+37C

+37C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Yaponiyada cho‘chqa buyragini insonga ko‘chirish bo‘yicha ilk klinik sinovlar boshlanishi mumkin

Yaponiyada genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqalardan olingan buyraklarni insonlarga ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha klinik sinovlarni 2028 yilda boshlash rejalashtirilmoqda. Mutaxassislar bu usul 2033 yilga borib og‘ir buyrak etishmovchiligini davolashda standart amaliyotlardan biriga aylanishi mumkin, deb hisoblamoqda.
1254 14:54 | 24.07.2026 14:54

Loyiha Meyji universiteti huzuridagi PorMedTec startapi tomonidan amalga oshirilmoqda. Kompaniya hozirdanoq genetik modifikatsiya qilingan cho‘chqalarni ko‘paytirish ishlarini boshlagan.


PorMedTec rahbariyatining taʼkidlashicha, maqsad — cho‘chqa buyragini insonga transplantatsiya qilish usulini og‘ir buyrak etishmovchiligiga duch kelgan bemorlar uchun insondan insonga buyrak ko‘chirib o‘tkazish va dializ bilan bir qatorda asosiy davolash usullaridan biriga aylantirish.


Loyiha tegishli idoralar tomonidan maʼqullangan taqdirda, klinik sinovlar Yaponiyaning bir vaqtning o‘zida ikki shifoxonasida o‘tkaziladi. Bu mamlakatda hayvondan insonga buyrak transplantatsiyasi bo‘yicha o‘tkaziladigan ilk klinik sinovlar bo‘lishi kutilmoqda.


Kompaniya 2030 yilda hayvonlardan insonlarga organ transplantatsiyasi bo‘yicha shartli ruxsatnoma olishni, 2033 yilga kelib esa cho‘chqa buyragini insonga ko‘chirib o‘tkazishni standart davolash usullaridan biriga aylantirishni maqsad qilgan.


Loyiha doirasida Yaponiyaning PorMedTec startapi AQShning eGenesis Inc. biotexnologik kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Ushbu kompaniya genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqa hujayralarini etkazib bermoqda.


Transplantatsiya qilingan organning inson organizmi tomonidan rad etilish xavfini kamaytirish maqsadida cho‘chqa genomiga 69 ta genetik o‘zgartirish kiritiladi. Bu texnologiya kelajakda buyrak etishmovchiligi bilan yashaydigan millionlab bemorlar uchun donor organlar tanqisligi muammosini hal etishga xizmat qilishi mumkin.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid