarini yoqib, ismini tarixdan o‘chirishga uringan edi. Bugun esa, mustaqil yurtda, o‘z vatanida uning ismini «zukko madaniyatchi»lar o‘zgartirib o‘tiribdi. Bu beparvolik va loqaydlik niqobidagi «qatag‘on» emasmi?


Jadidlar, xususan, Abdulhamid Cho‘lpon millatni maʼrifatli qilish uchun jonini fido qilgan, Abdulla Avloniy borini bergan edi. Qarangki, biz ularning ism-shariflarini to‘g‘ri yozishni eplolmaydigan darajada «savodli» bo‘libmiz…


Agar millat tarbiyasi va madaniyatiga masʼul bo‘lgan vazirlikning hisobot-dasturi shunday bo‘lsa, qolgan ishlari, hisobotlari qay darajada ekan-a?


Umid qilamizki, Madaniyat vazirligidan bundan keyin bunday «topilma»larga yo‘l qo‘ymaydi. Yana qaydam, kim bilsin…


Bugun vazirlikning «madaniy» saviyasini ko‘rib, ko‘zlar qo‘rqmoqda, o‘zbek maʼnaviyatining ertasidan ko‘ngillar titramoqda.


Xulosa o‘rnida: ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng va ko‘p yoritiladigan mavzu – savodsizlik! Yillar davomida qator-qator misollar bilan bong urilsa-da, afsuski, savodsizlik ko‘chalardagi reklama va eʼlonlardan katta saroydagi katta sahnaga ko‘chibdi. Mana shunisi haqiqiy fojia…


Barchaga xalq dardida kuyib-yongan «Abdulla Cho‘lpon» sheʼriyatidan, «Abdulhamid Avloniy» asarlaridan bahramand bo‘lishni tilab qolamiz!


Alijon ABDURAHMONOV
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

4

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (4)

Madina

23:00 | 15.06.2026

Assalomu alaykum dolzarb mavzu.

Shahlo

08:09 | 16.06.2026

Ajoyib

Eng ommabop mavzulardan biri

12:04 | 16.06.2026

Nematov

Yana ko'rish (1)
Maqolaga baho bering
0/5

4

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6711 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat