Qisqartirish sababli ish haqimning yarmini ushlab qolishdi...
Savol: Men texnik xodim bo'lib ishlayman. Ish xaqimning yarmini ogohlantirishsiz ushlab qolishibdi. Buning sababini so'rasam, qisqartirish kelgan, deyishdi. Aytingchi, ogohlantirishsiz ham oylikdan ushlab qolish mumkinmi?
Savolga O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi mehnat-huquq inspektori Mashrab Mirzaev quyidagicha javob berdi:
– Mehnat kodeksining 269-moddasi ish haqidan ushlab qolishni cheklash haqida. Umumiy qoidaga ko'ra, xodimning yozma roziligi bilan, xodimning roziligi bo'lmagan taqdirda esa, ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq ish haqidan ushlab qolinishi mumkin.
Mehnat kodeksining 269-moddasida ko'rsatilgan asoslar bilan ish beruvchi sizning ish haqingizdan yoki ta'til pulingizdan ushlab qolishi mumkin. Lekin qisqartirish kelgani uchun ish haqingizdan ushlab qolishi mumkin emas. Siz bu holatda Adliya bo'limiga yoki prokuraturaga ariza berishingiz kerak. Ular holatni o'rganib chiqib, sizga ushlab qolingan ish haqingizni qaytarib olishda amaliy yordam beradi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0