+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Insultda har daqiqa muhim: olimlar yangi burun spreyini ishlab chiqishmoqda

Xitoylik olimlar insult vaqtida miya hujayralarini himoya qilishga qaratilgan NanoPowder nomli innovatsion burun spreyini taqdim etdi.
1487 11:56 | 05.06.2026 11:56

Nanozarrachalar asosida yaratilgan preparat dorini burun orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri miyaga etkazish imkonini beradi. Bu esa dori vositalari uchun tabiiy to‘siq hisoblangan gematoentsefalik barerni chetlab o‘tishga yordam beradi.


Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, sprey insultdan keyin shifoxonaga etib borgunga qadar bo‘lgan vaqtda miya to‘qimalarini himoya qilish va nevrologik funktsiyalarni saqlab qolishga ko‘maklashishi mumkin.


Hozircha preparat hayvonlarda sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, odamlardagi klinik tadqiqotlarni 2030 yil atrofida boshlash rejalashtirilmoqda. Agar sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, kelajakda u insultga qarshi shoshilinch yordam vositalaridan biriga aylanishi mumkin.


Mutaxassislar bu ishlanmani insultni davolash usullarining o‘rnini bosuvchi emas, balki bemorga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilguncha vaqt yutishga xizmat qiluvchi vosita sifatida baholamoqda.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid