Valyuta UZS
  • USD

    12 165.24-25.19

  • EUR

    14 330.65-32.11

  • RUB

    159.42-2.67

+13C

+13C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+13c

  • Hozir

    +13 C

  • 20:00

    +12 C

  • 21:00

    +11 C

  • 22:00

    +10 C

  • 23:00

    +10 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 17-April

+13C

  • Hozir

    +13 C

  • 20:00

    +12 C

  • 21:00

    +11 C

  • 22:00

    +10 C

  • 23:00

    +10 C

  • Juma, 17

    +13 +20

  • Shanba, 18

    +16 +20

  • Yakshanba, 19

    +18 +20

  • Dushanba, 20

    +19 +20

  • Seshanba, 21

    +17 +20

  • Chorshanba, 22

    +19 +20

  • Payshanba, 23

    +16 +20

  • Juma, 24

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Yangi O'zbekistonning Bobur shahriga xush kelibsiz!

Yangi Renessansga poydevor ulug' ajdodlarga ehtirom bilan bunyod etilmoqda
619 22:51 | 16.04.2025 22:51

Davlat rahbari Yangi Andijon shaharchasida o'tkazilgan tantanali marosimda hudud ahli bilan uchrashib, mazkur yangi shaharga Bobur nomini berish haqidagi tashabbusni ilgari surganligini esa, hech mubolag'asiz, oliy tashrifning gultoji bo'ldi deb aytish mumkin. Minglab andijonliklar ko'z o'ngida sodir bo'lgan bu unutilmas voqelikning ahamiyati xususidagi ­fikrlarni bayon etishdan avval yaqin tariximizga birrov nazar tashlasak.


...Bilasizki, Andijon viloyati O'zbekiston aholisining 10 foizi istiqomat qiladigan – eng zich hudud hisob­lanadi. Shu bois ham viloyatda odamlarning uy-joyga bo'lgan ehtiyojini qondirish, har qarich yerdan nihoyatda oqilona va samarali foydalanish hamisha dolzarb ahamiyatga ega. Bugun hudud aholisi yiliga qariyb 50 mingga ko'paymoqda. Taqqoslash uchun, viloyatning chekka hududi – markaziy Farg'ona cho'llari bag'ridagi Ulug'nor tumani ayni paytda 60 mingdan ziyod nufusga ega. Ana endi demografik o'sish ko'rsatkichlari hamda yer maydonlari o'rtasidagi bog'liqlik darajasini tasavvur qilavering.


Ayni shunday bir sharoitda qishloq xo'jaligi ekin maydonlariga teginmagan holda odamlarning turarjoyga bo'lgan talab va ehtiyojlarini qondirishning o'ziga xos yechimi ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etila boshladi. Xususan, Prezidentimizning 2021 yil viloyatga tashrifi doirasida Andijon tumanidagi qaqrab yotgan keng-mo'l adirliklar bag'rida Yangi Andijon shaharchasini barpo etish uchun tamal toshi qo'yildi. Sirasini aytganda, loyiha boshlangan kezlarda unga quvonch bilan ko'z tikkanlar ham, kimsasiz qirlarda ko'pqavatli uylar bunyod bo'lishiga shubha bilan qaraganlar ham bo'ldi. Сhunki tevarak-atrofda ilgari bunday katta masshtabdagi loyihalar bo'y ko'rsatmagandi-da. Ammo andijonliklar bunyodkor el, ularning qonida qo'l mehnati bilan qirq kunga yetar-etmay katta Farg'ona kanalini barpo etgan quruvchi azamatlar qoni oqmoqda axir. Yana so'rasangiz, mahalliy mutaxassislar orasida necha kilometrlik tog'ni teshib, temiryo'l o'tkazgan, kurrai zaminning ko'p qismida ulkan qurilish­larda ishlab, katta tajriba orttirgan quruvchilar kam deysizmi? Alalxusus, katta resurs ajratilgan, Yurtboshi qo'llab, odamlar umid bildirib turgan loyiha dastlabki qadamlar ­qo'yilgan yiliyoq ko'zga tashlana boshladi.


Mana, oradan to'rt yil o'tdi. Bugunga qadar 1 ming 770 ta xonadondan iborat 63 ta ko'pqavatli uy-joy foydalanishga topshirildi. Hududda 1 ming 680 o'rinli maktab, 420 o'rinli maktabgacha ta'lim maskani, 250 qatnovga mo'ljallangan poliklinika, shuningdek, yengil sanoat korxonasi, ipoteka markazi barpo etildi. Uy-joylar, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha ob'ektlarini ichimlik suv bilan ta'minlash maqsadida umumiy qiymati 33 milliard so'mga teng loyiha doi­rasida sig'imi 4 ming metr-kub bo'lgan suv saqlash va uzatish inshooti ishga tushirildi. Shu tariqa Andijon tumanining ikki yirik – Bo'taqora va Xarabek qishloqlari orasidagi, ahyon-ahyonda yo'li tushgan birov-yarim haydovchini hisobga olmasa, deyarli kimsasiz qatnov yo'lining ikki tomonidagi adirlik­lar qisqa davrda serfayz, gavjum, ko'rkam va obod shaharchaga aylandi-qoldi. Inson qo'li gul, deb shuni aytishadi-da.


Bu hali sakkiz bosqichdan iborat qurilish-bunyodkorlik rejalarining birinchi bosqichi, xolos. Yaqin kelajakda umumiy maydoni 4 ming gektarni tashkil etadigan shaharning ­1 ming 439 gektar maydonida 2 mingta ko'p qavatli turarjoylar, savdo mas­kanlari qad rostlaydi. Shuningdek, 223 gektar qismida xizmat ko'rsatish ob'ektlari, 1 ming 820 gektar maydonda yashil hududlar tashkil etiladi. Bundan tashqari, yo'llar va boshqa infrastruktura ob'ektlarining umumiy maydoni 499 gektar hududni egallashi reja qilingan. Qurilishlar poyoniga yetgach, shaharchada 410 ming nafardan ziyod aholi yashashi mumkin...


Prezident havas qilsa arzigulik go'zal shaharcha hamda ushbu muazzam mas­kanda qad rostlagan «Yangi O'zbekiston» bog'i bilan tanishar ekan, yurtdoshlarimizni buyuk mehnat g'alabasi bilan samimiy tab­rikladi. Xalqimizning bunyodkorlik an'analarini munosib davom ettirib kelayotgan, fidoyilik va tashabbuskorlik fazilatlarini amaliy ishlari bilan namoyon etayotgan Andijon ahliga, bu ishlarga hissa qo'shgan barcha insonlarga chin yurakdan tashakkur izhor qildi. Pirovardida, yuqorida qayd etilganidek, Yangi Andijon shaharchasiga o'zining betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan millatimiz, xalqimizni butun dunyoga tarannum etgan buyuk ajdodimiz – Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Bobur shahri deb nom berishni taklif etdi.


«Hazrati Bobur – jahon tarixida kamdan-kam uchraydigan shunday benazir, ulug' zotki, uning sharafiga nafaqat ko'cha va maydonlar, bog'u rog'lar, balki alohida shahar bunyod etsak, albatta arziydi», dedi Prezident.


Sirasini aytganda, davlat rahbarining taklif va tashabbusini barcha andijonliklar yakdillik, katta quvonch bilan qabul qildilar.


Qayd etilganidek, endilikda ulug' ajdodimiz nomi bilan ataluvchi zamonaviy shahar yaqin kelajakda barcha vatandoshlarimiz uchun qutlug' va sevimli maskanga aylanadi. Uning hududidagi bog'ning eng baland nuqtasida Zahiriddin Muhammad Boburning yangi, muhtasham haykali o'rnatiladi. Prezident tashrifi esa ana shu ezgu g'oyalar dildan tilga, hayotga ko'chgan tarixiy kun sifatida andijonliklar xotirasida muhrlanib qolishiga shubha yo'q.


– Hurmatli Prezidentimiz viloyatimizga har galgi tashriflarida andijonliklarni eng ko'p o'ylantirgan masalalarga yechim topib keladilar, – deydi Oliy Majlis Senati a'zosi, «Nuroniy» jamg'armasi viloyat bo'limi rahbari O'ktamjon Oxunov. – Shu bois ham biz har doim Prezident tashrifini ochiq chehra bilan, intiqib kutamiz. Birgina misol. Andijonning demografik holati va geografik joylashuvi o'ziga xos, yer resurslari kamayib borayotgani sir emas. Ana shunday bir vaziyatda Prezidentimiz adirlik bag'rida yangi Andijon shaharchasini bunyod etish g'oyasini o'rtaga tashladilar. Andijonliklar esa Prezident g'oyasini mahkam ushlab, qisqa vaqtda fayzli go'shani yaratishga astoydil bel bog'ladilar. Yoki deylik, kuni kecha ushbu shaharga Bobur nomining berilishi ham ko'plab ziyolilarning ko'ngil qatida turgan o'y-xayollariga hamohang bo'ldi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Zotan, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bunday ehtirom o'zligimizni anglashga, yosh avlodning ulug' bobolarga munosib va ilm-ma'rifatli bo'lib ulg'ayishiga xizmat qiladi.


– Davlat rahbarining tantanali marosimdagi nutqini televizor orqali jonli efirda katta hayajon bilan kuzatib o'tirdim, – deydi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, «Do'stlik» ordeni sohibi, shoir va adib Farid Usmon. – Yangi qad rostlayotgan shaharga Bobur nomining berilishi esa shaxsan meni cheksiz quvontirdi. Nega? Avvalo, Zahiriddin Muhammad Bobur ilm-ma'rifatli zot, buyuk sarkarda, farzandlariga mehribon ota sifatida barcha zamonlarda o'sib kelayotgan avlodga har tomonlama o'rnak bo'ladigan shaxsdir. Uning hayoti va asarlarini chuqur o'rgangan qalamkash hamda «Bobur saltanati» nomli kitob muallifi sifatida aytishim mumkinki, Boburning ilmiy-ijodiy merosi avlodlar uchun katta bir dorilfunun bo'lsa, uning o'zi esa vatanparvarlikda barcha uchun o'rnakdir. Shunday ekan, shaharga Bobur nomining berilishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shuning o'zi ham yoshlar orasida uning shaxsiyati va ijodiga qiziqishning ortishiga turtki bo'lishiga shubha yo'q.


Nurillo NO''MONOV
«ISHONCH»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid