"O'tgan yilgi daromadimdan traktor sotib oldim"
Bag'dodlik Anvarjon Hamdamov esini tanibdiki, tom orqasiga dastmolqovoq ekadi. Har bir donasi 10 ming so'mdan baholanayotgan dastmolqovoqqa, ayniqsa, xorijda talab katta.
Bu mahsulotdan idish-tovoqlarni yuvishda, gigenik vosita sifatida keng foydalansa bo'ladi. Qolaversa, undan oyoq kiyimi va oyoq kiyimining tag qismi tayyorlanadi. Ushbu mahsulot o'zining tabiiyligi bilan xaridorgir hisoblanadi.
Asosiysi, dastmolqovoq pishib yetilgandan so'ng, uni sotishda muammo bo'lmaydi. Anvarjon akaning ta'kidlashicha, xaridorning o'zi sizni izlab keladi.
Bu o'simlik ekilganidan to yetilgunicha katta mehnat talab qiladi. Dehqonchilikning xadisini olgan oila sohibi o'tgan yilgi daromadidan traktor sotib olgan edi. Bu yilgi daromadi esa o'tgan yilgidan-da yaxshi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0