Jaziramada mehnat qilish: ish beruvchi va xodim nimalarga eʼtibor qaratishi kerak?
Yozning jazirama kunlarida korxonalarda xodimlar uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislar yuqori haroratda sanitariya-gigiena talablariga qatʼiy rioya qilish xodimlar salomatligini saqlashning asosiy omillaridan biri ekanini taʼkidlamoqda.
Qonunchilikka ko‘ra, ish beruvchilar ish joylarida meʼyoriy harorat, namlik va havo almashinuvini taʼminlashi shart. Shu maqsadda konditsioner va ventilyatsiya tizimlari uzluksiz ishlashi lozim. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, ish vaqti qisqartirilishi yoki dam olish vaqtlari ko‘paytirilishi mumkin.
Mutaxassislar qayd etishicha, ochiq maydonlarda havo harorati 34-36 darajadan oshganda inson salomatligi uchun jiddiy xavf yuzaga keladi. Bunday hollarda ishlarni kunning salqin vaqtlariga ko‘chirish, xodimlarni himoya vositalari va ichimlik suvi bilan taʼminlash tavsiya etiladi.
Shifokorlar esa issiq kunlarda och rangli engil kiyim kiyish, bosh kiyimdan foydalanish, ko‘proq suyuqlik ichish, engil ovqatlanish hamda soat 10:00 dan 18:00 gacha ochiq quyosh ostida uzoq vaqt qolmaslikni maslahat bermoqda.
Orifjon Mizomov,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Samarqand viloyat kengashi etakchi mutaxassisi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0