Tuzatish: xorijdagi turklarning Turkiyada ishlash tartibi soddalashtirilyapti
Bir muddat oldin Turkiyada qabul qilingan yangi qaror to'g'risida turli talqinda axborot tarqatildi. “Ishonch.uz” ham mazkur materialida bir qator rasmiy manbalarga tayanib, “Turkiya turkiy davlatlar fuqarolariga ishga joylashishni yengillashtirgani” haqida yozgan edi.
Lekin bu ma'lumot aslidagi “etnik turk” jumlasining “turkiy xalqlar” deya noto'g'ri talqin qilingani aniq bo'ldi.
Shu bois, tahririyat o'quvchilaridan yuqoridagi noaniqlik uchun uzr so'rab, quyidagi tahrirlangan ma'lumotni taqdim qiladi:
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on imzolagan ushbu hujjat Hukumatning turk millatiga mansub xorijiy fuqarolarning Turkiyada kasb va hunarlarini erkin amalga oshirishlari, davlat va xususiy sektorda mehnat faoliyatlarini olib borishlariga doir qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalarni kiritadi.
Unga ko'ra, dastlab xorijiy fuqarolar turk millatiga mansubligi identifikatsiya qilinadi va bu Prezident qarori bilan tasdiqlanadi.
O'z navbatida, bu toifa xorijiy fuqarolar:
- mamlakatda vaqtincha yashash guvohnomasiga ega bo'lishi;
- xorijda olgan diplomlari nostrifikatsiya qilingan bo'lishi;
- kasbiy faoliyati Turkiya xavfsizligiga tahdid solmasligi;
- fuqaroligi bo'lgan mamlakatda etnik va madaniy ozchilikni tashkil qilish (masalan, Bolgariyada yashaydigan turklar) kerak.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0