Ustoz va murabbiylar kasaba uyushmalari e'zozida
O'zbekiston Sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining viloyat kengashi tashabbusi bilan 1 oktyabr' - Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, viloyatdagi barcha tibbiyot texnikumlarining fidoyi xodimlar, tuman, shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori J.Rizaev, viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i S.Zayniev, O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining viloyat kengashi raisi o'rinbosari A.Abdusaidov so'z olib, ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.
Bayram dasturxoni yozilib, tibbiyot sohasi rivoji yo'lida yetuk mutaxassislar tayyorlashda jonbozlik ko'rsatib kelayotgan bir guruh mehnat faxriylari va xodimlar tashakkurnoma va estadik sovg'alar bilan taqdirlandi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0