Toshkent har kuni 250 tonna chang va zahar qurshovida
Bir soat tirbandlikda tursangiz, taxminan 4 ta sigaret chekkandek zararlanasiz. Sababi, shu vaqt ichida siz 3-4 ta tamaki mahsulotiga teng bo'lgan PM2.5 mayda zarrachali zaharli havoni yutasiz.
Avtoulovlardan harakatlanish nafaqat tabiatimizga, balki inson salomatligiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bitta avtomobil bir kunda 10-12 litr benzin yonilg'isi ishlatadi va atmosfera havosiga 25 kilogrammcha zararli kimyoviy birikmalarni chiqaradi. Bir kunda Toshkentda 1 mlnga yaqin avtomobil harakatlansa, havoga 250 tonna zaharli gaz chiqadi. Soddaroq tushunishingiz uchun, bu taxminan 42 ta kamaz yukiga teng. Ya'ni avtomobillar sabab havoga chiqarilayotgan shuncha zaharli moddalardan biz nafas olamiz.
Bu uchun biz nima qilishimiz kerak?
Avtomobillardan emas, elektomobillardan foydalanish, ko'proq jamoat transportlarida yoki piyoda yurish orqali zaharli havo massalarini kamaytirishimiz mumkin. Qolaversa, toq, juft kunlaridagi avtomobillar harakatlanishi havoga chiqayotgan zararli moddalarni 50 foizga kamaytiradi.
Ho'sh, siz bunga qanday hissangizni qo'shmoqdasiz? Jamoat transportlaridan foydalanibmi, yoki haftaning toq, juft kunlaridagi avtomobillar harakatlanishi qoidasiga amal qilgan holdami?


Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0