+37C

+37C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Omonat qo‘yganlarga yangi soliq: foiz daromadining 5 foizi ushlab qolinishi mumkin

O‘zbekistonda bank depozitlari bo‘yicha olinadigan foiz daromadlariga soliq solish taklifi ilgari surildi. Bu haqda 30 iyul kuni bo‘lib o‘tgan «Fiskal muloqot» tadbirida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona maʼmurchiligini takomillashtirish hamda fiskal tahlillar instituti bosh mutaxassisi Fazliddin Shamsiev maʼlum qildi.
893 10:35 | 31.07.2026 10:35

Maʼlum qilinishicha, 1998 yildan beri bank omonatlaridan olinadigan foizlar jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘idan ozod qilingan. Shu bois depozit foizlari hozirgacha soliqqa tortilmaydigan passiv daromad turlaridan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda dividendlarga 5 foiz, ijara, royalti va kapital qiymati o‘sishidan olinadigan daromadlarga esa, asosan, 12 foizlik soliq qo‘llanadi.


Fiskal tahlillar instituti mutaxassislari mazkur imtiyozni bekor qilib, bank omonatlari bo‘yicha foiz daromadlariga ham dividendlar kabi 5 foizlik soliq joriy etishni taklif qilmoqda. Buning uchun Soliq kodeksining 381-moddasiga o‘zgartish kiritish talab etiladi.


Taqdimotda xalqaro tajriba ham keltirildi. Unga ko‘ra, depozit foizlari Qozog‘iston, Ozarbayjon va Hindistonda 10 foiz, Tailandda 15 foiz, Indoneziyada 20 foiz, Germaniyada 26,4 foiz, Turkiyada esa 15–40 foiz stavkada soliqqa tortiladi.


Institut hisob-kitoblariga ko‘ra, 5 foizlik soliq joriy etilsa, davlat byudjetiga yiliga taxminan 1,4 trln so‘m qo‘shimcha tushum kelishi mumkin. Bunda 2026 yil 1 may holatiga jismoniy shaxslarning bank depozitlari hajmi 170,2 trln so‘m, o‘rtacha foiz stavkasi esa 16 foiz ekani asos qilib olingan.


Masalan, fuqaro bankka 200 mln so‘mni yillik 20 foiz stavkada omonatga qo‘ysa, bir yilda 40 mln so‘m foiz daromadi oladi. Taklifga ko‘ra, shu daromadning 5 foizi — 2 mln so‘m soliq sifatida ushlab qolinishi mumkin.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid