Valyuta UZS
  • USD

    12 011.02-49.13

  • EUR

    13 958.01-106.54

  • RUB

    148.08-0.79

+8C

+8C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+8c

  • Hozir

    +8 C

  • 05:00

    +7 C

  • 06:00

    +7 C

  • 07:00

    +7 C

  • 08:00

    +9 C

  • 09:00

    +14 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +21 C

  • 12:00

    +23 C

  • 13:00

    +24 C

  • 14:00

    +25 C

  • 15:00

    +25 C

  • 16:00

    +24 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +19 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +16 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 22-October

+8C

  • Hozir

    +8 C

  • 05:00

    +7 C

  • 06:00

    +7 C

  • 07:00

    +7 C

  • 08:00

    +9 C

  • 09:00

    +14 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +21 C

  • 12:00

    +23 C

  • 13:00

    +24 C

  • 14:00

    +25 C

  • 15:00

    +25 C

  • 16:00

    +24 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +19 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +16 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +11 C

  • Chorshanba, 22

    +8 +20

  • Payshanba, 23

    +9 +20

  • Juma, 24

    +11 +20

  • Shanba, 25

    +14 +20

  • Yakshanba, 26

    +13 +20

  • Dushanba, 27

    +11 +20

  • Seshanba, 28

    +9 +20

  • Chorshanba, 29

    +8 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Oqqonga chalingan qizimni olib davolanish uchun Koreyaga ketdim...” – yolg'iz ayolning xorijdagi taqdiri

“Bolam mo'ltirab qarardi, men esa umrimda ko'rmagan davlatga tavakkal qilib borgandim. Bor-budimizni yig'ib, homiylar yordami bilan 35 ming AQSh dollari olib bordik. Undan keyin ham 15 mingcha ishlatdik. Ovqat tayyorlab sotib pul yig'dim. Yaratganga shukr, sog'ayib ketdi. Qizim Janubiy Koreyadagi maktabda a'lochi” – deydi Dilxumor Mo'minova.
679 15:55 | 20.10.2025 15:55

– Qizingiz Afro'za Habibullaeva hozir 8 yoshda ekan. Janubiy Koreyaga borishga nima majbur qildi?


– Bundan to'rt yil oldin bolam oqqonga chalingani ma'lum bo'lganida dunyo ko'zimga tor ko'ringandi. O'zi oila buzilgan, otam insul't bo'lib, yotib qolgandi. Afro'za bilan uzoq muddatli davolashni boshladik. O'zimiz farg'onalikmiz, Toshkentda yashash, shifoxonalarda yotishning o'zi bo'lmas ekan.


Qizim badani salga ko'karib ketadigan bo'lib qoldi. Bolalar o'ynasa havas bilan qarab turadi, lekin borib qo'shilib o'ynay olmaydi. Hindistonda davosi bor deyishdi, lekin juda katta mablag' kerak ekan.


Janubiy Koreya tibbiyoti haqida ham surishtirdim. “Juda rivojlangan, oqqonga yaxshi natijalar ko'rsatilyapti” deb tavsiya qilishdi. OAV, ijtimoiy tarmoqlarda ehson so'radik. Yurtdoshlarimiz yolg'iz qo'yishmadi – 35 ming AQSh dollari pul yig'ildi va bolamni olib, shart jo'nadim.



– Oldin bu davlatga borganmisiz? Xorijda qanday choralar topdingiz?


– Umuman bormaganman. Na tilni, na madaniyatini bilaman. Qo'limdagi pul faqat to'lov uchun yetarli edi. Hali uzoq muddatli davolash, operatsiya kutib turardi. Qizim ko'zimga qarab mo'ltirardi, bitta o'zbekcha so'zga zor bo'lardik.


Yig'lab o'tirganim bilan harakatdan to'xtab bo'lmasdi. Yana homiylar izladim. Ilojsizdan yegulik tayyorlab sotishni o'rgandim. Topganimni to'lab bordim. Сhindan ham Janubiy Koreya tibbiyoti ancha kuchli ekan. Afro'za qiyinchilik bilan bo'lsada yengib ketdi.


– Sog'ayib ketibdi, xayrli bo'lsin. Endi O'zbekistonga qaytasizlarmi?


– Qizimning taqdiri haqida ko'p o'ylayman. Xorijda maktabga boryapti, koreys tilida biyron gaplashadi. Sinfdoshlari orasida eng a'lochi. Afro'zaxon sog'ayib ketgan bo'lsa ham har uch oyda to'liq tekshirib turish kerak.


Kichkina bo'lsada, biznesimni yo'lga qo'ydim. Har kuni ovqat yetkazaman, xaridorlarim bor. Halol taomlarga talab oshyapti. Otam insul't bo'lgani haqida aytdim, aksiga olib onam ham shu dardga chalindi. O'g'lim ota-onamga qarab qoldi, Koreyaga bora olmadi.


Qizim shu davlatda ulg'ayib borayotgan bo'lsa ham, O'zbekistonni vatanim deydi. “Xudo xohlasa prezident bo'laman. O'zbekistonga ham, Koreyaga ham xizmat qilaman” deydi. Quvonchdan ko'zlarim to'ladi.


– Ko'pchilik sizlarni qo'llab-quvvatlagan ekan. Shu imkoniyatdan foydalanib qanday so'zlaringiz bor edi?


– O'zbek xalqiga butun umr minnatdor bo'laman. Bolam shu darddan qutildi. Yurtimizdagi bemor bolajonlar ham sog'ayib ketishsin. Eng muhimi – yengilib qolmanglar. Ota-ona bolasi oldida kuchli bo'lishi shart. Bola buni kuzatib turadi.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

1

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (1)

Shoira

17:43 | 20.10.2025

Abror aka siz yaxshi odamsiz. Qancha bemorlarga hamda ularning yaqinlariga yordam hamda mativatsiya berib kuchli boʻlishiga undayapsiz. Alloh mehnatlarizni chiroyli mukofotlasin Amin.

Maqolaga baho bering
0/5

1

0

0

0

0

Mavzuga oid