Endi mol-mulk va er solig‘i imtiyozini olish uchun elektron murojaat qilish tartibi rasman belgilandi
Hukumatning 2026 yil 16 iyuldagi 389-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 apreldagi 150-son qaroriga qo‘shimchalar kiritildi.
Unga muvofiq, jismoniy shaxslarga mol-mulk va er solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun elektron murojaat yuborish davlat xizmati maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar soliq imtiyozini olish uchun elektron murojaatni:
Elektron soliq xizmatlari portali;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yuborishi mumkin.
Tushgan murojaat soliq organining masʼul xodimi tomonidan 2 ish kuni ichida mavjud maʼlumotlar asosida ko‘rib chiqiladi. Natijada soliq imtiyozini berish yoki rad etish haqida xulosa tayyorlanadi.
Qabul qilingan qaror 1 ish kuni ichida Elektron soliq xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinet yoki my.gov.uz orqali murojaat etuvchiga yuboriladi.
Agar murojaat rad etilsa, fuqaro rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgach, qayta murojaat qilish huquqiga ega. Bunday murojaat ham belgilangan reglament asosida yana bir bor ko‘rib chiqiladi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0