Valyuta UZS
  • USD

    12 586.4154.63

  • EUR

    14 758.82220.7

  • RUB

    160.420.6

+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+22c

  • Hozir

    +22 C

  • 05:00

    +20 C

  • 06:00

    +19 C

  • 07:00

    +22 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +33 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +32 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +23 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 29-June

+22C

  • Hozir

    +22 C

  • 05:00

    +20 C

  • 06:00

    +19 C

  • 07:00

    +22 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +33 C

  • 14:00

    +33 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +32 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +23 C

  • Yakshanba, 29

    +22 +20

  • Dushanba, 30

    +18 +20

  • Seshanba, 01

    +20 +20

  • Chorshanba, 02

    +22 +20

  • Payshanba, 03

    +21 +20

  • Juma, 04

    +24 +20

  • Shanba, 05

    +25 +20

  • Yakshanba, 06

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Turfa taqdirlar” – yillardirki o'z uyida yashash nasib qilmagan yurtdoshlarimiz hikoyalari

(ikkinchi qism)
627 18:07 | 03.09.2024 18:07

Ijarada yashash asrimizda, jamiyatimizda shu qadar oddiy holga aylanyaptiki, ko'pchilik o'z uyiga yetishishiga umid ham qilmay qo'ymoqda. Xorijda “ijarada yashab o'lib ketisharkan”, degan achchiq voqelik bizga ham kelib qoladigandek. Ijtimoiy so'rov tarzida ijarada yashayotgan yurtdoshlarimiz hayoti bilan qiziqdik. Ayrimlarining taqdiri shu qadar ta'sirliki…


(Ko'pchilik suhbatdoshlar hijolatlik ortidan shaxsini sir tutishdi)


Boshi oldingi sahifada


Oq eshik


– Poytaxtga o'qish uchun boraman, deganimda uydagilar, ayniqsa, akalarim xavotir bilan otamga qaragan. Toshkentda yashayotgan dugonam turmush o'rtog'i bilan qishloqqa kelganini, ular bilan birga borishimni aytdim. Yoshligimizdan qizlarning o'qish masalasi otam uchun dolzarb bo'lgan. Lekin qishlog'imizdan Toshkentga o'qigani borganlar juda kam. Aksariyati yigitlar edi.


Otam rahmatli ertalab o'zi yo'lga olib chiqadigan, joy topib, o'qishga kirishimni nazorat qiladigan bo'ldi. Samarqanddan Toshkentga jo'naydigan “Ikarus” avtobusda yo'lga chiqdik. Dugonam va turmush o'rtog'iyam shu avtobusga chiqdi. Otam dugonamning opasinikiga joylashtirib, Samarqandga qaytdi. Zulxumor opaga narsalarim omonat turib tursin, joy topib olib ketaman, dedim.


– Mehmon kelar mushtakkina, uchib ketar qushdakkina. Uyda tura-tur. O'qishing aniq bo'lsa, yotoqxonaga chiqib ketarsan. Ungacha mening qizimga opa bo'lib turasan, – dedi. Tavba, bor-yo'g'i singlisining dugonasi bo'lsam, bu xotin nimaga menga mehribonlik qilyapti, deb o'ylayman. Hali eri ishdan kelsa, nima derkin. Baribir zimdan ijara qidiraman.


Ijara uy ham topildi. Qo'shni yo'lakda Faya xola degan kampir turar ekan. U menga “Uyimdan gap chiqishini yomon ko'raman, tozalik birinchi o'rinda. Ishonchimni oqlasang, bitta kalitimni beraman”, dedi. Xullas, ko'chib o'tdim. Faya xola mehribon va o'z o'rnida qattiqqo'l edi. Men u kishi bilan sal hayiqib, gaplashar edim. Rus tiliyam shevamda g'alati chiqar, xola bunga kulib qo'yar edi. Ochig'ini aytsam, men dazmol qilishni yomon ko'rardim, lekin Faya xoladan hayiqib, choyshablarimni, xonaning pardalarini tez-tez yuvib, dazmollab turardim. Xolaning qozoniga aralashmay, o'zim uchun kichkina qozonda ovqat qilardim va xolaga ham berardim. Hatto nonidan tatib ko'rmasdim. Yoshligida qaysidir idorada kadrlar bo'limi boshlig'i bo'lib ishlagan Faya xolada idoraviy tartib saqlanib qolgan edi.


Bir kuni pastda Zulxumor opa bilan Faya xolani gaplashib turganini ko'rib qoldim. Nima deyapti ekan? Xullas, Zulxumor opa O'ratepada turadigan qaynonasi bemorligi sabab eri bilan o'sha yoqqa ketayotgan ekan. Meni qizlarining oldiga chiqib turishimni xoladan so'rapti. Ikki kun turganimda inoq bo'lib qolgan qizi Kommunani sog'ingan ekanman. Yugurgilab chiqdim. Katta qizlari O'ratepada, buvisinikida turib o'qirdi. Kommuna qaqildoq, sergap qiz. Xullas, Faya xola va Zulxumor opanikida almashib yashayman. Ishonchiga kirdim shekilli, Faya xola kalit ham berdi. Xola mening talaffuzim va shevamda o'zbekcha gapira boshladi. Unga oylik to'lovni qilsam, qarindoshingnikida qolgan kunlaringni haqi deb chegirma qilib beradi. Keyin bilsam, Zulxumor opam meni uyiga chiqargan kunlarining pulini Faya xolaga o'zi berar ekan. Xola mendan keyin turgan ijarachi qizlarga meni o'rnak qilib ko'rsatar ekan. O'sha qizlar Faya xolaning ishonchiga qanday kirgansiz, derdi. Men ruschani Samarqandcha shevada gapirib, derdim.


Bir kuni Zulxumor opam menga uyimga ko'chib o't, dedi. “Biz ertayu kech bozorda bo'lamiz, qizim o'smir yoshda, darslarini nazorat qilsang, o'qishga qiziqtirsang”, dedi. Ular chinni bozorida savdo qilar, pochcha safarga ko'p ketar edi. Qaynonasini qizlarga bosh qilib ketisharkan. Endi qaynonasi (ocha derdik) Toshkentga kelolmas ekan. Xullas, Kommuna bilan birga yashayman. Ikkimizga bir xona. To'lov qilsam opa olmaydi. Ul-bul olib chiqsam, qo'ymaydi. Jomboyga borsam, uylariga narsa berib yuboradi. Olib borib beraman. Uyimdagilar Zulxumor opangga deb qishloqning meva-chevalaridan beradi. Olib kelaman. Xullas, o'qishim davomida ham oq eshikli bu uyda uzoq qoldim. Qo'ni-qo'shnilarga qarindoshim, singlim, derdi opam. Men ham qadrdonim, topgan opam derdim.


Turmushga chiqayotganimda ham onam qatori yugurib sarpo qildi. Keyinchalik opamni bolalarim Zulxumor buvim deydigan bo'ldi. Hozir mening Toshkentda ikkinchi onam bor. Kommuna singlim bor.


Xullas, o'sha oq eshikli uy menga juda qadrdon bo'ldi. Keyinchalik juda ko'p ko'chib yashadim. Hamisha bir g'altak kitobim va uch-to'rt narsam Zulxumor opamga omonat bo'ladigan bo'ldi. Hozirgacha Zulxumor opamnikiga mehmonga borsam, Kommuna singlimni chaqirib, o'sha kunlarni yodga olamiz. Hozir uning turmushi, uch o'g'li bor.


Bugun poytaxtda ijarada turadigan talabalar qiynalayotganini, makler deb nomlanadigan ayrim makkorlar sodda talabalarni aldayotganini eshitib qolsam, oq eshik va uning ortidagi oq ko'ngilli odamlar yodimga keladi.


Manzura ShAMS


* * *


Har bir muhtojga uy olish nasib qilsin


– Ijarada yashayotganimizga bir yildan oshdi. Yashab turgan ijara uyni bir yilda sotmaslik kelishuvi bo'lgan, ammo 8 oy o'tar-o'tmas sotuvga qo'yib yuborgan. Olgan odam juda qo'pol edi. Ayrim narsalarimizni olib chiqib ketishga ham ulgurmay qolganmiz.


“Allohim nazaridan kolmaylik, nasib qilsa, shu sentyabrda uyimiz bitsin”, deb duo kilib turibmiz. Ijarada yashaydiganlarga ijara beruvchilarning insoflisi uchrasin. Har bir uyga muhtojga Allohim uy olishni nasib qilsin.


Nargiza Oromiddinova


* * *


Makler va ijara haqi juda qimmat


– Yoshim 50 dan oshdi. Ilgari talabalikda yashaganman. Yaqin 2-3 yildan buyon yana ijaradaman. 25 yil oldin Sergelida bolalar uyida o'sgan, o'rissifat buxorolik cholning uyida turganman. Bir kuni ishdan kelsam, eshik yopiq, narsalarim ichkarida, cholning o'zi uyni sotib, Buxorodagi qarindoshlarinikiga ketvoribdi. Ko'chada qolib ketganman. Noyabr' oyi edi o'shanda.


Maklerlarning haqi o'ta katta, ijaraga oladigan odamga og'irlik qiladi. Kvartira haqi ham o'ta qimmat. Ijaraga qo'yadigan va ijaraga turuvchilarni bevosita uchrashtiradigan platforma kerak. Uy olish niyatim bor, lekin ro'zg'or xarajatlaridan ortmayapti.


* * *


Kasal bo'lib qolishdan qo'rqaman


– Yoshim 30 da. 2 yildan buyon ijaradaman. Yeyishga hech vaqom qolmaganida ham emas, anomal sovuqda ko'chada qolib ketganimda ham emas, muttahamga uchrab, ijara pulini oldindan to'lab qo'yib, idorama-idora yugurganimda ham emas, kana bosgan uyda majbur yashaganimizda ham emas, qiynalib topgan pulimni har oy birovning qo'liga tutqazib, bolamga istaganini olib berolmaganimda ezilaman.


Subsidiyani surishtiryapmiz. Ammo rostini aytganda pul ortmayapti. Har oy qarz olamiz. Oila boshi sifatida aytadigan dardim faqat bitta. Kasal bo'lib qolishdan qo'rqaman. Agar men kasal bo'lsam, ko'chada qolamiz. Hech qorni zo'r to'ymaydigan qizim va ayolim och qoladi. O'g'lim hali qaynonamnikida. Hayotda, tanlovda adashdim. Shu paytgacha ichmadim, chekmadim, yomon yo'lga kirmadim. Ammo, o'qimadim, hunar olmadim. Shuning uchun ham badal to'layapman. Qo'limdan keladigan yagona ish esa ofitsiantlik va noshirlik.


Men aliment to'layman. Oyma-oy, qoldirmasdan. Qonunan ajrashganman. Qizimni tug'ilganidan buyon ko'rsatishmaydi. Ayolim ham qizi bilan turmushdan ajragan ekan ancha avval. Bundan habar topgach, og'iz soldim. Aliment olar ekan, o'rnida alimentini ham uzdirdim. Ko'p o'tmay, o'g'il farzandli bo'ldik.


O'zi topishim yaxshi edi. Rossiyada urush boshlangach, qaytib kelganman. Endi chetga chiqa olmayman. Bo'lmasa, shunday yurmasdim. Otam ham, onam ham kasal. Biri insul't, ikkinchisi og'ir operatsiyadan chiqqan, ikkisi ham yoshlari 68 da. Akam bilan uy talashib o'tirmay, deb ikki yil avval Toshkentga kelganman.


Har oyning birinchi sanasidan 400 $ minus hisob bilan boshlayman. 15-sanagacha 1 million 379 ming alimentga 200 ming sut puliga 300 ming qizimning bog'chasiga 150 ming o'g'limning qishloqdagi bog'chasiga to'lashim kerak. O'ttizigacha 250 $ kvartiraga va 100 ming kommunalga to'lashim shart.


Bir ish kunim uchun restoran menga 200 ming so'm to'laydi. Har kuni 14 soat ish hisobida uyda yo'q bo'laman. Haftada bir kun ham dam olmayman. Dam olsam, 200 ming minus. Bir kunda to'rt soat uxlayman. O'zimni ilk kitobimni nashriyotga tayyorlayapman. Kitob o'qiyman, hikoyalarimni tahrirlayman, ovqat qilaman.


Ayolim biroz betob. O'g'limizni tug'ayotib qon tomiri yorilib ketib, insul't olgan. Davolanib turmasa bo'lmaydi. Shu ikki yildan beri davolata olmadim. Menga yordam bo'lsin, deb ishga kirgan. Xususiy universitetda konsul'tantlik qilyapti. Qornimizga tejab, ustimizga tejab, eplab, amallab, hozircha taslim bo'lganimiz yo'q.


Mening bitta orzuyim bor – bolalarimga istagan narsasini olib berish. Ikkisi ham yonimizda bo'lishi. Ayolim ham soppa-sog' holida doim yonimda yashashi. Men bo'lsa, o'z sevgan ishim bilan shug'ullanib, faqat yozishni istayman. Ammo buning iloji yo'q! Hozir qo'limda 1 million 250 ming so'm eng so'nggi oyligim turipti. Alimentimni to'layinmi, qizim bilan o'g'limni bog'chasinimi, opamga ikki oy avval olgan qarzimnimi yo kvartira to'loviga olib qo'yayinmi?


Yana bir qiziq voqea esimga tushib qoldi. Shu yil metroda ayolimning mazasi qochib, shifoxonada yotdi. Uning oldiga shoshib, eskalatorda yiqilib tushdim, chap tizzamdagi bir pay uzilib ketdi. Haligacha tuzuk davolanganim yo'q. Oqsoqlanib bo'lsa ham ishladim. Oxiri ko'nikdim.


O'sha kunlari chorasizlikdan bir ikkita masjidga yordam so'rab kirdim. Qanday javoblar oldim bilasizmi? “Bu yer masjid, tilanadigan joy emas! Vaqf fondiga bor. Telefoningni sot. Borib ishlasang bo'lmaydimi?” Qizig'i hech kim kimga, nimaga yordam kerak, deb so'ramadi ham.


* * *


Ijarada yashalayotgan umr – hasharda o'tayotgan umr


– Yoshim 36 da, 12 yildan beri ijarada yashayman. Bir uyda turardim. Unda ona va qiz yashashardi. Ona kun bo'yi uyida bo'lar, qiz ishga ketardi. O'qishga bir marta yo'l haqi to'lab borish uchun manzilgacha 45-48 daqiqa yayov yo'l bosardim.


Bahor va yozning chegara vaqti, ro'za kunlari edi. Darsim tushdan keyin bo'lardi. Qaytishda kvartiramgacha arang yetib olardim. O'sha kuni ham metrodan chiqib, yayov yuriladigan yo'lni ming azobda bosib o'tdim, 2-qavatga jon chekib ko'tarildim. Eshik qo'ng'irog'ini bosaman, ochilmaydi, namoz o'qiyotgan bo'lsa kerak, deb kutaman, yana bosaman. Bir soatga yaqin eshik tagida qolib ketdim. Uy bekasi “ie, kelganmidingiz”, deb keyin ochdi. Men keyingi bir necha kun ham o'sha bir soat opa nima bilan band bo'lgani haqida bosh qotirib yurdim. Bir kuni qiziga gurung berayotib, opa uyiga bir tanishi kelgani, tuynukdan kimligini ko'rib, bir soatlardan keyin ochgani, eshik tagidagi kelgan odam kutaverib, terga tushib ketganini aytib kuldi. Miyamga mening ham bir soat eshik tagida turganim urildi, ataylab ochmaganlarini bildim. Ro'zaligim, ilik uzildi vaqtda borish va qaytishda deyarli ikki soat yayov yo'l yurganim, sog'ligim ham qilich emasligida opaning o'sha kungi tubanligi u kishiga bo'lgan bor hurmat, ehtiromimni shudgorladi. Ertasi kuni boshqa ijara manzilga chiqib ketganman.


O'qishni tugatib, ish boshlaganimga ikki yil bo'lyapti. Imkon qadar xarajatlarni iqtisod qilib, uy olishga yig'inyapman. Uy narxi o'sishi umidga ta'sir qilsa ham, o'ldirolmaydi. Boqishga sharoiti bor singlimga (kuyovining suruvi bor, bepul qarab beradi) 4 ta qo'y olib berganman. To'qayga yaqin turadigan singlimga yilqi olib bersam, qarab berishini aytgandi, shunday qildim. Onam buzoqli sigirimni parvarishlayaptilar. Bir ishim uchun haq olishim kerak. Shuni ham kutyapman. Nasib, uni ham olsam, uyning boshlang'ich to'loviga ancha yaqinlashaman.


Ijarada yashalayotgan umr – hasharda o'tayotgan umr. Na halovat bor, na yegan-ichgan, yurish-turishda mazmun. Umringizning eng navqiron, hafsalangizning eng avj bosqichini, faoliyatingizning sarmoya tikadigan vaqtini ijarada “yashash”ga sarf etasiz.


Ijara haqi qulayroq bo'lishi uchun aksar hollarda uy egalari bilan turganman. Ko'pincha uyning xizmatkori bo'lganman. Idish-tovoq yuvish, uy tozalash... Qishning kunida hovlidagi kafellarini ham yuvdirishardi. Lattani issiq suvga yuvib ishlatilgan taqdirda ham qo'l nam bo'lgani uchun qotib qoladi.


Bir gal o'zim bir oylik ijara puli va maklerga haq to'lab uy oldim. Odatda ijaraga borgan odam “generalniy uborka” qiladi. Qancha pulga tozalik vositalari olib necha kunda uyni odam bashara qildik. Birga turadiganlarni o'zim tanlab, yaxshi muhit qilmoqchi bo'ldim. Olgan qizlarim o'zaro janjallashib, shu qadar zada bo'ldim, 20 kunda 600 dollar to'lagan ijara uyimdan qancha ko'ngilsizlik bilan chiqib ketdim. Alqissa, ijara azobini o'ylasam, Xudojon kechirsin, yashashdan charchab ketaman.


Toshkentga kelgan yilim bir marta to'yib issiq ovqat yeyish katta bayram bo'lgan vaqtlar edi. Yuborgan odam nomi sir tutilib ikki sumkada oziq-ovqat mahsulotlari keldi. O'sha vaqtda bu ikki sumkaning men uchun nima bo'lgani hozir ham ko'zimni yoshga to'ldiradi. Saharlikda necha kishiligimizni so'rab, osh tashlab ketishardi. Odamlarning odamiyligi uchun odamzoddan qarzdorligimni tuyib, oshni yig'lab yerdim.


Keyin yo'l pulini tejash uchun uzoq masofaga yayov qatnayotganimni bilgan tanishim, e'tirozimga qaramay, talaba transport kartasi olib berdi. To o'zimni tutib olgunimcha oylik to'lovini o'tkazib turdi. Odamlar bor bo'lsin! Bularni insoniyatga ehtirom sifatida bir esladim.


* * *


Ikki yildirki uyimizni kutamiz


– Yoshim 37 da. 11 yildan buyon Toshkent shahrida ijaradamiz. Shu paytgacha 7 marta ko'chishga majbur bo'ldik. Сhunki yoki uyni sotishadi yoki remont qilishadi. Uy olish uchun boshlang'ich to'lovga deb amallab yiqqan pulimizni karantin paytida ijaraga to'lov qilishga majbur bo'lganmiz. Ijara shartnomasini ko'pchilik uy egalari xohlamaydi, shuning uchun hujjat ishlarida qiynalganmiz. Ayniqsa, bolalarni maktabga joylash uchun.


Uy olish niyatida ko'p yig'indik, lekin karantin, to'y va ro'zg'or uchun ketib qoldi. Imkon qadar yemay-ichmay yig'ib, qishloqdagi tomorqani sotib, 2 yil oldin Toshkent tumani Qizg'aldoq mahallasida qurilayotgan yangi uylarga to'lov qildik. Сhunki qo'limizdagi pulimiz va muddatli to'lov uchun imkonimiz faqat shunga yetgandi, xolos. Boshqa uylarni ko'rib, foizida uchta uyni puli chiqib ketishini bildik.


Shartnoma bo'yicha 2022 yil dekabrida topshirish kerak bo'lgan uy haliyam topshirilmadi. Har xil bahonalar bilan aldab kelishyapti. Murojaat qilsak, eski pulni qaytarib berishmoqchi. Lekin u pulga hozir umuman hech qanday uy ololmasligimizni bilib, uyimizni bitishini majbur kutyapmiz. Сhunki boshqa imkoniyatimiz yo'q. Aldanib qolishdan qo'rqyapmiz.


O'zbekistonda uylar narxi va ijara juda qimmat. Oddiy xalq uy olishi uchun yillab qiynaladi. Bizga o'xshab, majburlikdan aldanib yoki umidvor bo'lib yashayotganlar juda ko'p. Bunga qonuniy choralar ko'rishga ishonch yo'qligi uchun firibgarlar ko'p va murojaatlar kam, deb o'ylayman. Alloh hammani mushkulini oson qilsin, ilohim. Fayzli va saodatli xonadonlar ko'payishini tilab qolaman!


Taqdirlar, insonlar... Ular turfa xil va har birining umidi bor. Tushkunliklar ortda qolsin, orzular ushalsin, yorug' kunlar, albatta, kelsin.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid