Yomon hissiyotlar kasallik chaqiradi
– Aslida har birimizda kasalliklardan shifo topishning eng oson va arzon usuli bor. Bu – kulgu! – Norman Kazins
Olimlar tomonidan ajoyib tadqiqot o'tkazildi. Tajribada qatnashayotgan odamdan qon namunasi olindi va ekranda ko'rsatildi. Qon tarkibining tasviri juda qiziqarli edi. Unda sekin harakatlanayotgan bakteriyalar, shuningdek qon tozaligini ta'minlashga javobgar tanachalar ya'ni makrofaktlar ko'rinib turardi. Makrofaktlar qon tomirlarining sanitarlari hisoblanadi. Ularning vazifasi qonni yot moddalardan tozalash. Muhim vazifani bajarishsa-da ular tasvirda qandaydir mudroq, sust va sekin harakat qilayotganday ko'rinardi. Bakteriyalar esa aksincha, to'xtovsiz harakatlanar, xuddi sayrga chiqqandek har tomonlama kezib yurardi. Shu payt tajribada qatnashayotgan erkakka komediya janridagi fil'mni tomosha qilishni taklif qilishdi. Fil'mni tomosha qilib uning kayfiyati ko'tariladi, albatta. Keyin nima bo'lgani olimlarni hayratda qoldiradi. Makrofaktlar ya'ni qon sanitarlari birdan uyg'onib, o'z vazifasini bajarishga kirishib ketadi. Tasvirda ularni bakteriyalarga yaqinlashib, hammasini paqqos tushirishini ko'rish mumkin. Balki makrofaktlarning ovqatlanadigan vaqti bo'lgandir deb o'ylarsiz. Yo'q. Aslida ong va tana shunchalik bir-biri bilan uyg'unlikda faoliyat yuritadiki, inson kayfiyati har jihatdan immun tizimiga o'z ta'sirini o'tkaza oladi.
Tadqiqot natijasi immun tizimi hujayralari kayfiyatimiz va ichimizdagi hissiyotlarimizga o'ta sezgirligini aniqladi. Ammo bu hali hammasi emas. Tadqiqotda qatnashgan erkakdan qon namunasi olingach, alohida kolbaga joylashtirildi. Ya'ni u egasining tanasidan tashqarida saqlangan. Shundan so'ng erkak boshqa xonaga olib chiqiladi. Ammo qandaydir tarzda uning kayfiyati narigi xonadagi kolbada turgan qon namunasiga ta'sir ko'rsata boshlaydi. Bundan ko'rinadiki, inson organizmida shunday axborot kanallari bo'lib, ong to'lqinlari ular bo'ylab harakatlanib, manbadan olisda bo'lgan ob'ektga ham ta'sir ko'rsatish kuchiga ega.
Ammo tadqiqotning boshqa jihati ham bor. Tajribada qatnashgan erkakka qo'rqinchli fil'mdan lavhalar ko'rsatilgan. Shu zahotiyoq qon namunasida o'zgarishlar boshlangan. Ya'niki, bakteriyalar o'z-o'zidan uyg'onib, birdan ko'payib ketadi. Eng qizig'i, ular boshqaruvni qo'lga olib makrofaktlarga ya'ni sanitarlarga hujum qila boshlaydi. Bunday bo'lishini kutmagan makrofaktlar esa talvasa ichida turli tomonlarga yashirinishga kirishadi. Ulgurgani ulguradi, ulgurmagani bakteriyalarga yem bo'ladi. Bundan xulosa: bizning ongimiz holati, kayfiyatimiz o'zimizni qanday his qilishimiz qalb ekologiyamizni nazorat qilishida o'ta muhim omildir. Faqat biznigina emas, balki ong to'lqinlari atrofga tarqaladi va olisda bo'lgan inson hujayralariga ham ta'sir ko'rsatadi. Xususan, tanasida bizning qonimiz oqayotgan farzandlarimizga yoki yaqinlarimizga ham o'z ta'sirini o'tkazish xususiyatiga egadir. Organizmimizdagi har qanday o'zgarishlar, deylik, salomatligimiz, turli xastaliklarimiz qalbimizni kemirayotgan va yoki bizni azoblayotgan hissiyotlarimiz bilan chambarchas bog'liq ekanligi olimlar tomonidan shu kabi ko'plab tadqiqotlarda o'z isbotini topgan.
Mashhur amaliyotchi psixoterapevt Valeriy Sinelnikovning “Dardingni sev” nomli kitobida bu haqda juda ko'plab ilmiy qiziqarli faktlarni uchratish mumkin. Doktorning qayd etishicha, kasalliklar yuzaga kelishida qandaydir qonuniyatlar mavjud. Bu muayyan bir organ yoki organizm tizimi o'ziga xos fiziologik funktsiyalarni bajaribgina qolmay, o'zida emotsional yukni ko'tarib yurishi bilan bog'liq. Ya'ni tanamizning qaysidir qismi energetik ma'lumot darajasida bizning u yoki bu fikrlarimiz va his-tuyg'ularimizni aks ettiradi. Inson xatti-harakati, o'y-fikrlari va ro'yobga chiqaradigan maqsadlar bilan ba'zi kasalliklar o'rtasida bog'liqlik bor. Masalan, insul't, falajlik va parez kabi kasalliklarning sababi “shol qilib qo'yadigan” rashk va nafrat tuyg'ulari mahsulidir. Yoki quloq og'rig'i va eshitish qobiliyatining pasayishi atrofdagilarning gapini eshitish va qabul qilishni istamaslik natijasida ong ostida g'azab va nafrat to'planishining oqibati. Ko'z kasalliklari esa atrofingizda ko'rishni istamayotgan narsalaringizni ko'rayotganingiz va bu sizga yoqmayotgani sababli paydo bo'luvchi xastaliklardir. Yurakdagi og'riqlar, stenokardiya o'ziga, yaqinlariga va atrofini o'rab turgan olamga, hayotning kechishiga nisbatan qoniqmaslik tuyg'usi, muhabbatning kamligi tufayli yuzaga keladi. Davosiz degan tamg'ani olgan saraton kasalligi esa aslida bedavo emas. Bu kasallik inson tanasini ich-ichidan kemirayotgan eski yashirinib yotgan alam, g'azab, qahr, nafrat va qasos olish istagidir. Bu insonning ichki dunyosi va tashqi olam bilan yuzaga kelgan kuchli va chuqur ildiz otgan ziddiyati mevasidir. Bugungi kunda tobora avj olib borayotgan qon bosimi ya'ni gipertoniya xastaligi har qanday qo'rquv, ishonchsizlik, u yoki bu hodisani qabul qilishni istamaslik natijasida kelib chiqqan ichki zo'riqish va qarshilikni uzoq vaqt boshidan kechirgan insonlarning kasalligi sanaladi. Shuningdek, oshqozon qo'rquv, vahima va bezovtalik, jirkanish va jahl tuyg'ulari oqibatida zararlansa, jigar kasalliklari esa g'azab va qahrni aks ettiradi. O't pufagida yig'ilgan toshlar achchiq va darg'azab fikrlarimiz hosilasi. Shuningdek kibr ramzi hamdir. Ana shunday fikrlarni isboti bilan keltiradi psixoteravevt o'z kitobida.
Shu sababli bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda biror kasallikka chalingan bemor avvalo psixolog qabuliga olib borilishi keng ommalashib borayotgan bo'lsa ajab emas. Bu orqali kasallikning asl sabablari avvalo uning hissiyotlari va kayfiyatidagi o'zgarishlari nuqtai nazaridan o'rganilishiga e'tibor qaratiladi.
Biz og'ir kasalliklardan kulgu yoki ishonch kuchi orqali davo topgan bemorlar haqidagi hikoyalarni turli ommaviy axborot vositalari orqali eshitsak-da, unga ahamiyat qaratavermaymiz. Bu borada og'ir kasallikni kulguterapiya orqali yenggan jurnalist, professor Nobel' mukofoti laureati Norman Kazins hayoti barchamiz uchun ibrat bo'lib xizmat qiladi. U 1976 yil “Kasalliklar anatomiyasi bemor nuqtai nazaridan” nomli avtobiografik kitobini chop ettirdi. Asar birinchi nashrdayoq juda mashhur bo'lib ketadi. Muallif asarida shaxsiy tajribasiga tayangan holda ijobiy hissiyotlar eng og'ir xastaliklarni ham yengishda yordam berishini ko'rsatib bergan.
Og'ir dardni ong kuchi bilan yenga olgan Kazins kabi qahramonlar faqat rivojlangan mamlakatlarda yashaydi, deb o'ylasangiz yangilashasiz. Ular atrofimizda ham ko'plab topiladi. Masalan, “Giza” psixologik markazi rahbari Nargiz Sattarova ruhiyat bilan bog'liq bilimlarni o'zlashtirishiga sabab o'zining onkologik kasallikka chalingani ekanini ta'kidlaydi. U psixologiya bilan shug'ullanishidan avval doimiy tushkun kayfiyat, stres, noroziliklar, alam, g'azab o'z-o'zini qabul qila olmaslik oqibatida shunday aftoda holga tushganini tan oladi. Natijada u o'zining ichki olamini yaxshilash, pozitiv kayfiyatga o'zini sozlash va noroziliklar, qahr, alamzadalik tuyg'ularini ijobiylariga o'zgartirish natijasida saratonni yenggani, kar'era, ish va daromad masalasida ulkan muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritgani, ko'pchilikka ma'lum va mashhur psxologik markazga asos solganini va minglab insonlarning hayotini yaxshilashga yordam berib kelayotganini qayd etadi.
Psixologik treninglardan birida qatnashib, og'ir dardni salbiy hissiyotlardan qutulish orqali yenga olgan yana bir qahramonga duch keldim.
– Ismim Mohira – deydi u. – Yoshim 39da, to'rt nafar farzandim bor. Toshkent shahrida yashayman. Bir necha yil avval ko'krak saratoniga chalingan edim. Avvaliga bu dard bilan kurashishning tibbiy yo'llarini izlab ko'rdim. Ammo har qadamda o'zimni o'limga yaqinlashayotgandek his etardim. Qanday qilib bu dard menga yo'liqdi, degan savolni o'zimga berdim. Shu savolga javob izlash asnosida ruhiyatni tarbiyalash – psixologiya olamiga kirib keldim. Anglaganim shu bo'ldiki, qalbimdagi noroziliklar, o'z-o'zimni qabul qila olmaslik, xafagarchiliklar, alam, nafrat natijasida mana shu dardni orttirib olgan ekanman. Barcha xulosalarim, tibbiy va psixologik yordam orqali saratonni yengib o'tganim o'zim uchun qahramonlik bo'ldi. Eng asosiysi ruhiy tozalik kishiga hech bir dardni yaqin yo'latmasligini tushunib yetdim.
Norman Kazinsning mashhur iborasi bor: “Aslida har birimizda kasalliklardan shifo topishning eng oson va arzon usuli bor. Bu – kulgu”. Ha, ko'tarinki kayfiyatda pozitiv kayfiyatni his etsangiz, doim yaxshi narsalar haqida o'ylasangiz, chin dildan qotib-qotib kulishni kanda qilmasangiz, kasalliklar sizga yaqin yo'lamaydi. Ammo biz doim nimagadir tushkun kayfiyatda, yomon o'y-xayollar, qo'rqinchli tasavvurlar girdobida, noroziliklar ichida o'z-o'zimizga xastaliklar chaqirish, millionlab pulimizni dorixonachilar savdosini rivojlantirishga sarflashni afzal ko'ramiz. Shunday ekan, kasallik chaqiruvchi salbiy hissiyotlaringizni jilovlashni o'rganing...
Dildora IBROHIMOVA,
“IShONСh”
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0