Valyuta UZS
  • USD

    12 123.3851.35

  • EUR

    14 094.6477.81

  • RUB

    149.191.18

+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+20c

  • Hozir

    +20 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +17 C

  • 21:00

    +16 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-October

+20C

  • Hozir

    +20 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +17 C

  • 21:00

    +16 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +11 C

  • Juma, 10

    +20 +20

  • Shanba, 11

    +23 +20

  • Yakshanba, 12

    +21 +20

  • Dushanba, 13

    +21 +20

  • Seshanba, 14

    +23 +20

  • Chorshanba, 15

    +24 +20

  • Payshanba, 16

    +21 +20

  • Juma, 17

    +20 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Forishda 37 nafar bola zaharlandi: Toshkentdagi hodisa mas'ullarga saboq bo'lmadimi?

Jizzax viloyati Forish tumanidagi 1, 3, 5 va 7-sonli davlat bog'chalarida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi. Bolalarda isitma, ko'ngil aynishi, qorin og'rig'i, ich ketishi va holsizlik belgilari kuzatilgan.
53 12:31 | 10.10.2025 12:31

Ma'lumotlarga ko'ra, zaharlanishdan bir kun oldin, ya'ni 8 oktyabr' kuni bolalar biokefir, sariyog' va sir mahsulotlarini iste'mol qilishgan. Epidemiologik tekshiruv natijasida aniqlanishicha, bog'chalarda oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash va ishlov berishda sanitariya qoidalari buzilgan.

Jizzax viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xulosasiga ko'ra, bu holat bolalarning oshqozon-ichak tizimida og'ir buzilishlarga sabab bo'lishi mumkin.

Hozirda Forish tuman prokuraturasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (xizmat vazifasini suiiste'mol qilish) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Savollar esa ochiq qolmoqda:

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bu holat yuzasidan qanday choralar ko'ryapti?

Nega oziq-ovqat mahsulotlari sifat nazorati doimiy ravishda ta'minlanmayapti?

Toshkent viloyatidagi zaharlanish voqeasidan keyin nima uchun tizimdagi kamchiliklar bartaraf etilmadi?

Bola hayoti bilan bog'liq tashkilotlarda javobgarlik nega hali ham sust?

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, shuningdek SES rahbariyatidan ushbu vaziyat bo'yicha rasmiy bayonot berishini kutamiz.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Toshkent viloyatida ham bolalarning ommaviy zaharlanish holati qayd etilgan edi. Ammo bu voqea mas'ullar uchun saboq bo'lmaganga o'xshaydi...


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid