Valyuta UZS
  • USD

    12 011.02-49.13

  • EUR

    13 958.01-106.54

  • RUB

    148.08-0.79

+8C

+8C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+8c

  • Hozir

    +8 C

  • 05:00

    +7 C

  • 06:00

    +7 C

  • 07:00

    +7 C

  • 08:00

    +9 C

  • 09:00

    +14 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +21 C

  • 12:00

    +23 C

  • 13:00

    +24 C

  • 14:00

    +25 C

  • 15:00

    +25 C

  • 16:00

    +24 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +19 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +16 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 22-October

+8C

  • Hozir

    +8 C

  • 05:00

    +7 C

  • 06:00

    +7 C

  • 07:00

    +7 C

  • 08:00

    +9 C

  • 09:00

    +14 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +21 C

  • 12:00

    +23 C

  • 13:00

    +24 C

  • 14:00

    +25 C

  • 15:00

    +25 C

  • 16:00

    +24 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +19 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +16 C

  • 21:00

    +14 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +11 C

  • Chorshanba, 22

    +8 +20

  • Payshanba, 23

    +9 +20

  • Juma, 24

    +11 +20

  • Shanba, 25

    +14 +20

  • Yakshanba, 26

    +13 +20

  • Dushanba, 27

    +11 +20

  • Seshanba, 28

    +9 +20

  • Chorshanba, 29

    +8 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Mamlakatsiz millat yettiligi

Barcha millatlar ham davlatiga ega emas. Bu borada ham o'ziga xos “adolatsizlik” mavjud. Million nafarga yetib yetmaydigan millat vakillari o'z mamlakatlarida xotirjam yashasalar, nufusi 30 millionga yetgan millatlar o'z davlati, bayrog'i bo'lishini orzu qilib yashaydi.
Siyosat
197 12:25 | 20.10.2025 12:25

Uyg'urlar


Dunyo bo'ylab 10-15 mln nafarga yaqin uyg'urlar bor. Ularni O'zbekistonda ham yaxshi bilishadi. Ammo ko'p davlatlardagi uyg'urlar assimilatsiyalashgan (asosiy millatga qorishib ketganlar). Uyg'urlar bu ro'yxatga birinchi o'ringa ko'tarilib qolishlari sababi so'nggi paytlarda ko'p tilga tushganlari bilan bog'liq. Juda qadimiy millat hisoblangan uyg'urlar tarixning ayrim yillarida mustaqil davlatlariga ega bo'lganlar. Ammo hozirgi kunda ularning asosiy qismi Xitoyning Shinjon-Uyg'ur avtonom respublikasida yashaydilar. Uyg'urlar asosan sunniy musulmonlardir va til jihatidan o'zbeklarga juda yaqin xalq.


Uyg'urlar o'tmishning Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg'ariy kabi buyuk insonlarini o'z ajdodlari deb hisoblaydi.


Katalonlar


Kataloniya, Barselona Ispaniya deyilganda ko'pchilik “Barsa”-“Real” o'yinini faqat futbol elementlaridan iborat deb o'ylaydi. Ammo “El-klassiko”ning bu qadar qizishida qator siyosiy sabablar ham mavjud. Eng muhimi, bu ispan-katalon bahsidir. Ispaniya davlati hududidagi Kataloniya muxtoriyat maqomiga va qator huquqlarga ega bo'lsada, mustaqillik va alohida davlatchilik bu millat vakillarining azaliy orzusidir. Ipaniya, Frantsiya, Italiya va boshqa qator davlatlarda yashovchi katalonlar o'zlarining katalan tilini e'zozlashadi, qachondir birlashishlari va qudratli mamlakatga ega bo'lishlariga ishonib yashaydilar. Dunyoda 8-9 mln.dan ortiq katalonlar yashashi hisoblab chiqilgan.


Bu millat vakillari orasida ham juda mashhur insonlar ko'p – Antonio Gaudi, Sal'vador Dali, Xerar Pike, Viktor Sanches, Xosep Gvardiolalar shular jumlasidandir.


Lo'lilar


Bu elat shu qadar tarqalib ketganki, dunyo bo'ylab ular uchramaydigan burchakni topish qiyin. Bejizga ochiq osmonning ostidagi barcha yerlar lo'lilarning makonidir, degan naql yurmaydi. Turli ma'lumotlarga ko'ra jahon bo'ylab 4,4 mln. nafar atrofida lo'lilar yashaydilar, ularga taalluqli elatlar qo'shib hisoblanganda ular soni 12 mln.dan ortadi. Lo'lilarning o'zlari ham turli toifalarga, o'ziga xos guruhlarga bo'linadilar. Ko'pchilik lo'li deganda tilanchilik yoki qing'ir ishlar bilan shug'ullanuvchi xalqni tushunadi. Lekin bu yuzaki baho – lo'lilar orasida ham san'at va madaniyatda shuhrat qozonganlar, biznesdagi muvaffaqiyatlari ortidan juda boyib ketganlari bor. Pablo Pikasso, Elvis Presli, Сharli Сhaplin, Galina Vishnevskaya, Anna Netrebko, Filipp Kirkorov, Zlatan Ibragimovich kabi shaxslarning ajdodlari lo'lilarga borib taqaladi. Ayniqsa Sharqiy Yevropada yashovchi lo'lilarning aksariyati to'kis hayot kechiradilar.


Sikxlar


Bularni alohida kichik millat emas, butun boshli xalq deya ta'riflash mumkin. Dunyoda 20-22 mln nafardan ortiq bu xalq vakillari yashaydilar va ularning aksariyati Hindistonning Panjob hududini vatan tutganlar. Juda katta nufusga, o'z ana'analariga va hatto dinlariga ega bo'lishlariga qaramay sikxlar mustaqil davlatlari bo'lishini orzu qilib o'tgan xalqlardan biridir. Bu yo'lda minglab odamlar qoni to'kilgan, ko'p yillik kurashlar ketgan. Ammo Hindiston qat'iyatni yo'qotmagan. Bu davlatda keng muxtoriyatga ega sikxlar juda ko'p mamlakatlarda yashaydilar. Tarixan juda jangovar xalq. Buni bir fakt ham isbotlaydi – Hindiston aholisi tarkibida 2 foizga yetar-etmas sikxlar bu mamlakat qurolli kuchlari zobitlarining 20 foizini tashkil qiladilar. Yana bir qiziq jihat – sikx erkaklari sochlarini qisqartirmaydilar, qancha o'smasin kattakon salla tagida qolaveradi.


Tibetliklar


Taqriban 5,5 mln aholiga ega bu xalqning Xitoy bilan asriy ziddiyati juda ko'p xalqaro siyosiy tortishuvlarga sabab bo'lgan. Xitoyda inson huquqlari to'g'risida gap ketganda Tibet masalasi bot-bot eslanadi, ammo Сhin mamlakati o'z pozitsiyasini zarracha o'zgartirmaydi. Aksincha, Dalay-lamaning ma'naviy rahnamoligidagi bu xalq emin-erkin yashayotganini isbotlab beradi. 1960 yilda Hindistonda quvg'indagi Tibet parlamenti tuzilgan, ammo bu tashkilot ham amalda hech narsani o'zgartira olmagan.


Falastinliklar


Bu xalqning chekkan jabru jafolari haqida asarlar bitilgan, kinolar ishlangan, qo'shiqlar kuylangan. Yaqin Sharqda yashovchi bu kichik hudud Falastin deya atalsada hanuz yaxlit davlat sifatida shakllanmagan, eng yaqin qo'shnilari tomonidan ham, yirik davlatlar – jumladan AQSh tomonidan ham tan olinmagan. Bundan tashqari uzluksiz tashqi bosimlar girdobidagi Falastin ichki tartibsizliklardan ham aziyat chekadi. Bu hudud aholisining ma'lum millatga mansubligini ham shubha ostiga olishadi. Ularni dam Misr arablariga, dam Suriyaliklarga, dam Saudiya arablariga va hatto yahudiylarga o'xshatishadi. Shu tarzda 5-6 mln nafarga yaqin falastinlik hamon muxtoriyat maqomiga qanoat qilishga majbur bo'lmoqdalar.


Lekin oxirgi paytlarda Buyuk Britaniya, Kanada, Frantsiya kabi yirik davlatlar tomonidan tan olindi. O'zbekiston 1994 yildayoq Falastinni tan olgan.


Kurdlar


Turli ma'lumotlarga qaraganda dunyo bo'ylab 40-42 mln nafarga yaqin kurd millatiga mansub insonlar hayot kechiradilar va ularning yarmi Turkiyada. Shuningdek Eronda 10 mln, Iroqda 7 mln atrofida kurdlar bor. Turkiya, Iroq, Eron kabi davlatlarda yashovchi bu yirik millat vakillari ham mustaqil davlat orzusini bir dam bo'lsada unutmay yashaydilar. 2 ming yildan ortiq tarixga ega kurdlarning alohida davlat tuzish yo'lidagi harakatlari ham juda uzoq davom etgan. Ayniqsa Turkiya hududida Abdulloh O'jolon boshliq “Kurdiston ishchi partiyasi” keskin kurash olib borgan. Ammo shunga qaramay bu harakat jilovlangan, lideri panjara ortiga ravona bo'lgan.


Ko'pchilik turk deya qabul qiladigan xonanda Ibrohim Totlisas, “Qashqirlar makoni” serialining asosiy qahramoni bo'lgan aktyor Nejati Shashmazlar ham kurd millatiga mansub.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat