Valyuta UZS
  • USD

    12 482.3869.4

  • EUR

    14 540.72154.08

  • RUB

    155.230.95

+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+18c

  • Hozir

    +18 C

  • 01:00

    +17 C

  • 02:00

    +16 C

  • 03:00

    +15 C

  • 04:00

    +15 C

  • 05:00

    +14 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +14 C

  • 08:00

    +17 C

  • 09:00

    +19 C

  • 10:00

    +22 C

  • 11:00

    +24 C

  • 12:00

    +26 C

  • 13:00

    +28 C

  • 14:00

    +30 C

  • 15:00

    +31 C

  • 16:00

    +31 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +24 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 01-September

+18C

  • Hozir

    +18 C

  • 01:00

    +17 C

  • 02:00

    +16 C

  • 03:00

    +15 C

  • 04:00

    +15 C

  • 05:00

    +14 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +14 C

  • 08:00

    +17 C

  • 09:00

    +19 C

  • 10:00

    +22 C

  • 11:00

    +24 C

  • 12:00

    +26 C

  • 13:00

    +28 C

  • 14:00

    +30 C

  • 15:00

    +31 C

  • 16:00

    +31 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +24 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • Dushanba, 01

    +18 +20

  • Seshanba, 02

    +18 +20

  • Chorshanba, 03

    +20 +20

  • Payshanba, 04

    +19 +20

  • Juma, 05

    +23 +20

  • Shanba, 06

    +23 +20

  • Yakshanba, 07

    +22 +20

  • Dushanba, 08

    +19 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Quyosh yurti xorazm

«Qadimgi xorazmliklar astronomiya ilmini arablardan yaxshiroq bilganlar», deb yozadi Beruniy o'zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida. «Bu fanni «axtarvenik» – «yulduzshunoslik» deb ataganlar», deydi yana olim xorazmliklar haqida to'lqinlanib.
Jamiyat
113 10:41 | 30.08.2025 10:41


Xorazm...


Tarixi ming turli afsona-yu rivoyatlar bilan chulg'angan, Markaziy Osiyodagi ikki buyuk sahro – Qoraqum va Qizilqum o'rtasida yastanib yotgan qadimiy yurt.


Avestoning «Yasht» qismida «Ming irmoqli daryo», «Ko'llar va o'tloqlarga boy o'lka» sifatida madh etilgan; Zardushtiyda Xvairizem, eski forsiychada Uvarazmis, lotinchada Xorasmiya, yunonchada Xorazmiya, arabchada Xvorazm, yana bir joyda «Quyoshli yer», boshqa joyda «Quyoshli o'lka» deyilmish oqsoch budunning nuroniy mintaqasi.


Bexistun bitiklarida, Gerodot, Gekatey asarlarida qayta-qayta zikr etilgan, Zardushtiylar hosildorlik ma'budi Anahita deya ta'riflagan, miloddan avvalgi to'rtinchi asrning ikkinchi yarmidayoq mustaqil davlat sifatida yetti iqlim tan bergan dovrug'li saltanat; bir zamonlar Farg'onadan Gruziya hududlariga qadar, Qozog'iston cho'llaridan Hind okeani sohillarigacha egamenlik qilgan qudratli imperiya.


Dam gurkirab rivojlangan, dam og'ir inqirozlarni boshidan kechirgan bu zamin o'z boshidan nimalarni o'tkazmadi-yu nimalarni ko'rmadi, deysiz? Iskandardan Dorogacha, Pyotrdan Sho'rogacha dunyoga kelgan bosqinchi zoti borki, hammasi Xorazm zaminiga ko'z olaytirdi. Xorazm xalqi, uning mard va bahodir sarkardalari asrlar davomida g'animlarga qarshi mardona kurashdilar, birda yengdilar, birda yengildilar, birda egdilar, birda egildilar, ammo hech qachon singan emas.


Yog'iylarni zir titratgan, Сhingizxondek buyuk hukmdorni: «Jaloliddin Manguberdidek qahramon farzandi bor ota naqadar baxtlidir», deya tan olishga, havas va hasad qilishga majbur etgan haqiqiy xalq qahramoni edi Jaloliddin Manguberdi.


Сhingizxonning yuqoridagi so'zlarini oradan necha yuz bahorlaru necha yuz qishlar o'tgach, shu yilning iyun' oyida Xorazmda bo'lgan Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux yana bir bor tasdiqladi.


– Biz tarixdan bilamizki, Сhingizxon Xorazm sarkardasi Jaloliddin Manguberdining jangdagi jasoratini ko'rib, «Agar o'nta o'g'lim bo'lsa, bitta Jaloliddinga almashardim!» deya xorazmlik yigitni o'nta mo'g'ulga tenglashtirgan, – dedi Mo'g'uliston Prezidenti. – Bu tarixiy haqiqat. U dunyo tarixchilari tomonidan ham tasdiqlangan, ham tan olingan Men bu zaminni uch kun davomida ziyorat qilar ekanman, Xorazmning tarixiy obidalari, osori-otiqalari, madaniyati, san'ati, aholisining mehmondo'stligini ko'rib, bunga amin bo'ldim.


Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар,  таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар

Ha, 11 yil mo'g'ul bosqinchilariga qarshi kurashgan, 32 yillik umrida 300 dan ortiq janglarda ishtirok etib, dushmanlarga qaqshatqich zarbalar bergan pahlavon sarkarda, botirlarning Botiri, mardlarning Mardi, alplarning Alpi edi Sulton Jaloliddin Manguberdi.


Vatan mustaqilligi tufayli qahramonligi afsonalarga aylanib ketgan sarkardaning xotirasini abadiylashtirishga alohida e'tibor berildi. Davlatimizning yuksak mukofotlaridan biri – Jaloliddin Manguberdi ordeni ta'sis etildi. U haqda kinolar yaratildi, she'ru dostonlar yozildi. Urganch shahrining qoq belida ulkan majmua bunyod etildi. Majmua o'rtasiga sarkardaning bo'yi 25 metrni tashkil etgan salobatli haykali o'rnatildi. Haykal yoniga Jaloliddin Manguberdi bitiktoshining nusxasi qo'yildi. Eron hududidan keltirilgan, og'irligi 32 kilogramm, balandligi 30 santimetr bo'lgan bu toshda Qur'oni karim oyatlari, Jaloliddin Manguberdi shajarasi yozilgan.


Mazkur yodgorlik majmuasini bunyod etish g'oyasi 2018 yilda Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan edi. Muborak tashabbus xorazmliklar tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Qisqa davrda qariyb 8 gektarlik hudud butunlay yangidan bunyod etildi. Bu yerga 18 mingga yaqin manzarali daraxt ko'chatlari, gullar ekildi. Shaharning markaziy maydoni ostidan o'tadigan, to'rt qatorli, uzunligi 500 metr bo'lgan noyob avtomobil' tunneli ishga tushirildi.


2022 yilning 29 avgust kuni esa yodgorlik majmuasining tantanali ochilish marosimi bo'ldi.


– Сhaqmoqdek qisqa umri mobaynida o'zbek xalqiga xos bo'lgan Vatanga cheksiz muhabbat va sadoqat, yuksak harbiy salohiyatni namoyon etib yashagan Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansak, g'ururlansak, arziydi, – dedi mamlakatimiz rahbari haykalning ochilish marosimida. – Ishonaman, oradan yillar, asrlar o'tadi, Sulton Jaloliddin hamisha yurtimizni ko'z qorachig'idek asrabavaylash, unga farzandlik mehri, iymon-e'tiqod bilan xizmat qilishning o'chmas timsoli bo'lib qoladi.


Shunday bo'ldi!


Bir qo'lida uchqur tulpor jilovini mahkam tutib, ikkinchi qo'lida o'tkir qilichini baland ko'targancha Vatan himoyasiga otlangan Jaloliddin Manguberdi dahosi endilikda ming-minglab qalblarni azim daryo – Jayhun misoli ona Vatanga mehru muhabbat tuyg'ulari bilan to'ldirmoqda. Haykalning ochilish kunida Prezidentimiz yana bir xayrli ishga bosh bo'ldilar.


– Bugungi zamonaviy ilm-fanning, elektron kashfiyotlarning tub zamini al-Xorazmiy bobomizning mislsiz ilmiy merosi bilan bog'liq. Biz bu bilan nafaqat faxrlanamiz, balki unga munosib bo'lishimiz kerak. Shuning uchun Urganch shahrida buyuk olim nomi bilan ataladigan alohida shaharcha barpo etishga qaror qildik, – dedilar o'shanda.


Davlat rahbarining shu so'zlaridan keyin Urganch xalqaro aeroportiga yondosh 130 gektarlik maydonda al-Xorazmiy shaharchasiga poydevor qo'yildi. Qurilishga davlat xazinasidan 500 milliard so'm ajratildi.


Shaharchada 104 ta ko'pqavatli uy, Al-Xorazmiy nomidagi yangi universitet, iste'dodli bolalar uchun ixtisoslashgan maktab, texnopark, ofislar, innovatsiya va madaniy markazlar, maktab va bog'chalar, sport majmualari bunyod etilmoqda.


Hozirga qadar bu yerda 72 ta uy qurib bitkazildi, yana 40 ta uyga bugun-erta baxtiyor odamlar ko'chib kiradi. Haykaltarosh Bahrom Norboev alloma bobomiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ulug'vor siymosini yaratdi. Hademay buyuk bobomizning muazzam siymosi shaharcha o'rtasida, terak bo'yi balandlikda, azamat chinor kabi falak bilan bo'ylashib turadi.


Samolyotdan tushib, shaharga qadam qo'ygan mehmonlar dastlab al-Xorazmiy dahosiga hurmat bajo keltiradilar, keyin esa jahon ilmu fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo'shgan Xorazm allomalari huzuriga yo'l oladilar. Xorazm esa daholar o'lkasidir.


Xristofor Kolumbdan besh yuz yil oldin Atlantika ummoni ortida quruqlik, noma'lum qit'a, ya'ni Amerika borligini aytib, yerning aylana shaklidagi xaritasini yaratgan Abu Rayhon Beruniy, arab tilining mukammal qonun-qoidalarini ishlab chiqqan, butun musulmon olamida Jorulloh – Ollohning qo'shnisi, degan nomga sazovor bo'lgan, so'zlarni alifbo bo'yicha joylashtirish usulini kashf etib, O'rta asrlarning buyuk leksikografi sifatida tan olingan va asarlari arab mamlakatlarida hozir ham qo'llanma sifatida xizmat qilib kelayotgan Mahmud Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Burhoniddin Rabg'uziy, Haydar Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Roqim, Nasimiy, Andalib, Ogahiy va...


Bebaho ilm maskani – Ma'mun akademiyasining o'zi bir dunyo...


Bu akademiya X–XI asrlarda Afinadagi «Platon», Bog'doddagi «Bayt ul-hikmat» akademiyalari kabi jahonga mashhur ilmiy dargoh edi. Bu yerda mavjud barcha diniy va dunyoviy fanlar bo'yicha tadqiqot va izlanishlar olib borilgani, ming-minglab bebaho manbalar xazina yanglig' ochilgani ham jahonga ayon. Bu yerda hind, yunon, arab olimlarining ishlari o'rganilgan, «Batlimusi soniy» – «Ikkinchi Ptolemey» degan faxriy nom olgan Abu Nasr ibn Iroq, mantiq, falsafadan tashqari tabobatda ham juda mashhur bo'lgani bois «Buqroti soniy» – «Ikkinchi Gippokrat» sharafiga munosib ko'rilgan Abulxayr ibn Hammor kabi allomalar Akademiya rahbari Abu Rayhon Beruniy bilan yonma-yon mehnat qilganlar.


«Qadimgi xorazmliklar astronomiya ilmini arablardan yaxshiroq bilganlar», deb yozadi Beruniy o'zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida. «Bu fanni «axtarvenik» – «yulduzshunoslik» deb ataganlar», deydi yana olim xorazmliklar haqida to'lqinlanib.


Mazkur ma'lumotlar arxeologik tadqiqotlar natijalarida tasdiqlangan. Сhunonchi, Tuproqqal'a saroyini qazish paytida melodiy III – Iv asrlarga oid, loydan yasalgan astronomik asboblar topilgan. Bu esa o'sha davrlarda Xorazmda muhim astronomik kuzatuvlar olib borilganidan dalolat beradi. Hatto, Qo'yqirilgan qal'ada rasadxona bo'lgan, degan taxminlar ham mavjud. Ma'mun akademiyasida yaratilgan ilmiy g'oyalar, matematika, astronomiya, trigonometriyaga oid tadqiqotlar jahonda ilm-fan taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatibgina qolmay, balki Yangi Dunyoni ochishda ham ulkan rol' o'ynadi, Yevropa taraqqiyotiga juda katta yordam berdi hamda jahon fani va madaniyatining yuksalishiga ulkan ta'sir ko'rsatdi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to'g'risida»gi farmonidan so'ng Akademiya qadimgi mavqeini yana tiklay boshladi. Ilm dargohi taniqli olimlar, fan arboblari, jahonning mashhur akademiyalari bilan mustahkam aloqa o'rnatdi. Alqissa, Akademiya – xalqaro ilmiy anjumanlar o'tkaziladigan maskanga aylandi.


Mo''tabar manzilni yanada ko'rkam va obod qilish yo'lidagi ishlar esa davom etmoqda. Hademay Akademiya binosi oldidagi 2 gektarlik bog' «Buyuk allomalar» nomli ochiq osmon ostidagi «smart» muzeyiga aylantiriladi. Xorazm yurtida kamol topgan buyuk allomalarning ibratli hayot yo'li, boy ijodiy merosi bir necha xorijiy tillarda interaktiv usulda sayyohlarga taqdim etiladi.


Viloyatda yosh avlodni ulug' bobokalonlar ruhida tarbiyalash, ularning o'qish-o'rganishlari uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratishga bo'lgan e'tibor ham tobora kuchayib bormoqda.


2 mingdan ziyod maktabgacha ta'lim tashkilotlari, 555 ta umumta'lim maktablari faoliyat yurityapti bugun Xorazmda. Ta'lim qamrovi 82,9 foizga yetdi. 2018 yilda bu ko'rsatkich 27 foiz edi. Bundan tashqari, 25 ta kasb-hunar maktablari, 13 ta texnikum, 7 ta kollej, 4 ta akademik litsey yoshlar ixtiyorida. 8 ta oliygohda tahsil olayotgan talabalar soni esa 54 mingga yaqin. 2016 yilda oliy ta'lim muassasalarining soni 3 ta bo'lib, ularda 8,5 ming nafar talabaga o'qish imkoni bor edi, xolos.


Vaqti kelib, bu yoshlar orasidan Beruniylar, Xorazmiylar, Zamaxshariylar va Oshiq Oydin, Feruz, Bola Baxshi, Ojiza kabi olimlaru fozillar, sozanda-yu xonandalar yetishib chiqsa, ne ajab!



Lazgi dansı, Harezm folklorunun ruhudur | Uzbekistan Travel


Xorazmni – Xorazm san'atisiz tasavvur qilish qiyin.


Xorazm maqomi, raqslari, baxshilari, xalfalarini eslaganingiz hamono dilingizda o'zgacha shukuh uyg'onadi. Xorazm Shashmaqomining bizgacha yetib kelgan shakli – olti maqom (Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq) tizimi esa dunyoda yo'q. Maqom san'ati azaldan ko'z qorachig'idek asralgan Xorazmda. Hukmdorlar maxsus qarorlar qabul qilgan, farmonlar chiqargan. 1882 yilda qabul qilingan hujjatlarning birida shunday so'zlar bor: «Bizkim Xorazm mamlakatining Oliy xoqoni Muhammad Rahimxon Soniy quyidagi Farmoni Oliyga imzo chekdik. Xorazm maqomlari xalqning daxlsiz mulki, deb e'lon qilinsin. Ushbu Farmoni Oliyga shak keltirgan va maqomlarni kamsitgan, yoyinki u(lar)ni buzub ijro etgan kimsalar qattiq jazolansin».


Maqom kabi xorazmcha raqslarni asrash va ulug'lash ham vohada xalq mulkiga, ularni rivojlantirish esa barchaning e'tiqodiga aylangan. Tasavvur qiling, xotin-qizlarning bilaklariga qo'ng'iroqchalar taqib xirom etishlari, boshlaridagi taqyatuzi, ko'kraklariga osilgan shokilalar, peshonalariga bog'langan manglay tuzi, quloqlaridagi sirg'alar, bilaklaridagi bilakuzuklarning raqs usullariga mos ravishda sehrli obrazga aylanib ketishlari qaysi mamlakatda, qaysi xalqda bor? Boshiga chugurma, ustiga to'q rangli kamzul kiygan yigitlarning barmoqlarini qarsillatib, g'oz turib o'ynashlari, gavda va qo'llarining ohangga mos titrashi, yelka qoqib, cho'kka sakrab, qayroqlarda usul berishlari-chi?


Bormi yer yuzining biron joyida? Bunday sehrli raqslar dunyo-dunyo quvonch, hayajon bag'ishlaydi har qanday yuraklarga.


«Сhag'alloq», «Norim-norim», «Orazibon», «Lazgi»... Bularning har biri betakror mo''jiza! Bola baxshi, Oshiq Oydin, Jumanazar baxshi, Qalandar baxshilar «Oshiq G'arib va Shohsanam», «Avazxon», «Sayyodxon va Hamro», «Qorako'z Oyim», «Gulruh pari» kabi xalq dostonlarini kuylaganda; Xonimjon xalfa, Onajon xalfa, Bibijon xalfa, Sharifa xalfalarning jarangdor ovozini eshitganda; Hojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov, Kommuna Ismoilova, Ortiq Otajonov, Olmaxon Hayitovalarning qo'shiqlarini tinglaganda sel bo'lmaslikning bormi iloji?


San'atga e'tibor yildan-yilga kuchayib borayotgani yanayam quvonchli. Viloyatda musiqa maktablari, teatrlar ochildi, ustoz – shogird an'anasi yo'lga qo'yildi. «Lazgi» xalqaro raqs festivali, «Xalqaro baxshichilik san'ati» festivali kabi xalqaro anjumanlar o'tkazildi. «Lazgi» ohanglari qadim Xivaning afsonaviy minoralari uzra akssado berganida, jahonning turli burchaklaridan kelgan sayyohlar qanchalar hayajonga tushganini so'z bilan ifodalash qiyin. Zero, Xiva o'zining necha ming yillik tarixida hech qachon ko'rmagan edi bunday go'zal bayramlarni.



Xivani jahondagi eng qadimiy shaharlardan biri, deyiladi. Bu rost. Ammo uning qachon paydo bo'lgani, necha yoshda ekani, garchand, 2500 yilligi nishonlangan esa-da, hali-hanuz aniq-tiniq ma'lum emas.


XvII asrda yashagan tarixchi Xudoyberdi bin Avaz Muhammadning yozishicha, shaharning asl nomi Raml bo'lib, qumloq degan ma'noni bildiradi. Keyinchalik bu nom Xeyvaq, undan keyin Xivaga aylanadi.


Shahar Xorazmdan Xurosonga boriladigan muhim savdo yo'lida joylashgani uchun O'rta Sharq, Markaziy Osiyo va Volga bo'yidagi ko'pgina shaharlarning o'zaro bog'lanishida muhim rol' o'ynagan. G'arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq, Samarqand, Hirot kabi davlat va shaharlarda zarb qilingan 147 ta tangadan iborat xazinaning topilgani bu zaminda azaldan savdo aloqalari rivojlangani va pul munosabatlari bo'lganidan darak beradi. Shu bois, «Xiva Xorazmda dehqonchilik, sanoat, to'quvchilik rivojlanishiga katta turtki bergan shahar hisoblanadi. XvIII asrning 70-yillarida Xivaga kelgan F.Efrimov yozadiki, «Xivada juda ko'p miqdorda paxta ipi yigiriladi, undan kalava hosil qilinadi, kalavadan esa chodir, doka, qalin mato to'qiladi, Rossiyada bulardan xom surp, gulli chit, ola-bula gazmollar, to'r, burmet, bo'z va boshqa turli matolar olinadi va boshqa davlatlarga yuboriladi».


Hamisha bosqinchilarning ko'zini o'ynatgan Xiva asrlar davomida yuzlab talato'plarni boshidan o'tkazdi. Kurashlarda toblangan shahar o'sib-yuksalib «Ming gumbaz shahri» nomini oldi. Betakror va nodir qiyofasi bilan Markaziy Osiyoda tengsiz shaharga aylandi.


Bu yerdagi Tosh darvoza, Ota darvoza, Sayid Alovuddin maqbarasi, Pahlavon Mahmud me'moriy majmuasi, Arab Muhammadxon madrasasi, Ko'hna Ark qal'asi, Tosh hovli, Karvonsaroy, Nurillaboy saroyi, Kaltaminor, Islom Xoja madrasasi kabi obidalar hanuz dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda. Xorazm hududidagi 260 dan ziyod madaniy meros ob'ektlarining gavhari ham Xivadir. Uning ochiq osmon ostidagi muzey deb nom olgan «Ichanqal'a» majmuasi umumbashariyat xazinasi sifatida YuNESKO ro'yxatiga kiritilgan. Xiva 2020 yilda Turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e'lon qilindi, 2024 yilda esa Islom dunyosining turizm poytaxti bo'ldi. Bozorlari Xorazm qovunlari, Amudaryodan yangi tutib keltirib qovurilgan baliqlari bilan nom qozongan Xiva so'nggi o'n yilda yigitlardek yoshardi. Yasharishining sababi – qadim qo'rg'on ichida va unga yondosh hududda yana bir zamonaviy qo'rg'on – «Arda Xiva» shahri qad rostladi. Bir tomoni 150 gektarli G'ovukko'lga tutashib ketgan «Arda Xiva»da qisqa fursatda 17 ta mehmonxona, 9 ta restoran, 3 ming o'rinli amfiteatr, 5 ta kino va kontsert zali, ko'rgazmalar pavil'oni, 70 ta do'kon, 300 ta savdo rastasi, 11 ta hunarmandlar uyi ishga tushirilib, 2 mingta ish o'rni yaratildi. Yana bir xushxabar – Xiva tumanidagi 2 ming 400 gektar yer Xiva shahriga o'tkazilib, bu yerda «Sahro yulduzi» turistik majmuasi bunyod etilmoqda. Hademay Ichan qal'a Xorazmning tarixiy, «Arda Xiva» esa zamonaviy tashrif qog'oziga aylanadi.


So'nggi yillarda Xivaga po'lat izlar yotqizilib, zamonaviy vokzal qurilib, «Buxoro – Urganch – Xiva» temir yo'lining to'liq elektrlashtirilgani ham unutilmas voqeadir.


Yaqin kelajakda esa shaharga «Jaloliddin Manguberdi» nomli «Toshkent – Xiva» tezyurar poezdi keladi.


Shuni iftixor bilan ta'kidlash kerakki, faqat Xiva emas, viloyatning barcha shahru qishloqlarida ulkan o'zgarishlar yuz beryapti. O'zimiz tugul xorijlik sayyohlarni ham hayratlantirmoqda bu yangiliklar. Shunday katta imkoniyatlari bo'la turib, nega shu paytgacha ulardan foydalanilmadi, degan savollarning bot-bot quloqqa chalinayotgani ham bor gap. Lekin hozir masala kimnidir qoralab, kimnidir maqtashda emas. Gap shundaki, xazina hech qachon g'oyibdan kelmaydi. Tirishqoqning teshasi, toshga chega qoqadi, agar u tirishsa, agar kimdir uni mehnat qilishga ilhomlantirsa, ertasiga, indiniga – kelajagiga ishontirsa, inontirsa. Yaratganning O'zi xalqimizga Shavkat Mirziyoev timsolida xuddi shunday mo''tabar insonni berdi. Keyingi sakkiz yil ichida ahli olam ko'rdi, ko'rmoqda bu zotning nimalarga qodir ekanini. Shavkat Mirziyoev nafaqat Vatanimizda, balki Markaziy Osiyoda, butun Osiyo va Yevropa mamlakatlarida tinchliksevar tashabbuslari, insonparvar g'oyalari bilan hurmat-e'tibor qozonmoqda. Xalqlarning duolariga, mamlakatlarning yuksak orden va mukofotlariga sazovor bo'lmoqda.


– Prezidentimiz Xorazmni uyg'otdi, Xorazmga yangi O'zbekistonni olib kirdi, – deydi xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashi deputati, «Do'stlik» ordeni sohibi Rayimboy Sherjonov. – Har gal kelganlarida zaminimizni obod, dasturxonimizni to'kin qilish, yirik qurilishlarni amalga oshirish uchun qator-qator tashabbuslar va katta-katta mablag'lar olib keladilar. Vijdon bilan aytsam, oxirgi 8-9 yil davomida Xorazm zaminida gulga kirgan bog'larning hammasi Prezidentimiz tashriflarining mevalaridir.


Haq gap.


«Arda Xiva» deysizmi, Xivaga poezdning kelishi deysizmi, Manguberdi yoki al-Xorazmiy majmualari deysizmi, Sahro yulduzi yoki ochiq osmon ostida «Buyuk allomalar» «smart» muzeyi deysizmi, Xorazm shakar zavodi yoki «Damas»larni qatorlashtirib ishlab chiqarayotgan avtomobil' zavodi, Urganch xalqaro aeroportining tamomila yangidan qurilishi yoki ko'chalarni to'ldirib yurgan «EVRO-5 talablariga munosib avtobuslaru «Buxoro – Urganch – Xiva» temir yo'lining elektrlashtirilishi deysizmi, hamma-hammasi, hatto, vohaga 1 million tup gujum ekishu jiydani ko'paytirishni bosh me'mori ham Prezidentning shaxsan o'zlaridir. Shu joyda Prezident tashabbuslarining bittasi – «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poezdi yo'lga chiqqach, xalqimizga qanchalar naf kelajagini ozgina izohlaylik. Uchqur ot yo'lga chiqishi bilan Toshkentdan Urganchga kelish vaqti ikki barobar – hozirgi 14 soatdan 7 soatu 40 minutga qisqaradi. Poezd yiliga 3 milliondan ortiq yo'lovchiga xizmat ko'rsatadi. Tasavvur qiling, bir mahallar Xivadan Toshkentga borish uchun 15-20 soatlab yo'l yuradiganlar endi 7 soatu 40 minutda manzilga yetadilar! Yangi O'zbekiston nima ekanini anglamayotganlar uchun bu ham oydin bir ko'zgu, shunday emasmi?!



* * *


Mamlakat rahbarining bugun kechagidan, ertaga bugungidan shiddatliroq intilishga, izlanishga, mehnat qilishga da'vati hamda barcha jabhada shaxsiy ibrat-namuna ko'rsatishlari jonajon O'zbekistonimizning kundan-kun chiroy ochishiga sabab bo'layotgani, keksa-yu yoshning vujudiga daryo-daryo ilhom bag'ishlayotgani ayon haqiqat.


Yo'lboshching dono bo'lsa, uzog'ing yaqin, manziling obod, rejalaring butun bo'ladi. Xorazmliklarning 2025-2030 yillarga mo'ljallangan rejalari ham aniq va ishonchli. Viloyatning jamiki ovul-tumanlari 4-5 yildan so'ng qanday ko'rinish kasb etishi mohir mo'yqalam sohibining noyob asaridek aniq tasvirlangan rejalarda. Birgina maqolada ularga batafsil to'xtalishning iloji yo'q, albatta. Shul bois ayrimlariga e'tibor qaratamiz.


Joriy yil noyabr' oyida hududda yangi quyosh elektr stantsiyasi ishga tushadi. 177 gektar maydonda joylashgan mazkur stantsiya ishga tushgach, yiliga 240 gigavatt-soatdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaradi. Natijada, yiliga 230 ming tonnadan ortiq karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish va 60 mingga yaqin uylarni toza energiya bilan ta'minlash imkoni paydo bo'ladi.


Qo'shko'pirda 175 gektar yer sanoat zonasiga qo'shilib, 1 milliard dollarlik loyihalarga yo'l ochiladi. U yerda elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik va farmatsevtika yo'nalishida 2 mingta ish o'rni yaratiladi.


Shovot kanalining himoya zonasi 50 metrdan 25 metrga qisqartirilib, 30 million dollarlik loyihalar amalga oshirilib, 1 trillion so'mlik xizmatlar ko'rsatiladi va 2,5 mingta yangi ish o'rni paydo bo'ladi. G'azovot va Polvon kanallari atrofida ham 50 million dollarlik loyihalar ustida ish olib borilmoqda.


Qo'shko'pirda parrandachilik, Bog'otda baliqchilik, Yangiariqda poliz, sholi va baliq yetishtirish bir necha barobar ko'payadi.


Eronning baliqchilikka ixtisoslashgan «Beyza Feed Mill» (BFM Group) kompaniyasi qiymati 25 million dollarga teng baliqchilik klasterini barpo etadi.


Xitoy «uy sanoati» tajribasi asosida Bog'ot, Yangiariq, Yangibozor, Qo'shko'pir, Urganch tumanlarida jun va pillani qayta ishlash, Hazorasp, Xiva, Tuproqqal'a va Xonqada gilam to'qish hozirgidan-da ommalashadi. Ipakchilik va gilamchilik kooperatsiyalari soni kengayib, xonadonlarda eng zamonaviy ixcham uskunalar o'rnatiladi. Bunga 100 million so'mgacha garovsiz kredit berilayotgani yanada ahamiyatlidir.


Shuningdek, viloyatda qiymati 10 milliard dollarlik yirik gazkimyo majmuasini barpo qilish bo'yicha ilg'or xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bu loyiha ham albatta, amalga oshadi va yiliga 2,5 million tonna yuqori qo'shilgan qiymatli polimerlar ishlab chiqarilib, 3 mingta yangi ish o'rni yaratiladi.


Ayonki, Xorazmning asosiy drayveridan biri turizmdir. Turizmni rivojlantirish bo'yicha 3 yillik dastur tuzilgan. Dasturga asosan, sayyohlarga bir yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirish uchun «O'zbekiston – mening ikkinchi uyim» viza tizimi joriy qilinadi. Urganch shahrida «Lazgi» va «Avesto» muzeyi tashkil qilinadi. Mehmonxona va dam olish maskanlari qurish, mavjud o'rinlarni ko'paytirish uchun imtiyozli kreditlar beriladi. Bu orqali Xorazmga xorijiy turistlar oqimi 1 millionga, mahalliy sayyohlar soni 4 millionga yetkazilib, 20 ming ish o'rni yaratish imkoniyati paydo bo'ladi.


Sayyohlar va aholiga qulayliklar yaratish uchun «Urganch – Xiva» trolleybus qatnovining oraliq vaqti qisqartiriladi, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi yo'lga qo'yiladi.


Xitoy va boshqa davlatlardan sho'r tuproqqa chidamli paxta navlarini olib kelib yetishtirish va ekin urug'larini sertifikatlash uchun Urganch shahrida maxsus laboratoriya, har bir tumanda esa 40 tadan kichik sovutkichli ombor tashkil qilinadi. Sholichilikda esa Filippindan olib kelingan sho'rga chidamli navlarni Xorazm sharoitiga moslash, Janubiy Koreya bilan hamkorlikda sholi urug'chiligi korxonasini tashkil etish vazifalari amalga oshiriladi.


Xiva shahrida “Qovun sayli” festivali bo'lib o'tmoqda

Xorazm bu zaminda unib-o'sguvchi, betakror ta'mi, o'zgacha hid va ko'rinishi bilan dunyoda dong taratgan qovunlari bilan ham mashhur. Hay-hay, Xudoyimning bu ne'matlari-ya. Ularni qanday ta'riflashni bilmaysan kishi. «Gulobi» o'zining nafis ifori bilan insonni mast qilsa, «Qizil qovun» quyoshning parchasi kabi tovlanadi. «Qilichboy beshak», «Qariqiz», «Tuya qovun», «To'yona», «Bo'rikalla» antiqa rang va shakli bilan ajralib turadi, «Ola zamcha», «Xorazm oq novvoti»ning har bo'lagi asal – asaldan-da totli.


Ayniqsa, «Gurvak». Xorazm qovunchiligining ramzi hisoblanmish gurvakning yer yuzida o'xshashi ham, muqobili ham yo'q. Uni bir marta to'yib iste'mol qilsangiz, tarkibidagi moddalar tanangizda bir yil, ta'mi esa tilingizda yillar davomida saqlanib qoladi. Gurvak yoz oyining o'rtalarida yetilib pishadi va sanoqli kunlargina iste'molda bo'ladi. Uni bir-ikki oydan ortiq saqlab bo'lmaydi. Shunisi chatoq-da, to'g'rimi?..


Bugungi kunda vohada qovunlarning yuzdan ortiq turi bor, deyishadi. Tarixiy manbalarda esa ularning turi bundan bir necha karra ko'p bo'lgani aytiladi. Xususan, mashhur arab sayyohi ibn Battuta va venger olimi Xerman Vamberi vohada qovunning 400 dan ziyod navlari yetishtirilgani haqida ma'lumot berishgan. Boshqa qo'lyozmalarda bu zaminda yetishtirilgan qovunlar muz bilan o'ralgan qo'rg'oshin qoliplarda savdo karvonlari orqali dunyoning turli davlatlariga eksport qilingani aytiladi. Bu an'ana hozir ham davom etmoqda.


Prezidentimiz tashabbusi bilan Xorazm qovunchilik maktabini qayta tiklash, voha tuprog'i va iqlim sharoitiga mos, eksportbop navlarini ko'paytirish maqsadida Urganch davlat universiteti qoshida qovunchilik markazi tashkil etildi, polizchilik yo'nalishida mutaxassislar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Keyingi yillarda vohada qovunni issiqxona, hamda ochiq dalalarda yetishtirish bo'yicha ilmiy klasterlar tashkil qilinmoqda.


Har yilning avgust oyida Xivada xalqaro «Qovun sayli» festivalini o'tkazish esa an'anaga aylandi. Uch kun davom etgan sayl bu yil «Arda Xiva» majmuasida o'tkazildi. Сhiroyli qilib terilgan, balandligi qadim me'moriy obidalar bilan bellashadigan qovunlarni yetishtirgan dehqonlar mehnatlariga yarasha daromad olishmoqda. Tezpishar qovunlarning gektaridan 250 tsentnergacha hosil olgan dehqon 100 million so'mlab daromad topmoqda. Boshqa bironta ekindan bunchalar mo'l daromad topish qiyin. O'tgan yili bog'otlik Murod Yavmutov ilk marta Buyuk Britaniyaga qovun eksport qildi. Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarga qovun murabbosi, qovun urug'i eksport qilayotganlar soni tobora ko'payib borayotgani ham lof emas, fakt. Ular bir yilda xorijga salkam 1 million dollarlik qovun urug'i sotishdi. Bunday yutuqlar o'z-o'zidan kelmasligi ayon. Xususan, Xorazm sharoitida. Vohada sug'oradigan suv ham, ichimlik suvi ham birday muammo. Gap shundaki, Amudaryo suvi Xorazm dalalariga o'zi bilan faqat loyqani emas, balki deyarli bir million gektar ekinzorning tuzini, zovur suvlarini ham oqizib keladi. Bularning bari har yili sug'orish tizimini loyqadan tozalash hamda shudgorning sho'rini yuvish uchun katta miqdorda qo'shimcha mehnat, kuch va mablag' sarflash zaruratini keltirib chiqaradi.


Shunday murakkab sharoitda hayratli natijalarga erishayotgan Xorazm dehqonlari sha'niga har qancha maqtovlar, olqishlar aytsangiz ham kamlik qiladi.



* * *


Ro'zg'ori kattaning tashvishi ham katta bo'ladi. Ikki yarim millionli yirik oila bo'lmish Xorazmda ham o'ziga yarasha kam-ko'stlar, hal qilish lozim bo'lgan muammolar oz emas.


Masalan, shunday yirik ro'zg'orda chiqindilarni tashish tizimi zamon talabiga javob bermaydi. Yo'llar, transport masalalarida ham kamchiliklar yetarli. Elektr va gaz ta'minotidagi muammolar, chorva mollari o'rtasida tarqalgan kasallik tufayli ko'plab mollarning nobud bo'layotgani, yerlarning sho'rlanishi kuchayib, artizan suvlari iste'molga yaramay qolayotgani ham oddiy muammo emas. Viloyatning turistik salohiyatidan yetarli darajada foydalanish yo'lidagi muammolarni hal qilish esa alohida masaladir.


– Yana ikkita muhim gap bor, – deydi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist Jabbor Razzoq. – Birinchisi, Xiva bilan Buxoro o'rtasida 300 kilometrdan ziyod cho'l bor. Ko'pgina sayyohlar shu yo'ldan keladi Xorazmga. Ammo biron yerda birpas to'xtab, hordiq oladigan manzil yo'q. Ikki qadimiy shahar o'rtasida xuddi Misrning Qohira va Aleksandriya shaharlari oralig'idagidek shinamgina shaharcha qurilsa yaxshi bo'lardi. Ikkinchisi, Xivada ham, sayyohlar tashrif buyuradigan bosh manzillarda ham hojatxona muammosi haligacha hal qilingan emas...


Tog' tumansiz bo'lmaydi. Katta yo'lga chiqqan karvon safar mashaqqatlaridan qo'rqmaydi. Сhangda ham, yomg'irda ham, qorda ham oldinga intiladi. Xorazm karvoni katta yo'lda. U mardonavor mehnati bilan qiyinchiliklarni yengib, Yangi O'zbekiston xaritasida o'zining iqtisodiy o'sish va rivojlanishdagi muvaffaqiyatlari bilan muhim o'rin egallab bormoqda. Iqtisodiyotning asosiy sektorlari hisoblangan qishloq xo'jaligi, sanoat, turizm va infratuzilma yaratishga qaratilgan sa'y-harakatlar, davlat dasturlari va investitsiyalar musaffo buloqlar singari taraqqiyot bog'lariga jo'shqin va toza obihayot olib kirmoqda.


O'tayotgan yilimizning birinchi yarmiga doir raqamlar fikrimizni yana bir karra tasdiqlaydi. Raqam bu – tarix. Olti oyda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 108,4 foizga, qurilish ishlari 109,9 foizga, jami xizmatlar 114,7 foizga bajarildi. Mazkur sohalar va qishloq xo'jaligi tarmoqlarida qiymati 1,6 trillion so'm bo'lgan 192 ta loyiha ishga tushirildi, 3905 ta yangi ish o'rni yaratildi.


3905 ta ish joyi, bu – 3905 odam, 3905 oila, 3905 ro'zg'or xotirjam bo'ldi, o'ziga, bolalarining kelajagiga, ertangi kunining obodligiga ishonch uyg'ondi, degani.


Eslang, ko'z oldingizga keltiring, naqadar murakkab edi bundan 9-10 yil muqaddam bitta, atigi bittagina ish o'rni yaratish. Ish joyi yo'qligi uchun kim-kimlarning eshigida mardikorlik qilishga, ko'chasini supurishga majbur edi minglab vatandoshlarimiz. Yangi korxonalarning ishga tushirilishi, tadbirkorlikka keng yo'l ochilishi natijasida, albatta, viloyatda ishsizlik darajasi 5,4 foizdan 4,7 foizga, kambag'allik darajasi esa 11,9 foizdan 9 foizga pasaydi. Bundan-da pasayadi hali – ishsizlar bo'lmaydi, Xudo xohlasa, Xorazm vohasida.


Xorazm ahli ona Vatanimiz mustaqilligining 34 yillik to'yini ana shunday to'yonalar, shirin tashvishlar, go'zal g'alabalar, yorug' rejalar og'ushida qarshi olmoqda.



Bu olamda neki bor, mavjuddir o'z tarixi.


«Avesto»dan shonlidir Xorazmning ta'rifi,


Bir paytlar «Xorasmiya», birda «Quyosh o'lkasi».


Eh-he, nelar ko'rmadi «Ming qal'a»li yelkasi,


Bir ajdodi Massaget, Siyovushdir alplari,


Сhingizni zir titratgan Manguberdi zalplari.


Har guli, har chechagi goh qizil, goh siyohdir,


Ayozqal'a, Uyqal'a hammasiga guvohdir.


Xorazmiy, Beruniydan, Pahlavon Mahmud qadar,


Kubroga ona vatan, Ogahiylarga padar.


Bosqin, sug'ish, urho-ur, to'fonlar girdobida,


Xiva bo'lib toblandi har qal'a, har obida.


Zamona aylab ta'zim Ma'munlar dahosiga,


Nurafshon onlar keldi Xorazm vohasiga.


Navo kirdi, kirdi nur shahar, ovul, ko'lgacha,


Shamollar esdi hur-hur, Jayhundan to Nilgacha.


Bugun oy, yulduzlarni maftun etib orazi,


Bulutlardan balandlab borayotir Xorazm.


Vayron bo'lgan qo'rg'onlar aylanmoqda qasrga,


Xalq shiddati sig'magay na nazm, na nasrga.


Har nafasda yangilik, har qadamda bayram, to'y,


Bulutlarni tebratar «Maqom», «Lazgi», qo'shiq, kuy.


Elning yo'li bittadir, birdir orzu armonlar,


Armonlarga qanotdir shohona hur farmonlar.


Jayxun shiddati ko'chgan, yigit-qizlar qalbiga,


Bargday titrar yeru ko'k g'alabalar zarbidan.


Nuroniylar duoda:


– Yurtga iqbol yor bo'lsin!


Xalqimizning baxtiga Yoshullimiz bor bo'lsin.



Abdusaid KO'СhIMOV,


O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi,


O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4882 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat