Media katta kuch: Netflix tarixidagi eng mashhur serial “Kal'mar o'yini”nega yana ommalashdi?
Koreyaning "Kal'mar o'yini" seriali Netflix platformasida eng ko'p tomosha qilingan serialga aylangani sir emas. Serial bir vaqtning o'zida dunyoning 90 mamlakatida namoyish qilindi. U shunchalik mashhur bo'ldiki, rejissyori odatda koreys seriallari faqat bir mavsumdan iborat bo'lishiga qaramay, ikkinchi mavsumni ham suratga olishga ham qaror qildi.
Yaqinda serialning ikkinchi fasli namoyish qilindi va birinchi fasldagidek katta shuhrat qozondi. Rejissyori Xvan Don Xyuk tomonidan suratga olingan ushbu serial ijtimoiy muammolar, insoniy qadriyatlar va tirik qolish instinkti kabi mavzularni qamrab olgan.
Serial noma'lum boylar tomonidan yaratilgan o'lim o'yinida ishtirok etish uchun ketgan koreyalik kambag'al va omadsiz kishi haqida hikoya qiladi. Boylar bechora koreyslarning 46 milliard von (31 605 294.47 $) uchun kurashib, bir-birini o'ldirishlarini kuzatib, o'zlariga ko'ngilochar topishadi.
"Kal'mar o'yini" faqatgina tengsizlik haqidagi navbatdagi asar emas. Bu serialda ancha chuqurroq g'oya bor. U aslida erkinlik haqida. Tanlash erkinligi va imkoniyatlar tengsizligi to'g'risidagi serial desak to'g'riroq bo'ladi.
Serialdagi sinfiy tengsizlik mavzusi tomoshabinlar qalbida kuchli aks-sado berdi. Buning ramziy ma'nosi shundaki, 2009 yilda stsenariy muallifi Xvan Don Xekning bu g'oyasi deyarli barcha kino studiyalarda rad etilgan, shundan so'ng u stsenariyni tashlab, pul yo'qligi sababli noutbukini sotgan. Janubiy Koreya davlatiga kirib borgan kinoprodyusserlar stsenariylar bo'yicha tanlov o'tkazadi. Shunda Xvan Don Xek ilgari faqat rad etilgan stsenariysi bilan boradi. Ularga aynan shunday ommalashadigan stsenariy kerak edi va darhol katta mablag' evaziga uni sotib oladi.
Serialning qisqacha mazmuni
"Kal'mar o'yini" – bu qashshoq va muammolarga duch kelgan odamlar yashirin o'yinga jalb qilinib, ulkan pul mukofoti uchun hayot-mamot kurashiga kirishadigan hikoya. O'yin ishtirokchilari bolalikda o'ynaladigan oddiy o'yinlarda qatnashishadi, biroq mag'lub bo'lganlar o'ldiriladi. Asosiy qahramon, Son Gi Xun. U katta miqdorda qarzini to'lash uchun tavakkal qilib o'yinga qo'shiladi.
![Picture background](https://cdn.shazoo.ru/c1400x625/621816_CDCSq4u_squidgame-unit-101-584.jpg)
Fil'mda qancha odam ishtirok etdi?
Serialning asosiy syujetiga ko'ra, o'yinda 456 nafar ishtirokchi qatnashgan. Bu raqam tasodifiy tanlanmagan, balki bosh qahramonning o'yin raqamiga ham mos keladi. Shuningdek, ommaviy sahnalarda yuzlab aktyor va kaskadyorlar ishtirok etgan.
Koreya madaniyati ommalashmoqda
Serial sabab butun dunyoda koreys kontentining mashhurligi ortib bormoqda, ammo Osiyo fil'mi yoki serialining AQSh yoki Yevropada uzoq vaqt davomida yetakchilik qilishi g'ayrioddiy ko'rinadi. Misol uchun, Koreyaning "Kosmik tozalovchilar" fil'mi chiqqandan so'ng, "Kal'mar o'yini" kabi bir hafta emas, balki uch kun davomida fil'mlar toifasida dunyoda birinchi o'rinni egalladi. Ko'rinib turibdiki, Koreya madaniyati, musiqasi va kinosining ta'siri so'nggi paytlarda juda sezilarli bo'lib, uni e'tiborsiz qoldirish mumkin emas.
YouTube dagi sayohat videolari endilikda Yaponiya emas, balki Koreyadagi kontentlar ko'p ko'rilmoqda. Hattoki Yevropa davlatlari aholisi ham serialdan keyin Janubiy Koreya mavzusiga muhabbat qo'ymoqda.
Serial haqida qiziqarli faktlar
Loyiha 10 yil davomida suratga olinmagan
Rejissyor Xvan Don Xyuk serial stsenariysini 2009 yilda yozgan, lekin uni ishlab chiqish uchun mablag' topishga qiynalgan. Prodyusserlar bunday zo'ravonlik va ijtimoiy tanqidiy elementlarga ega bo'lgan loyiha ommaviy bo'la olmaydi, deya stsenariyni qaytarishgan.
Haqiqiy hayotdagi ijtimoiy muammolar aks ettirilgan
Serial Janubiy Koreyaning iqtisodiy tengsizlik, qarz muammolari va kambag'allik kabi muammolarini ko'rsatadi. Bu muammolar nafaqat Koreyada, balki butun dunyoda dolzarb.
Haqiqiy telefon raqami muammosi
Serialda ishlatilgan telefon raqamlaridan biri haqiqiy bo'lib chiqdi. Bu esa, telefon egasiga minglab qo'ng'iroqlar kelishiga sabab bo'ldi. Keyinchalik Netflix bu muammoni hal qilishga majbur bo'ldi.
O'yinlarning kelib chiqishi
Serialda ko'rsatilgan o'yinlarning aksariyati Janubiy Koreyada bolalar o'ynaydigan an'anaviy o'yinlar asosida yaratilgan. Masalan, "Qizil chiroq, yashil chiroq" o'yini dunyo bo'ylab mashhur bo'lib ketdi.
Rekvizitlarning haqiqiyligi
Serialda ishtirokchilar foydalanadigan pishiriq (Dalgona) haqiqatda ham Koreyada juda mashhur bo'lgan shirinliklardan biri hisoblanadi. Suratga olish jarayonida aktyorlar haqiqiy Dalgona tayyorlashni o'rganishgan.
Netflix tarixidagi eng muvaffaqiyatli serial
"Kal'mar o'yini" Netflix tarixidagi eng ko'p tomosha qilingan serial bo'ldi. Uning birinchi oyida 111 million foydalanuvchi tomonidan ko'rilgani qayd etilgan.
Global ta'sir
Serial namoyish etilgandan so'ng, uning mavzusiga asoslangan ko'plab tadbirlar, kvestlar va hatto haqiqiy hayotdagi musobaqalar o'tkazildi. Masalan, Birlashgan Arab Amirliklari va Janubiy Koreyada "Kal'mar o'yini" motivlari asosida real o'yinlar tashkil qilindi.
![O'yin davom etadi:](https://cdn.xabardor.uz/media/photo/2021/11/11/news_photo-20211112-102437.webp)
Aktyorlar tarkibi
Serialda bir qator mashhur Janubiy Koreya aktyorlari ishtirok etgan:
• Li Jong Je – Son Gi Xun rolida (456-raqamli ishtirokchi).
• Park Xe Su – Сho Sang Vu rolida (218-raqamli ishtirokchi).
• Vi Xa Joon – Politsiyachi Xvan Jun Xo.
• Сhon Xo Yon – Kang Sae Byok rolida (067-raqamli ishtirokchi), u Shimoliy Koreyadan qochib kelgan qiz obrazini yaratgan.
• O Yong Su – Oh Il Nam rolida (001-raqamli ishtirokchi).
• Xo Son Te – Сhang Dok Su rolida (101-raqamli ishtirokchi).
• Kim Ju Ryong – Xan Mi Ne rolida (212-raqamli ishtirokchi).
Serialning suratga olinishi va byudjeti
Serialning suratga olish ishlari Janubiy Koreyaning turli joylarida, asosan Seul va uning atrofidagi kinostudiyalarda amalga oshirilgan. Ko'plab sahnalar maxsus qurilgan dekoratsiyalar ichida suratga olingan bo'lib, o'yin maydonlari alohida ravishda yaratilgan.
"Kal'mar o'yini"ning umumiy byudjeti taxminan 21,4 million dollarni tashkil qilgan, ya'ni har bir epizodga o'rtacha 2,4 million dollar sarflangan.
Bir so'z bilan aytganda media katta kuch ekanligini birgina serial isbotladi. "Kalmar o'yini" seriali ijtimoiy muammolar, hayot va o'lim masalalarini ommabop formatda yetkazib bera olgani sababli katta muvaffaqiyat qozondi. Uning global ta'siri, ramziy xabarlar va kuchli dramatik sahnalari uni zamonaviy seriallar orasida o'zgacha o'rin tutishiga sabab bo'ldi.
Feruza Rahimova,
Ishonch.uz
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0