Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 962.9814.88

  • EUR

    13 377.80-124.48

  • RUB

    123.682.67

-5C

-5C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-5c

  • Hozir

    -5 C

  • 10:00

    -3 C

  • 11:00

    -0 C

  • 12:00

    +1 C

  • 13:00

    +1 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +2 C

  • 16:00

    +1 C

  • 17:00

    +0 C

  • 18:00

    -0 C

  • 19:00

    -0 C

  • 20:00

    -1 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -2 C

  • 23:00

    -3 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 09-January

-5C

  • Hozir

    -5 C

  • 10:00

    -3 C

  • 11:00

    -0 C

  • 12:00

    +1 C

  • 13:00

    +1 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +2 C

  • 16:00

    +1 C

  • 17:00

    +0 C

  • 18:00

    -0 C

  • 19:00

    -0 C

  • 20:00

    -1 C

  • 21:00

    -1 C

  • 22:00

    -2 C

  • 23:00

    -3 C

  • Payshanba, 09

    -3 +20

  • Juma, 10

    -3 +20

  • Shanba, 11

    -2 +20

  • Yakshanba, 12

    -2 +20

  • Dushanba, 13

    -1 +20

  • Seshanba, 14

    1 +20

  • Chorshanba, 15

    +1 +20

  • Payshanba, 16

    +2 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Nogiron farzandimni hisobga olib qo'shimcha ta'til kuni olishim mumkinmi?

Jamiyat
282 09:39 | 08.01.2025 09:39

SAVOL: Meni voyaga yetmagan farzandim bor, u 2-guruh nogironi. O'zim yolg'iz onaman. Savolim shuki, menga nogiron bolamni hisobga olib ta'tilimga qo'shimcha ta'til kuni qo'shib berishlari mumkinmi?


JAVOB: Nogiron bolasini tarbiyalayotgan xodimlarga amaldagi qonunchiligimizda haq to'lanadigan qo'shimcha ta'til va qo'shimcha dam olish kuni berilishiga oid qoidalar bor. Jumladan, Mehnat kodeksining 232-moddasiga muvofiq, o'n ikki yoshga to'lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o'n olti yoshga to'lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili uch ish kunidan kam bo'lmagan muddat bilan haq to'lanadigan qo'shimcha ta'til beriladi.


Demak, agar nogiron farzandingiz 16 yoshga to'lmagan bo'lsa, Siz bir ish yili davomida qo'shimcha ravishda 3 ish kunidan iborat haq to'lanadigan ta'tildan foydalanishingiz mumkin. Bu ta'til yillik mehnat ta'tilingizga qo'shib berilishi mumkin.


Shuningdek, Mehnat kodeksining 230-moddasiga ko'ra, nogiron bolasini tarbiyalayotgan ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola o'n olti yoshga to'lgunga qadar davlat ijtimoiy sug'urtasi mablag'lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq to'lagan holda oyiga qo'shimcha bir dam olish kuni beriladi.


Bundan tashqari, «Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalar tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida»gi nizomning 85-bandiga asosan nogiron bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola o'n olti yoshga to'lgunga qadar davlat ijtimoiy sug'urtasi mablag'lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq to'lagan holda oyiga qo'shimcha bir dam olish kuni beriladi.


Ushbu qoidalarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, 16 yoshga to'lmagan nogiron farzandini tarbiyalayotgan ota-onadan biriga, davlat ijtimoiy sug'urtasi mablag'lari hisobidan haq to'lagan holda ishxonadan har oyda qo'shimcha bir kundan iborat bo'lgan dam olish kuni beriladi.


Yuqoridagilarga asosan qo'shimcha haq to'lanadigan ta'tildan tashqari, har oyda haq to'lanadigan bir kunlik qo'shimcha dam olish kunidan ham foydalanish mumkin.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 2631 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat