Bu qishloqda tabiat “gapiradi”...
Toshkent viloyati Ohangaron tumanining tog‘ bag‘rida joylashgan “Ertosh” qishlog‘i tabiatning betakror mo‘ʼjizalaridan biri hisoblanadi. Bu maskanga qadam qo‘ygan inson shaharning shovqin-suroni, baland binolar va kundalik tashvishlardan bir zumda uzoqlashadi.
Qishloqni qurshab turgan salobatli tog‘lar, sharqirab oquvchi musaffo soylar va toza tog‘ havosi har qanday mehmonni o‘ziga maftun etadi.
Bu erda tabiat go‘yo o‘z tilida suhbat qiladi, soylarning shovullashi, qushlarning sayrashi va tog‘ shamolining mayin nafasi inson qalbiga orom baxsh etadi.
Ayniqsa, yoz faslida “Ertosh” yanada gavjumlashadi. Salqin va go‘zal manzaralardan bahramand bo‘lish uchun yurtimizning turli hududlaridan sayyohlar bu erga tashrif buyuradi. Tabiat qo‘ynida dam olishni istaganlar uchun qishloq haqiqiy maskanga aylangan.
Tabiat bilan hamohang yashashni, ruhiy xotirjamlikni va haqiqiy qishloq muhitini his qilishni istasangiz, “Ertosh” qishlog‘i siz uchun ayni muddao.
Ishonch.uz muxbiri ushbu go‘zal maskandan foto reportaj tayyorladi.
Jamshid Ergashev
Ishonch.uz



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0