Dunyodagi ilk universitet Buxoroda ochilgan – eng qadimiy OTM lar reytingi
Ko'pincha ilm-fan tsvilizatsiyasi, ilk ilm dargohlari to'g'risida gap ketganda, bot-bot Yevropa tilga olinadi. Lekin, aslida dunyodagi birinchi oliy ta'lim muassasalariga bugun O'zbekiston voris bo'lgan hududda asos solinganini ko'pchilik ham bilmaydi.
Ha, bugun Tomas Edisson ixtiro qilgan lampochkada isinayotgan o'zbeklar o'tmishda butun dunyoni aql-zakovati bilan yoritgandi... Hattoki, dastlabki oliy ta'lim dargohi ham Buxoroda qad rostlagan. Keyinchalik yer yuzida birin-ketin turli yo'nalishdagi universitetlar paydo bo'la boshladi. Ushbu maqolada ana shunday eng dastlabki oliy ta'lim muassasalari reytingi bilan tanishtiramiz:
Buxoro, “Farjak” madrasasi 1200 yoshda
Nafaqat Islom olamida, balki dunyoda ham ilk universitet sanaladigan “Farjak” madrasasi IX asr boshida Buxoroda qad rostlagan. Ushbu dargohga hanafiy mazhabi faqihlaridan bo'lgan Abu Hafs Kabiyr Buxoriy tomonidan 800 yillarda asos solingan. Madrasa so'zi arab tilidan oligan bo'lib, lug'atda: “Dars o'qiladigan joy, darsxona” ma'nolarini bildiradi. Musulmon mamlakatlarida o'rta va oliy diniy o'quv yurtlari “ madrasa” deb atalgan. Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida keltirilishicha, “Forjak” madrasasi 937 yil Buxoroda sodir bo'lgan katta yong'in oqibatida yonib ketgan.
Marokash, Al-Qaraviyyin universiteti, 1165 yoshda

Dunyodagi eng qadimgi universitetlar ro'yxatining ikkinchi o'rnini 859 yilda qurilgan Al-Qaraviyyin universiteti band qiladi. Ushbu universitetga Marokashning Fez shahrida asos solingan.
Turkiya, Konstantinopol universiteti, 1139 yoshda
Universitet 855-856 yillarda Teodosiy II tomonidan yoshlarga falsafa, tibbiyot, ritorika va huquqni o'rgatish uchun tashkil yetilgan. Konstantinopol universiteti G'arbiy Yevropada oliy ta'limning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Ba'zi tarixchilar, asosan, yunonlar, Konstantinopol universitetini Yevropadagi birinchi universitet deb bilishadi. 1139 yoshda.
Al-Azhar universiteti, Misr, 1054 yoshda
Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu universitet Misrning Qohira shahrida 970 yil Al-Azhar masjidida madrasa sifatida paydo bo'lgan va 988 yilda Fotimiylar tomonidan rasman tasdiqlangan. 975 yildan boshlab, masjidda shialik asoslari bo'yicha ma'ruzalar o'qiladi. Keyinchalik vazir Yaqub bin Kalyos o'quv rejasini tuzib, bir guruh o'qituvchilarni ishga oldi va talabalarni jalb qildi. Al-Azharga ko'plab xorijliklar o'qish uchun kelgan. Dastlab, mashg'ulotlar to'g'ridan-to'g'ri masjid hovlisida olib borilgan, ammo shahar tashqarisida talabalar ko'p bo'lganligi sabab ular uchun maxsus yashash joylari (rivok) qurilgan. Al-Azhar universitet tizimi iqtidorli talabalar uchun tashrif buyurgan professorlar va stipendiyalardan foydalanishni o'z ichiga oladi.
Nizomiyiya madrasasi, Iroq, 959 yoshda
Nizomiyiya — XI asrda Nizom al-Mulk tomonidan ochilgan bir qancha islomiy ta'lim muassasalari (madrasalar) guruhi. Saljuqiylar davlatida barpo bo'lgan. Nizomiyaning nomi ularni qurish tashabbuskori nomidan kelib chiqqan. Madrasalar saljuqiylar saltanatining dastlabki bosqichida qurilgan. Nizomiylar musulmon olamidagi birinchi oliy o'quv yurtlari bo'lib, ta'lim jarayoni yaxshi yo'lga qo'yilgan edi.
Boloniya universiteti, Italiya, 936 yoshda
Boloniya — Italiya davlat universiteti bo'lib, G'arb dunyosidagi yeng qadimgi universitetdir. Italiyaning Bolonya shahrida joylashgan. Universitet nizomlarining birinchi ma'lum nashrlari 1317 yilga to'g'ri kelgan bo'lsa-da, uning negizi sifatida rivojlanayotgan huquq maktabi XI asrdan beri mavjud edi. Ayrim tarixchilarning fikricha, uning tashkil topgan yili 1088 yil.
Oksford universiteti, Angliya, 924 yoshda
Oksford — Buyuk Britaniyaning Oksford shahridagi davlat universiteti. Dunyodagi eng qadimgi universitetlardan biri sanaladi. Yana bir o'ziga xos jihati Britaniya orollaridagi birinchi ingliz tilidagi universitet sanaladi. Universitet tashkil etilganining aniq sanasi noma'lum bo'lsa-da, u yerda 1096 yillarda ham ta'lim bo'lganligi haqida dalillar mavjud. U Buyuk Britaniya va Irlandiyaning "eski universitetlari" guruhiga, shuningdek, Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi 24 ta universitetning «Elita Rassell» guruhiga kiritilgan.
Parij universiteti, Frantsiya, 874 yoshda
«Parij» universiteti Parijdagi yetakchi universitet bo'lib, 1150-1970 yillarda faoliyat ko'rsatgan. U Yevropadagi ikkinchi eng qadimgi universitet hisoblanadi. Rasmiy ravishda 1200 yilda Frantsiya qiroli Filipp II tomonidan tashkil etilgan va 1215 yilda Papa Innokent III tomonidan tan olingan.
Kembridj universiteti, Buyuk Britaniya, 815 yoshda
Kembridj - Buyuk Britaniyadagi eng yirik davlat universitetidir. Bu mamlakatda Oksforddan keyin ikkinchi eng qadimiy universitet sanaladi. Bu yerda Isaak Nyuton va Jeyms Maksvell, Сharlz Darvin va Lord Kelvin, Pol Dirak kabi mashhur shaxslar tahsil olgan va ishlagan.
Monpele universiteti, Frantsiya, 735 yoshda
Monpele universiteti Frantsiyadagi eng qadimgi va yetakchi ta'lim muassasalaridan biridir. U mamlakat janubidagi Monpele shahrida joylashgan. Universitet 1289-yilda tashkil yetilgan. Universitet dunyoning TOP–300 ta eng yaxshi universitetlari qatoriga kirgan. 1970 yilda muassasa uchta alohida universitetga bo'lingan, bular: Monpele I universiteti, II universiteti, Pol Valeri universiteti, Monpele III universiteti.
Maftuna Karimova,
ishonch.uz
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0