"Sherigimning ishini yuklashdi, lekin menga oylik to'lanmadi..."
Savol: Bir ishchimizning oyog'i singan paytida uning o'rnida vaqtincha ishladim. Rahbarimiz yuqori turuvchi filialimizga oylik ish haqqimga qo'shimcha yozilishini so'rab bildirgi bilan kirsa, filial rahbari rad etibdi. Bu qanchalik to'g'ri, menga qo'shimcha haq to'lanishi mumkin emasmi?
Savolga Sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining Toshkent viloyati bo'yicha mehnat-huquq instpektori Muhammadjon Ro'zmetov javob berdi.
— Mehnat kodeksining 259-moddasiga asosan: Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat ko'rsatish doirasi kengayganda, ish hajmi ko'payganda xodimning asosiy lavozimdagi ish haqiga quyidagilar uchun qo'shimcha to'lov belgilanadi va to'lanadi:
* byudjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilot xodimlari uchun — bir necha kasbda (lavozimda) haqiqatda bajarilgan ishga doir ish haqi miqdorida;
* byudjet tashkilotlari xodimlari uchun — bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining (maoshining) ellik foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda.
* vaqtincha yo'q bo'lgan xodimning majburiyatlarini bajarish vazifasi uning shtatdagi o'rinbosari zimmasiga asosiy ishdan ozod etilmagan holda yuklatilganda qo'shimcha to'lov amalga oshirilmaydi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.10.2012 yildagi “O'rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida ” gi 297-sonli qarorini 25-bandiga asosan; Byudjet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik, xizmat ko'rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko'paytirganlik uchun qo'shimcha haq to'lash miqdori bir necha kasb va lavozimda ishlanayotgan lavozim bo'yicha maoshning (tarif stavkasining) 50 foizidan ortiq bo'lishi mumkin emas (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan holatlar bundan mustasno) va byudjet tashkilotlarining mehnatga haq to'lash fondida nazarda tutilgan mablag'lar doirasida to'lanadi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0