Valyuta UZS
  • USD

    12 699.1484.07

  • EUR

    14 847.8393.24

  • RUB

    162.160.14

+33C

+33C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+33c

  • Hozir

    +33 C

  • 12:00

    +35 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +37 C

  • 15:00

    +37 C

  • 16:00

    +37 C

  • 17:00

    +37 C

  • 18:00

    +36 C

  • 19:00

    +34 C

  • 20:00

    +31 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +27 C

  • 23:00

    +26 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 15-July

+33C

  • Hozir

    +33 C

  • 12:00

    +35 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +37 C

  • 15:00

    +37 C

  • 16:00

    +37 C

  • 17:00

    +37 C

  • 18:00

    +36 C

  • 19:00

    +34 C

  • 20:00

    +31 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +27 C

  • 23:00

    +26 C

  • Seshanba, 15

    +33 +20

  • Chorshanba, 16

    +34 +20

  • Payshanba, 17

    +35 +20

  • Juma, 18

    +35 +20

  • Shanba, 19

    +36 +20

  • Yakshanba, 20

    +35 +20

  • Dushanba, 21

    +32 +20

  • Seshanba, 22

    +32 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Mustahkamlanayotgan do'stlikning yorqin namunasi

Kuni kecha Qirg'iz Respublikasi Issiqko'l viloyati Ton tumani Kadji-say qishlog'ida “Bo'ston resort” dam olish maskanining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi rahbariyati, kengash va tarmoqlar raislari, ijodkor-ziyolilar hamda Qirg'iz Respublikasidan faxriy mehmonlar ishtirok etdi.
409 12:15 | 13.07.2025 12:15

Ular urf-odatlarimizga ko'ra, karnay-surnay, doira sadolari ostida tantanali kutib olindi. Shu asno dam olish maskanining ramziy lentasi qirqildi. Jonliq so'yilib, qur'on tilovat qilindi. Yig'ilganlar ikki mamlakatning istiqbolli hamkorligi, xalqlar o'rtasidagi birodarlik, og'a-ini, aka-ukachilik, quda-andalik abadiy bo'lishini tilab, duoga qo'l ochdilar.


O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, senator Qudratilla Rafiqov so'zga chiqib, Issiqko'l sohilida qad rostlagan “Bo'ston resort” pansionati birinchi bosqichining tantanali ochilishi bilan samimiy muborakbod etdi.


– Shuni alohida mamnuniyat bilan ta'kidlashni istardimki, bugun dunyoda turli geosiyosiy va iqtisodiy muammolar avj olayotgan beqaror pallada necha-necha asrlar sinovidan o'tgan o'zbek-qirg'iz do'stligi yangicha shakl va mazmun kasb etib, yanada mustahkamlanib bormoqda, – dedi Qudratilla Rafiqov. – Mana shu mustahkamlikni har qanday ichki va tashqi yot qarashlardan avaylab-asrash ikki qardosh xalq ziyolilarining, sizu bizning asosiy vazifalarimizdan biri bo'lishi lozim, deb o'ylayman. Hozir guvohi bo'lib turganimiz, katta tarixiy voqea – “Bo'ston resort” pansionatining dastlabki bosqichida foydalanishga topshirilayotgan muhtasham majmua ham davlatlarimiz rahbarlarining so'nggi yillarda olib borgan faol, o'zaro ishonchga asoslangan tashqi siyosati, qardoshlik va yaxshi qo'shnichilik ruhidagi faol sa'y-harakatlarning uzviy davomidir. Shu o'rinda men yuqoridagi ob'ektning foydalanishga topshirilishi nafaqat mintaqa turizmini rivojlantirish, yangi ish o'rinlarini yaratish, balki iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, xalqlarimizning yanada jipslashuviga xizmat qilishini ham alohida qayd etishni istardim.


Shuningdek, marosimda so'zga chiqqanlar keyingi yillarda ikki davlat o'rtasida olib borilayotgan do'stlik aloqalari, mamlakatlar rahbarlarining sa'y-harakati bilan katta o'zgarishlar, xususan, chegaralar ochilgani, buning natijasida xalqlar o'zaro bordi-keldini qayta tiklashganini mamnuniyat bilan qayd etishdi.


“Bo'ston” pansionati bir vaqtlar O'zbekistonning “Tashselmash” zavodiga qarashli bo'lgan. O'tgan asrning 1970 yillarida qurilishi boshlanib, bir muddat mavsumiy faoliyat ko'rsatgan. O'sha vaqtda 6 ta kottej, oshxona, 2 ta 3 qavatli bino va yo'lning qarama-qarshi tomonida xo'jalik binolari bo'lgan. 1984-1986 yillarda 7 qavatli bino qurilishi boshlanib, yakuniga yetmay qolgan. Yillar o'tishi bilan mazkur ob'ektda ahvol yomonlashib, barcha binolar tiklashga yaroqsiz holga kelib qolgan. Uzoq yillar umuman faoliyat yuritmagan.


Hudud haqida ma'lumot: Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahridan 278 kilometr janubi-sharqda, dengiz sathidan 1610 metr balandlikda joylashgan hudud mo''tadil iqlimga ega bo'lib, yoz oylarida maksimum 32, o'rtacha 23 gradus issiq, qish oylarida esa maksimum -10, o'rtacha -5,5 gradus atrofida sovuq, namlik yil davomida o'rtacha 50 foiz atrofida bo'ladi.


Issiqko'l kurort-rekreatsion zonasida dam olish uylari, mehmonxonalar, ko'ngilochar joylar ko'p, lekin sanatoriylar kam. Mazkur ob'ekt Issiqko'lning janubiy qirg'og'ida joylashgani sababli bu joyda sanatoriy tashkil etish ayni muddao bo'ladi.


Bugun: Ikki mamlakat o'rtasidagi bugungi iliq munosabatlar, ikki davlat rahbarlarining samimiy hamkorligi barcha sohalar qatori bu jabhada ham o'z natijalarini namoyon etmoqda.


Ayni vaqtda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ushbu hududda davolash va dam olish kompleksi tashkil qilish ishlari olib borilmoqda. Loyiha bo'yicha kompleks ikki qism – mavsumiy dam olish maskani va yil davomida uzluksiz faoliyat ko'rsatadigan (sanatoriy)dan iborat bo'ladi.


Hozir mavsumiy ishlaydigan qismida – “Bo'ston Resort” dam olish maskanida qurilish-montaj ishlari yakunlangan. Bu yerda 2 ta 3 qavatli bino to'liq rekonstruktsiya qilinib, 200 o'rinli yotoq va ma'muriyat binosi, 250 o'rinli restoran, katta ochiq cho'milish havzasi, ochiq volleybol va futbol, bolalar maydonchasi, tashqi trenajor maydonlari, ob'ektdan 500 metr uzoqlikda tashqi oqova suvni tozalash inshooti qurilgan. 500 metrga teng plyaj tashkil qilingan. Ko'lga chiqish uchun 54 metrli priston o'rnatilib, suv sayohati uchun kemalar sotib olingan.


Yil davomida xizmat ko'rsatadigan asosiy qismi – sanatoriyda esa 7 qavatli 200 o'ringa mo'ljallangan eski bino rekonstruktsiya qilinib, ma'muriyat, qabulxona, yopiq suzish havzasi, davolash binosi, 200 o'rinli restoran, bar hamda kafe, ochiq suzish havzasi bunyod etiladi. Shuningdek, sihatgoh uchun qorovulxona hamda avtomobillar turar joyi, ko'l bo'yida kemalar va katamaran uchun turargoh va plyaj tashkil qilinadi.


Rezidentsiya qismida esa 3 qavatli bino, ochiq va yopiq suzish havzasi, xizmatchilar uylari, avtomobil' va vertolyotlar turarjoylari, dengiz bo'yida ochiq ayvonli prichal va plyaj bunyod etiladi.


Ushbu dam olish va davolash majmuasi umumiy 400 o'rindan iborat bo'lib, iliq va issiq kunlarda 400, qish faslida esa 200, yil davomida qariyb 5 ming nafarga yaqin kishini qabul qilish imkoniga ega bo'ladi.


Loyihaga ko'ra, yangi sihatgoh gastroentorologiya, kardiologiya, nevrologiya, endokrinologiya, urologiya, tayanch harakat, nafas yo'llari kabi xastaliklarni davolashga ixtisoslashtiriladi.


Muxtasar aytganda, mazkur ob'ektning foydalanishga topshirilishi nafaqat mintaqa turizmini rivojlantirish, yangi ish o'rinlarini yaratish, balki iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, xalqlarimizning yanada jipslashuviga xizmat qilishi, shubhasiz.


Tadbir chog'ida Sanator kurortlar bosh boshqarmasi boshlig'i Anvar Ahmedovga ramziy kalit topshirildi. Shuningdek, qurilish jarayonlarida faol ishtirok etgan mas'ullar va quruvchilar taqdirlandilar. Ularga milliy urf-odatlarimizga ko'ra, chopon kiydirildi. Marosim o'zbek-qirg'iz san'atkorlarining kontsert dasturi bilan davom etdi.


G'ulomjon Mirahmedov,
Qirg'iz Respublikasi, Issiqko'l viloyati, Ton tumani


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid