Valyuta UZS
  • USD

    12 129.3328.04

  • EUR

    14 061.5330.08

  • RUB

    149.171.16

+16C

+16C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+16c

  • Hozir

    +16 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 25-October

+16C

  • Hozir

    +16 C

  • Shanba, 25

    +16 +20

  • Yakshanba, 26

    +12 +20

  • Dushanba, 27

    +12 +20

  • Seshanba, 28

    +14 +20

  • Chorshanba, 29

    +13 +20

  • Payshanba, 30

    +12 +20

  • Juma, 31

    +12 +20

  • Shanba, 01

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

"O'zbek tili – kelajak tili": senator yoshlar bilan uchrashdi

21 oktyabr' — o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Shu munosabat bilan Oliy Majlis Senati a'zosi, “Ishonch” va “Ishonch–Doverie” gazetalari bosh muharriri Husan Ermatov Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 63-umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib, o'quvchilar bilan samimiy muloqot o'tkazdi.
289 21:23 | 20.10.2025 21:23

Uchrashuv davomida senator davlat tilining jamiyat hayotidagi o'rni va milliy ongimizdagi ahamiyati haqida so'zlab berdi. Uning ta'kidlashicha, til nafaqat muloqot vositasi, balki millatning tarixi, madaniyati va ruhini mujassam etgan muqaddas qadriyat sanaladi. “Davlat tili – bu milliy g'ururimiz. Tilni asrab-avaylash, uning nufuzini oshirish har bir fuqaroning burchi. Сhunki til yo'qolsa, millatning ruhi ham yo'qoladi,” — dedi senator Ermatov o'z nutqida.


Muloqot davomida Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Hamza Hakimzod Niyoziy va Fitrat kabi buyuk allomalarning o'zbek tilining shakllanishi va rivojiga qo'shgan ulkan hissasi haqida ham so'z bordi. Ular yozgan asarlar nafaqat adabiyot, balki til madaniyati va milliy ongning asosiga aylangani ta'kidlandi.


Uchrashuvda o'quvchilar senatorga qiziqarli savollar bilan murojaat qilib, davlat tilining kelajagi va yoshlarning uning nufuzini oshirishdagi roli haqida fikr almashdilar. Suhbatda yoshlar o'zbek tilidagi bilimlarini faqat darsda emas, hayotda ham faol qo'llashi, ijtimoiy tarmoqlarda toza va saviyali tilda yozish zarurligi ta'kidlandi.


Suhbat yakunida Husan Ermatov homiyligida maktab o'quvchilari o'rtasida “Eng yaxshi insho” tanlovi tashkil etilishi e'lon qilindi. Tanlov g'oliblari uchun kitob va esdalik sovg'alar tayyorlanishi aytildi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

1

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (1)

Bobur

22:24 | 20.10.2025

.

Maqolaga baho bering
0/5

1

0

0

0

0

Mavzuga oid