+32C

+32C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

“Rembo” 80 yoshda: qiyin bolalik, jarohatlar va Shvartsnegger bilan raqobat

Rokki, Rembo, Barni Ross... Silvestr Stallone hali-hanuz jangari filmlar janridagi eng taniqli shaxslardan biri bo‘lib qolmoqda va u 80 yoshga to‘ldi. Bu bosqich ko‘pchilikning faoliyatidagi so‘nib borayotgan nuqta deb hisoblanadi, ammo Stallone uchun buning aksi: u mashhurlikning ikkinchi cho‘qqisiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Uning so‘nggi yillardagi eng diqqatga sazovor ishlaridan biri “Talsa qiroli” seriali sanaladi. Aktyor yoshligida dublyorlarsiz yillar davomida qilgan tryuklari va boshidan kechirgan operatsiyalari uning qanchalik mehnatkash ekanini ko‘rsatadi.
595 16:22 | 13.07.2026 16:22

Silvestr Gardentsio Stallone 1946 yil 6 iyulda Nyu-York shahridagi Xells-Kitchen hududida tug‘ilgan. Uning otasi Frank Stallone sartarosh bo‘lib ishlar, sitsiliyalik muhojir edi. Bo‘lajak yulduzning onasi Jaklin Leybovish esa raqqosa bo‘lgan.

Tug‘uruq paytida shifokorlar xatolik sabab chaqaloqning yuz nervini shikastlab qo‘yadilar. Bu bo‘lajak aktyorning yuz ifodalariga va hatto nutqiga taʼsir qildi. Natijada Silvestr yoshligida ayrim tengdoshlari tomonidan masxaralangan paytlar ham bo‘ldi. Ammo bolaligidagi mazkur holatlar uning keyingi faoliyatida saboq bo‘lib xizmat qildi. Silvestrdan tashqari, oilada uning ukasi Frank Stallone kichik ham bor edi. Ota-onalari 1957 yilda ajrashganlarida, bolalar bir muddat vasiy ota-onalari bilan yashashdi.



Xells-Kitchen - Manxettendagi qiyin sharoitda yashovchi ishchilar sinfi mahallasi bo‘lib, u erda kelajakdagi mashhur kino qahramonining obrazi shakllangan. O‘sha paytda Nyu-York jiddiy inqirozni boshdan kechirayotgan edi: o‘rta sinfning shahardan chiqib ketishi, iqtisodiy tanazzul, ishsizlikning ortishi va ijtimoiy muammolar jinoyatchilikning kuchayishiga zamin yaratdi. Shahar dunyodagi eng xavfli hududlardan biri hisoblanardi. Ko‘cha muhiti, omon qolishning qatʼiy qoidalari va “har bir inson o‘zi uchun” degan tuyg‘u keyinchalik Rokki va Rembo obrazlarida namoyon bo‘ldi.



15 yoshida Silvestr Stallone onasi bilan Filadelfiyaga ko‘chib o‘tdi va u erda muammoli o‘smirlar uchun maxsus maktabda o‘qidi. U erda o‘smirda futbol va qilichbozlikka ishtiyoq uyg‘ondi. Keyinchalik uning aktyorlik isteʼdodi Shveytsariyadagi Amerika kollejida o‘qiyotganida namoyon bo‘ldi. Stallone teatrda aktyorlik qila boshladi va Qo‘shma Shtatlarga qaytib kelgach, Mayami universitetining aktyorlik bo‘limiga o‘qishga kirdi. U kinostsenariylar ham yozib turardi.



Yosh aktyorning puli juda kam edi va yashash joyi yo‘q edi. Shu sababli, u dastlab turli engil-elpi filmlarda ham rol ijro etishga rozi bo‘ldi. 1976 yilda Stallonening orzusi ushaldi: u Rokki haqidagi film uchun stsenariyni bosh rolni o‘ynash sharti bilan sotdi. Shunday qilib, Gollivud yulduzining yuksalishi boshlandi.



Aktyorni dunyoga tanitgan asosiy qahramonlari “Rokki” va “Rembo” sanaladi. Bu franshizalar Stalloneni nafaqat yulduz, balki millionlab ixlosmandlari bor kult aktyorga aylantirdi.



“Rokki” - Jon G. Avildsen rejissyori bo‘lgan sport dramasi: film voqealari 1975 yil oxiri va 1976 yil boshlari orasida Filadelfiyada bo‘lib o‘tadi. Bosh qahramon muvaffaqiyatsiz professional bokschi Rokki Balboa. U kichik boks janglarida qatnashadi. Rokki ringda taniqli yulduz emas, lekin uning asosiy kuchli tomonlari uning chidamliligi va zarbalarga bardosh bera olishidir. U uy hayvonlari do‘koni sotuvchisi va do‘stining singlisi bo‘lgan uyatchan Edrian Penninoga ko‘ngil qo‘yadi. “Rokki” ham sport dramasi, ham o‘ziga ishonch va qatʼiyat insonga hayotini o‘zgartirish imkoniyatini berishi mumkinligi haqidagi hikoyadir.



Filmning nuqtasi Rokkining Ivan Drago qarshiligi bo‘lgan. Kinosanoat siyosatni ham boplaydi: AQSh bokschisi bilan SSSR bokschisi ringga chiqishidi. Shafqatsiz kurashda Rokki g‘olib bo‘ladi.



“Rembo” esa urushdan qaytgach, fuqarolik hayotini qayta tiklashga harakat qiladigan faxriyning fojiasi: ko‘pgina tomoshabinlar bu filmni xato ravishda taʼqiblar va otishmalarga to‘la odatiy jangovar film deb qabul qilishadi. Biroq, rejissyor Ted Kotcheff aslida ancha jiddiyroq g‘oyani etkazgan. Bosh qahramon Rembo o‘zini butunlay yolg‘iz, hech qanday yordamdan mahrum va o‘tmishidan uzilgan holda his qiladi. ​​Uning politsiya bilan mojarosi shunchaki ichkarida sodir bo‘layotgan voqealarning tashqi aksidir: uning harbiy tajribasi o‘chmas iz qoldirdi, u travmadan keyingi stress buzilishiga chalingan va dahshatli tushlar va xotiralar bilan taʼqib qilinadi. Film zo‘ravonlikni romantiklashtirishga urinmaydi: aksincha, u urushdan qaytgan faxriylarning muammolarini eʼtiborsiz qoldirishning oqibatlarini ko‘rsatadi.

Stallonning isteʼdodining turli qirralarini namoyish etuvchi boshqa filmlar:



  • “Kobra” - bu ramziy chiziqlar va 1980 yillardagi estetikaga ega bo‘lgan qatʼiy jangovar film.
  • Sudya Dredd” - bu odatiy jangovar qahramon prototipidan xalos bo‘lishga urinish.
  • Krid: Rokkining merosi - bu Rokkiga hissiy qaytish bo‘lib, Stallone ushbu film bilan “Oltin globus”ni yutgan va “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan.


Gollivud yulduzi Arnold Shvartsenegger Silvestr Stalloneni o‘zining ashaddiy raqobatchisi deb bilishini va u bilan adovatga borganini bir necha bor tan olgan. Ammo oradan yillar o‘tgach, ular ajoyib do‘stlarga aylanishdi.



Eng qizig‘i, yoshi o‘tib qolgan bo‘lsa ham, Stallone ijoddan to‘xtagani yo‘q. “Talsa qiroli” serialining uch mavsumi shu kungacha efirga uzatildi, yuqori reytinglarga ega bo‘ldi va butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlarni jalb qildi. Hozirda to‘rtinchi mavsum suratga olinmoqda. Gollivud yulduzi ishtirokidagi yana bir muhim loyiha – “Stallone oilasi” realiti-shousi (2023-2024) aktyorning kutilmagan tomonini ko‘rsatdi: u faqatgina “engilmas qahramon” sifatida emas, balki er, ota va erkak ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 2023 yilda Silvestr Stallone haqidagi Tom Zimni rejissyorligidagi “Ayyor (Sly)” hujjatli filmi chiqdi. Syujet uning otasi bilan munosabatlari, karerasi, “Rokki” va “Rembo” filmlarini suratga olish jarayoni va aktyorning hali tuzalmagan jarohatlari haqida hikoya qiladi.



Stallone asta-sekin klassik Gollivuddan uzoqlashib bordi. 2023 yilda u Beverli-Xillzdagi qasrini sotdi va Palm-Bichni tanladi — bu erda shaxsiy hayot, qulay iqlim va biznes markazlariga yaqinlik mavjud. Stallonening Palm-Bichdagi uyi o‘n millionlab dollarga baholanadi. 2014 yilda qurilgan qasrda Rokki, Rembo va boshqa qahramonlarning yodgorliklari bilan to‘ldirilgan namoyish zali, ulkan bar va Stallone filmlaridan ilhomlangan bir nechta durdona asarlar mavjud. Binoda shuningdek, aktyor o‘smirlik davridan beri to‘plab kelayotgan sanʼat kollektsiyasi ham joylashgan.



Biografik materiallar va intervyularga ko‘ra, Stallone suratga olish jarayonida olgan jarohatlari tufayli bir nechta umurtqa pog‘onasi operatsiyalarini boshdan kechirgan: masalan, “Rokki II” filmini tasvirga olish paytida aktyorning ko‘krak mushaklari jiddiy jarohatlangan. “Rokki IV” filmini ishlash paytida esa Stallone Dolf Lundgren tomonidan ko‘kragiga musht tushirilgandan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan.


2010 yilda esa suratga olish paytida Stallone Stiv Ostin bilan tryuk ijro etishini aytib qatʼiy turib oldi. Natijada, uning bo‘yni jarohatlandi, elkalari chiqib ketgan va umurtqa pog‘onasi jiddiy shikastlangan, buning natijasida metall plastinka qo‘yish uchun jarrohlik amaliyoti talab qilindi. Keyingi bel operatsiyalariga qaramay, u hech qachon to‘liq sog‘ayib ketmadi.



Abror Zohidov



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid