Ertadan Toshkent — Andijon yo‘nalishida yangi elektropoezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

26 13:30 | 09.09.2026 13:30

10 sentyabrdan Toshkent — Andijon yo‘nalishida zamonaviy tezyurar «CRRC-Dalian» elektropoezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Shu munosabat bilan Farg‘ona vodiysi yo‘nalishida harakatlanuvchi qator yo‘lovchi poezdlarining qatnov jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritiladi.
730-sonli «Toshkent — Andijon» poezdi Toshkent-Janubiy yo‘lovchi vokzalidan soat 09:20 da jo‘nab, Andijonga 13:35 da etib boradi.

Yo‘nalish bo‘yicha asosiy bekatlardagi harakat vaqti:
· Toshkent-Janubiy — 09:20;
· Angren — 10:25;
· Pop — 12:00;
· Qo‘qon — 12:28;
· Marg‘ilon — 13:00;
· Andijon — 13:35.

729-sonli «Andijon — Toshkent» poezdi esa Andijondan 15:38 da jo‘nab, Toshkent-Janubiy vokzaliga 19:53 da etib keladi.
Poezdning asosiy bekatlardagi harakat vaqti:
· Andijon — 15:38;
· Marg‘ilon — 16:11;
· Qo‘qon — 16:43;
· Pop — 17:11;
· Angren — 18:50;
· Toshkent-Janubiy — 19:53.

Elektropoezd 357 yo‘lovchiga mo‘ljallangan
«CRRC-Dalian» elektropoezdi jami 357 ta yo‘lovchi o‘rniga ega. Tarkibdagi vagonlardagi o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan:
· 1-ekonom — 95 o‘rin;
· 2-ekonom — 95 o‘rin;
· 3-ekonom — 72 o‘rin;
· 4-ekonom — 95 o‘rin.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid