Valyuta UZS
  • USD

    12 258.3816.21

  • EUR

    14 455.08-67.81

  • RUB

    159.49-0.41

+11C

+11C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+11c

  • Hozir

    +11 C

  • 21:00

    +10 C

  • 22:00

    +9 C

  • 23:00

    +9 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 04-February

+11C

  • Hozir

    +11 C

  • 21:00

    +10 C

  • 22:00

    +9 C

  • 23:00

    +9 C

  • Chorshanba, 04

    +11 +20

  • Payshanba, 05

    +10 +20

  • Juma, 06

    +3 +20

  • Shanba, 07

    +5 +20

  • Yakshanba, 08

    +8 +20

  • Dushanba, 09

    +11 +20

  • Seshanba, 10

    +11 +20

  • Chorshanba, 11

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Sumalakmi yoki chumak?

Tomlarning ziylaridagi tillaqoshga taqilgan marjonlarga o'xshash muzlarga qarab ularning nima deyilishi haqida o'ylab qo'rganmisiz? .Darvoqe, “sumalak” deyiladi. Sumalak – bahorda tayyorlanadigan taom ham. Tomlar ziyidagi muzlar esa, aslida xalq tilida “chumak” deyiladi.
72 11:00 | 03.02.2026 11:00

Adabiyot fanidan dars bergan keksa o'qituvchimiz “Shillaki chillakini ko'rib chumak uradi” degan maqolni shunday sharhlab bergan edi. “O'sha muzlar – chumaklar kun iliy boshlashi bilan “o'zini tomdan tashlaydi”. Avval bittasi... keyin yonidagisi, shu tarzda hammasi birin-ketin. Xuddi biri qilgan ishni boshqasi ko'rib takrorlayotgandek. Erta pishar mevalar “chillaki” deyiladi. Maqol, “Bir-biridan ko'rib rang oladi, yonidagisiga qarab pishadi, uni takrorlaydi” degani, ya'ni boshqaga taqlid ma'nosida keladi”.


O'zbekiston xalq shoiri To'ra Sulaymon “Til-o'zagimizning, o'zligimizning, o'ziga bekligimizning bosh belgisi” maqolasida shunday yozgan: “Tomlarni qor bosib eruv boshlangandan so'ng, tomning bo'g'ot-ziylarida besh panja shaklida paydo bo'ladigan muzlarni chumak deydilar.


Bu haqda bolalar qo'shig'i ham bor:
Bosh barmoq,
Ko'rsa kerak (ko'rsatkich barmoq),
O'rta terak,
Bolali buyrak (suq, uzuk taqadigan barmoq),
Shuldur chumak (chinchaloq).


Yoki:
Muz muzdan tayg'on ekan,
Ayog'i sing'on ekan,
Tom ziyida chumaklar
Yig'lashib turg'on ekan.
Yolg'iz qolg'on chumakni
Xudoyim urg'on ekan…


“Shumak” so'zi esa hali-hamon “sumalak” tarzida ishlatilmoqda”.


Qishda tomlar ziyidagi muzlarning o'z nomi bor ekan,” sumalak” o'sha bahoriy taom sifatida qolgani ma'qul emasmi? Qanday go'zal va boy tilimiz bor. Har bir so'z, ibora va atamalar o'z o'rnida ishlatilganidagina uning jozibasi yanada ortadi.


Bahor Xolbekova tayyorladi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid