Valyuta UZS
  • USD

    12 149.847.74

  • EUR

    14 003.91-76.07

  • RUB

    151.100.57

+14C

+14C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+14c

  • Hozir

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 05-April

+14C

  • Hozir

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • Yakshanba, 05

    +14 +20

  • Dushanba, 06

    +15 +20

  • Seshanba, 07

    +15 +20

  • Chorshanba, 08

    +12 +20

  • Payshanba, 09

    +12 +20

  • Juma, 10

    +13 +20

  • Shanba, 11

    +13 +20

  • Yakshanba, 12

    +13 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Oyiga 1000 dollardan 10 ming dollargacha topayotgan “SMM” chi ayollar

Jamiyat
1244 14:31 | 08.01.2025 14:31

Bugungi kunda, ayollar uchun zamonaviy kasblar dunyosida SMM (Sotsial Media Marketing – ijtimoiy tarmoq marketingi) keng o'rin egallab bormoqda. SMM – biznes va brendlarni rivojlantirishda ajralmas vositaga aylanishi bilan birga, ayollarga o'z ijtimoiy tarmoq ko'nikmalarini ishlatish va muvaffaqiyatli professional faoliyat yuritish imkoniyatini yaratmoqda. Bugungi maqolamizda SMM va kopirayterlikda allaqachon sohasining “bo'ri”lariga aylana olgan va shu paytgacha minggga yaqin shogirdlarni chiqargan muvaffaqiyatli hikoyalarni o'qiymiz. Qolaversa, zamonaviy kasblarda qanday imkoniyatlar mavjudligi va bu kasbning kelajagi haqida so'z yuritamiz.


Dildora Raimjonova, SMM mutaxassisi:


Men nafaqat SMMchi, balki bu sohani o'rgatuvchi mutaxassisman. Shu paytgacha ming nafardan ortiq o'quvchiga SMM sirlarini o'rgatdim. Shogirdlarim orasida 80-85 foizi natijalarga erishgan. Bu sohada o'ziga yarasha hurmat topib, ishlab kelmoqda. Eng yaxshi shogirdlarimni jamoamga olganman. Ular bilan katta loyihalarning ijtimoy tarmoqlari va shaxsiy brendlarini yo'lga solyapmiz.


Bu soha hali inqirozga yuz tutadi deb o'ylamayman. Sababi ish ko'p va O'zbekistonga ko'p yo'nalishlari endi kirib kelmoqda. Marketingning yangicha usullaridan foydalanishni boshlab yubordik. Yaqin yillarda ijtimoiy tarmoqda marketing yuritish eng zo'r yo'nalishga aylanadi. Bugun ham SMM xodimisiz ishlayotgan kompaniyalar deyarli qolmadi. Kimdir kasb tanlashda qiynalib turgan bo'lsa, shu sohani tavsiya qilaman. Hattoki, maktablarda o'qitishni yo'lga qo'yish kerak deb o'ylayman.


Natijalarim haqida aytadigan bo'lsam, avvalo shogirdlarim erishgan yutuqlardan boshlasam. O'quvchilarimdan biri tikuvchi edi. SMMni o'rganib, buni o'z sohasida qo'lladi va hatto tikuvchilik kursi yaratib sotishi evaziga katta daromadga ega bo'ldi. Bu kabi shogirdlarim judayam ko'p.


Ayrimlari loyiha olib, kadr ortida brendni tanitmoqda. Savdoni oshirmoqda. Yana boshqalari shaxsiy brendini rivojlantirib, SMM kurslar qilib mashhurlikka erishmoqda.


Menga ko'p savol berishadi? Kimlar SMM ni egallashi mumkin? Masalan, jamoamda hali maktabni tamomlamagan bola ishlaydi. O'quvchi bo'la turib, mobilografiyadan oyiga 15-20 million daromad topadi. Ishi albatta uning darslariga halal bermaydi. Yana biri “storismeker”. Unga 1500 $ dollar oylik beraman. Hattoki, onlayn ishlab ham bu sohada yaxshi daromad topish mumkin. Faqat quntli va odamlar bilan tez muloqotga kirishib keta oladigan buyurtmalarni o'z vaqtida bajaradigan tartibli inson bo'lishi kerak. Agar sanab o'tgan xislatlar bo'lmasa, u SMM da ishlab keta olmaydi. Bu oddiy, oson kasb emas. Aslida murakkab.


SMMni o'rganish uchun qancha mablag' ketadi deysizmi? Hozirda turli xil kurslar bor va o'rganish ancha oson. Bizning davrimizda esa sifatli kursni topish qiyin edi. Eng asosiysi yaxshi ustozga uchrash.


Garchi o'zim bu sohada yaxshi mutaxassis bo'lsam ham bilimlarimni doimiy tarzda yangilab boraman. Ayni paytda o'zim ham ikki xil kursda o'qiyman. Bu kurs menga ko'proq daromad olishda yordam beradi. Ya'ni kursga sarflagan pulim o'zimga ko'p o'tmay 2-3 barobar bo'lib qaytadi.


Hayotimda erishgan barcha yutuqlarimga SMM orqasidan erishganman desam ham bo'ladi.


Kim uchundir bu kichik yutuqlar bo'lishi mumkin, lekin men uchun eng katta yutuq farzandlarimni eng yaxshi bog'cha va maktablarda o'qitish imkoniga ega bo'lganimdir.


Oddiy oilaning qizi bo'lganman. O'qidim, turmushga chiqdim. Farzandlarimni eng yaxshi bog'chalarga berishni orzu qilganman. Shukrki, hozirda ikki farzandim xususiy bog'chaga qatnayapti. Eng muhim investitsiya farzandlarimga qilayotganim deb hisoblayman.


Keyingi yutuqlarimdan biri bu oilamiz moddiy ahvolini yaxshilash. Xudoga shukur, yaxshi hayot kechiryapmiz. Farzandlarimning sog'ligi uchun ham barcha kerakli narsalarni olib berishga imkoniyatim yetadi.


Soham uchun zarur aksessuarlarning barchasini xarid qildim. Ularning ayrimlari juda qimmat. Yana bir joyda to'xtab qolganim yo'q. Izlanishdaman.


Yana bir eng asosiy yutuqlarimdan biri bu jamoam. Eng ishonchli va sifatli ishchilarni yig'ib, bilimli-qobiliyatli insonlardan tashkil topgan jamoani tuza oldim. Shu paytgacha jamoamda ko'p yoshlar kelib ketgan va nihoyat o'zim xohlagan jamoani tuza oldim. Endi shu jamoani kengaytirishga harakat qilyapman.


Aytgancha, turmush o'rtog'im ham mazkur sohada ish boshladi va shu kasbga o'zlarini bag'ishladi. Сhunki daromad, rivojlanish yaxshi, o'sish imkoniyatlari katta. Turli loyihalarni oilaviy yurgizyapmiz.


Zo'r SMM mutaxassisi kurs sotsa, har oyda besh ming dollardan o'n ming dollargacha, hatto bundan ham ko'p topishi mumkin.


Kurs sotmay o'zi bir nechta SMM loyihalarini olsa, 500-3000 dollargacha daromad ko'radi.


E'zozxon Ismatova, kopirayter:


– Aslida oliy ma'lumotli pedagogman. Kopirayterlik sohasiga birinchi farzandim tug'ilgandan keyin kirib kelganman. Bunga ruhiy holatim, kuchli depressiya sabab bo'lgan. Keyinchalik kopiraytingda ham tajriba orttirgach, bu ikki sohani yana birlashtirdim. Hozirda nafaqat bu sohadaman, balki kopirayterlik kasbini o'rgataman.


Umuman olganda, bugun zamonaviy kasblarni 3-4 million so'mga ham o'rganib ishlash mumkin. Yoshlar orasida hatto shu mablag'ni ham topa olmayotganlar, ammo g'ayrati borlarga hozir yangi kasb o'rganish muammo emas. Zamonaviy telefon va internet bo'lsa kifoya. Sababi bugun har qanday zamonaviy kasbni tekinga o'rgatadigan platformalar bor. Faqat odamning o'zida qunt bo'lsa bo'lgani. Men kopirayterlikka kirganimda o'rgatadigan ustozning o'zi bo'lmagan. Kalavani uchini topishning o'zi bir mashaqqat. Shu uchun bitta kurator bilan ishlagan afzal, bunda vaqt tejaladi. Yangi kasbni o'rganganda savol bersa, javob oladigan mutaxassis bo'lishi kerak. Kishining bajargan ishini kimdir ko'rib, munosabat bildirishi kerak. Bundan tashqari, ustoz shogirdini o'zi qilgan xatolardan avaylaydi, yo'l-yo'riq o'rgatadi. Shuning uchun kopiraytingni mablag' yoki mablag'siz o'rganishni istagan insonga avval mana shu tomonlarini tahlil qiliing deyman.


Shogirdlarimga kelsak, shu vaqtga qadar 700 nafarga yaqin kishiga kopiraytingdan saboq berdim. Ularning hammasi emas, statistika qilsak, qariyb 70 foizi sohada ishlab ketdi. Qolganlari mavjud kasblari bilan uyg'unlashtirdilar yoki kuchli ehtiyoj his qilmadilar. Faxrlanib aytishim mumkinki, shu kungacha o'qitganlarim ichida yurtimizdagi taniqli brendlar bilan ishlayotganlar ham, oyiga 8 xonali sonda maosh oladiganlar ham bor. Shogirdlarim kopiraytingdan qilgan daromadlari orqali mashina, xonadon kabi qimmatli xaridlarni amalga oshirmoqda. Asli kopirayting orqali uyingizga 2 ta non kirsa mendan baxtli odam bo'lmaydi, deyman doim. Bu natijalar bilan esa faxrlanaman.


Eng avvalo, bu kasb hayotimga ruhiy inqiroz davrimda kirib keldi. Undan so'ng umrim mazmuniga aylandi. “Dekret”da turib ham, jamiyatga aralashish, kerakli bo'lishga yordam berdi. O'zimdek ruhiy inqirozdagi ayollarga, qo'shimcha daromad qilishni istagan insonlarga ko'mak berishga sabab bo'ldi. Qobiliyatimni daromadga aylantirishda qo'l keldi. Aynan kopirayting orqali farzandlarimni shahrimizdagi nufuzli bog'chalardan biriga qo'ydim, turmush o'rtog'im bilan birgalikda uy kichkina Vatan oldik. Bu men uchun juda katta narsa.


Men bozordagi talabdan kelib chiqib o'quv dastur tuzib chiqqanman. Uni o'rganish uchun 1 oydan ziyodroq vaqt talab qiladi. Vazifalarni esa nuqta, verguli, probel, har bir qo'ygan belgisiga qadar tekshiraman. Agar mana shu dasturdagi bilimlarni puxta o'zlashtirsa, ish topish uchun berilgan tavsiyalarga amal qilsa, bozorda talabgir kopirayter bo'lish hech muammo bo'lmaydi. Kamida 3 million so'm oylikdan boshlab, 8 xonali sonda oylik olishga qadar qiymatini oshirib boraveradi. Hozir shu bilimlar, ko'nikmalar orqali masofadan turib 3 million so'm topish hech nima emas. Ammo kursni tugatdim, bo'ldi, ish meni topib kelsin, deganlar emas, shuncha bilim oldim, o'rgandim, endi bularni ishga solishim kerak, deb chinakamiga jangga kirgan askarday kurashgan mutaxassislar yutadi.


Kopirayting oldin ham bo'lgan. Hozir ham jadal rivojlanyapti. Kelajagi ham zo'r bo'ladi. Bunga ishonaman. Ayniqsa, sun'iy intellekt bizga yaxshi yordamchi bo'ladi. Hozir ko'pgina hamkasblar ishimizdan ajralib qolmaymizmi, degan xavotirda. Yo'q. Kerak bo'lsa, kelajakda aynan sun'iy intellekt bilan ishlay oladigan kopirayterlarga talab yuqori bo'ladi, deb o'ylaylayman.


Umuman olganda so'zga ishtiyoqi bo'lgan, vaziyatga moslasha oladigan, sohaga shunchaki internetdan pul topish vositasi emas, jiddiy kasb deb yondashadigan istalgan inson kopirayterlikni o'rgana oladi.


Feruza RAHIMOVA,


ishonch.uz



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2152 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 1832 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2353 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2121 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat