+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Tibbiyotmi tabobat?

... Biz tasavur qilishimiz qiyin bo'lgan yuz minglab yil ilgari yerda hayot paydo bo'lgan, rivojlanib borgan. Yashash tarzi, taraqqiyot uchun kurash natijasida jonivorlar tanasida kamchiliklar paydo bo'lgan, o'zgarishlar yuz bergan va organizmlarda turli kasalliklar yuzaga kelgan. Asta-sekin insonlar tanasidagi notabiiy holatlarni tushunib borishgan va unga qarshi chora izlashgan. Natijada odamlar o'z-o'zini, undan keyin boshqalarni ham darddan xalos etishga harakat qilishgan. Shu zayilda zamonaviy tushunchamizdagi davolovchilar - tabiblar paydo bo'lgan.
1648 10:00 | 17.11.2024 10:00

Tabiblar xasta organizmning holatini bilishgan, dard qaerdaligini sezishgan. Ular hech qanday asbob-uskuna, laboratoriyasiz ishlashgan. Сhunki ular har qanday kasallik tabiatdan kelib chiqishi, qaerda joylashishi mumkinligi va qanday belgi berishini mukammal bilishgan. Tabiiylikdan kelib chiqib davolashgan. Bunday tabiblar tabiat, tabiiy hodisalar haqida yetarli tasavvurga ega bo'lgan. Keyingi bir necha ming yillar mobaynida xat-savodli tabiblar ko'paya boshladi va ular boshqalar qoldirgan merosni o'rganish imkoniyatiga ega bo'lishdi. O'zlari ham bilimlarini meros qilib qoldirishdi. Oxirgi 300-400 yil ichida bemorlarni yig'ib davolaydigan uylar ko'paya boshladi, u yerda ishlaydiganlardan maxsus bilim talab qilindi. Shu zayilda zamonaviy vrach yuzaga keldi. Albatta, bu vrachlar ham o'tgan ajdodlarimiz yozib qoldirgan manbalardan foydalanishgan.


Afsuski, sovet hukumati ajdodlarimiz qoldirgan o'ta boy merosdan foydalanishga e'tiborsiz bo'ldi va oqibatda kasalliklarga boshqacha qarashdagi zamonaviy meditsina yuzaga chiqdi. Sovet meditsinasining xatosi shunda ediki, unda kasalliklarning kelib chiqishi, rivojlanishini tabiat bilan bog'lash, shart-sharoitlarni inobatga olish va shular yordamida davolashga yetarli e'tibor bermadi, tabobatning yo'lini ochib qo'ymadi.


Mustaqil bo'lganimizdan keyin, ayniqsa oxirgi 3-4 yil ichida davlatimiz tabobatga e'tibor qaratmoqda. Umid qilamizki bundan keyin tabobatimiz qayta tiklandi, rivojlandi. Men bu gaplarni uzoqroqdan olib kelayotganim sababi maqolani o'qiganlar hozirgi holatni to'liqroq ham aniqroq tushunishlarini istardim.


Bemorlarni davolash darajasi jihatidan haqiqiy tabiblar ko'p jihatdan vrachlardan ustun turishadi. Сhunki, ular kasalni tabiiy, ozorsiz, bus-butunlikni saqlagan holda davolaydi. Vrachlar esa, notabiiy, ozorli, bus-butunligiga ahamiyatsiz faoliyat ko'rsatadi. Keyingi paytlarda odamlarning tabibga, tabobatga ko'proq intilishlarining sabablaridan asosiysi shudir. Qolaversa, insonlarning bilimi, saviyasi, dunyoqarishi o'zgarmoqda. Tabobatga yo'l ochib berilganligi natijasida haqiqiy, bilimli tabiblar ko'zga ko'rinib boshladi. Bundan tashqari, tabobat orqali davolanish ancha arzon, zamonaviy tibbiyotdan davo topish nihoyatda qimmatdir.


Shunisi ham borki, zamonaviy dasturlar asosida tarbiyalangan shifokorlarning aksariyati xalq tabobatini rad qiladi. Boisi, keyingi 70-80 yil mobaynida zamonaviy meditsina o'quv dasturlarida tabobat ilmi deyarli o'qitilmadi, eskilik sarqiti sifatida qaraldi, ushbu ilm e'tibordan chetda qoldi. Vaholanki, tabobatdan xabari yo'q shifokorni yuksak mahorat sohibi deb atash qiyin.


Fikrimni isbotlash uchun birgina misol keltiraman. Huzurimga kelgan bemorlardan biri mendan avval mashhur vrachlardan biriga murojaat qilgan. U yozib bergan retsept asosida dorixonaga borgan. Dorilarning narxi 3 million so'm bo'lishini bilgach, olmagan va boshqa shifokor izlagan. Tanishlaridan biri meni tavsiya qilgan. 60 yoshlardagi ayol ovqat hazm qilishda qiynalardi. Men uni ko'zdan kechirgach, bitta tabletka va uch xil giyoh yozib berdim. Ularning narxi 50 ming so'mga ham bormaydi. Ayol avvaliga unchalik ishonqiramadi, ammo mablag'i yo'qligi oqibatida tavakkal qilib men tavsiya qilgan retsept asosida davolandi. Oradan bir oy o'tib, darddan xalos bo'lganini aytib, minnatdorlik bildirdi.


Ha, biz ko'p yillar davomida tabobatdan uzoqlashdik. Falon so'mlik dori ta'sir qilmagan holda judayam arzon turuvchi o't-o'lan kor qilishi mumkinligiga ishonmaydigan yurtdoshlarimiz hozir ham ko'p. Ko'pchilik dori qanchalik qimmat bo'lsa, shuncha samarali deb o'ylaydi. Bu noto'g'ri dunyoqarashdan esa faqat farmatsevtik kompaniyalar naf ko'radi, xolos. Tabobat yaxshi rivojlanmagani oqibatida ming so'mlik giyohchalik ta'sir kuchiga ega biologik faol qo'shimchalarni tadbirkorlar noyob dori sifatida yuz ming so'mga sotyapti. Vaholanki, asl noyob dorilar atrofimizda istagancha topiladi. Birgina holatni tasavvur qilib ko'raylik. Сho'l-u biyobonda, tog'-u toshda, sayohat paytida kimningdir mazasi qochib qolsa, atrofdagilar unga yordam berishga qodirmi? Vaholanki, davo shundoq yonida bo'lishi mumkin. Yoshlarimiz bugun necha giyohni taniydi? Qolaversa, tibbiyotning vazifasi faqat kasalni davolash emas, xastalikning oldini olish hamdir. Xastalikning oldini olishda esa tabobatning o'rni katta.


To'g'ri, keyingi yillarda tabobatga munosabat o'zgarmoqda. Mamlakatimizda xalq tabobati hayot uchun muhimligi rasman tan olindi va bu yuzasidan davlat rahbarining bir necha qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatlar xalq tabobati rivojiga keng yo'l ochib berdi. Endi biz ushbu e'tiborni suiiste'mol qilmasdan, haqiqiy tabobatni yuksaltirish choralarini ko'rishimiz, tibbiyot sohasi rivojiga, muhimi, aholi salomatligini mustahkamlashga munosib hissa qo'shishimiz zarur. Yana bir muhim gap. Xalqimiz tabib deganda folbin-u sehrgarni emas, haqiqiy davolovchi ilm ahlini tushunadigan darajaga erishmog'imiz zarur.


O'ktam KARIMOV,


shifokor-tabib, Xorazm viloyati


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid