+36C

+36C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Eng faol 6 nafar blogerning daromadi ochiqlandi

3 milliondan ziyod obunachiga ega bo‘lgan, eng faol 6 nafar bloger faoliyati Soliq tizimi mutaxassislari tomonidan alohida o‘rganilgan. Tahlillarga ko‘ra, ular 2025 yil davomida 360 ta qisqa video (storis) va 184 ta reklama posti joylashtirgan. Elektron hisobvaraq-fakturalar asosida olingan maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur blogerlarning umumiy daromadi 2,7 milliard so‘mni tashkil etgan va byudjetga 110,4 million so‘m soliq to‘langan.
635 10:43 | 07.05.2026 10:43

Soliq qo‘mitasida blogerlar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda maʼlum qilinishicha, tizimli tahlillar asosida mamlakatdagi eng faol 110 nafar bloger ro‘yxati shakllantirilgan. Ularning 55 nafari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs, 33 nafari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Qolgan 22 nafari esa hech qanday tadbirkorlik maqomisiz jismoniy shaxs sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu holat blogerlik faoliyatining haqiqiy ko‘lami bilan uning rasmiy huquqiy maqomi o‘rtasida tafovut mavjudligini ko‘rsatmoqda.


Uchrashuvda reklama orqali olinadigan daromadlarni soliqqa tortish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomi xodim yollash huquqini bermasligiga qaramasdan, ayrim blogerlar amalda administrator va boshqa mutaxassislarni jalb qilayotgani taʼkidlandi. Qo‘mitasi vakillari blogerlik faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish va daromadlar shaffofligini taʼminlash muhim vazifalardan ekanini qayd etishdi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid