+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Yangi sudyalar qasamyod qabul qildi

Bugun bo‘lib o‘tgan Oliy sud Plenumining majlisida ayrim jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman va tumanlararo hamda tumanlararo maʼmuriy sudlarga ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlangan sudyalarning qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi.
41 11:55 | 30.06.2026 11:55

Majlisda Sudyalar oliy kengashining 2026 yil 26 iyundagi qaroriga mufoviq sudyalik lavozimda bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlangan 19 nafar sudyaning qasamyodi eshitildi.




Oliy sud raisi Robaxon Maxmudova yangi tayinlangan sudyalarni qutlar ekan, “bugun sudyalik qasamyodini qabul qilib, sizlar to‘laqonli sudya bo‘ldingiz. Bu nom kishiga mansab yoki imtiyoz tariqasida emas, balki el-yurt oldidagi og‘ir masʼuliyat va sinov sifatida beriladi”, deya taʼkidladi.




“Shu lahzadan eʼtiboran sizning har bir so‘zingiz, har bir imzoingiz, hatto sukutingiz ham adolat tarozisida o‘lchanadi. Hozirgina bergan qasamyodingiz bilan na biror amaldorga, na biror idoraga – faqat adolatning o‘ziga va uning nomidan hukm chiqaradigan xalqqa sodiq qolishga so‘z berdingiz. Halollik, beg‘arazlik va vijdon — bular chiroyli shior emas, balki har bir ish, har bir inson taqdiri oldida amalda isbot qilinadigan burchdir”, - dedi Oliy sud raisi.




R. Maxmudova qayd qilganidek, sudya o‘tiradigan kursi — hukmronlik taxti emas, balki xizmat va ishonch kursisidir, bu kursida faqat qalbi pok, niyati xolis, bilimi teran va irodasi mustahkam insongina o‘tirishga haqli.

Qasamyod qabul qilgan yangi sudyalarga sudyalik guvohnomalari bilan birga "Sudyalar odobi kodeksi" topshirildi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid