Valyuta UZS
  • USD

    12 410.99-85.95

  • EUR

    14 237.89-167.33

  • RUB

    158.38-1

+36C

+36C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+36c

  • Hozir

    +36 C

  • 12:00

    +38 C

  • 13:00

    +40 C

  • 14:00

    +41 C

  • 15:00

    +41 C

  • 16:00

    +41 C

  • 17:00

    +40 C

  • 18:00

    +40 C

  • 19:00

    +38 C

  • 20:00

    +34 C

  • 21:00

    +32 C

  • 22:00

    +30 C

  • 23:00

    +29 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 24-June

+36C

  • Hozir

    +36 C

  • 12:00

    +38 C

  • 13:00

    +40 C

  • 14:00

    +41 C

  • 15:00

    +41 C

  • 16:00

    +41 C

  • 17:00

    +40 C

  • 18:00

    +40 C

  • 19:00

    +38 C

  • 20:00

    +34 C

  • 21:00

    +32 C

  • 22:00

    +30 C

  • 23:00

    +29 C

  • Seshanba, 24

    +36 +20

  • Chorshanba, 25

    +35 +20

  • Payshanba, 26

    +28 +20

  • Juma, 27

    +30 +20

  • Shanba, 28

    +31 +20

  • Yakshanba, 29

    +32 +20

  • Dushanba, 30

    +36 +20

  • Seshanba, 01

    +36 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax
Ҳодиса
89 12:25 | 24.06.2025 12:25

O'zbekistonda hozir jazirama issiq ob-havo kuzatilmoqda. Ammo yurtimiz jaziramasi dunyodagi eng qattiq issiq emas. Xususan, O'lim vodiysi iqlimi oldida O'zbekiston jannatmonand yurtga tenglashib qoladi.2001 yilning yozida O'lim vodiysidagi harorat ketma-ket 154 kun davomida 38 darajadan oshdi. Bu joy uchun harorat rekordi 56,7 daraja bo'lib, 1913 yil 10 iyul'da qayd etilgan.


O'lim vodiysi. Bu nomning o'ziyoq kishida noxush taassurot qoldiradi. Bu vodiy juda issiq, kuydiruvchi va shafqatsiz. U Kaliforniyaning Moxave cho'lida joylashgan bo'lib, Shimoliy Amerikadagi eng jazirama va quruq joylardan biri, harorat ba'zan Farengeytdan 130 darajaga oshadi. Bu yerga kam suv zaxirasi bilan tashrif buyurganlar halokatga uchrashi mumkin, tarixda vodiyni zabt etmoqchi bo'lganlar ham dahshatli qiyinchiliklarga duch kelishgan. “O'lim vodiysi” nomi sayohatchilar duch keladigan xavflarni eslatib turadi guyo: ba'zilar uni kesib o'tishga urinib halok bo'lgandilar.


undefined


Nima uchun Amerikaning eng katta va eng mashhur milliy bog'laridan biri bunday dahshatli va noxush nomga ega? Bu savolga javobni AQSh tarixidan topish mumkin. Aniqroq aytganda, XIX asrning birinchi yarmida. O'sha paytda Kaliforniyani ushbu shtat tarixidagi eng mashhur “oltin vasvasasi” qamrab olgan edi. Hozirgi shtat o'sha paytda mustaqil respublika edi. Shtatda oltin topilishi bilanoq, sarguzashtchilar va boylik izlovchilar Kaliforniyaga oqib kelishdi. Bir-ikki yil ichida bu yerga 300 mingdan ortiq odam ko'chib keldi, bu mintaqaning o'z aholisidan 20 baravar ko'p edi. Oltin va aholi sonining tez o'sishi tufayli Kaliforniya Qo'shma Shtatlarga qo'shildi va shtat maqomini oldi.


undefined


Biroq, oltin qazib olishning rentabelligi pasayib, o'yinda faqat yirik korxonalar qoldi. Ammo “oltin shov-shuvi” avjiga chiqdi, oltin izlovchilar ulkan cho'l bo'ylab qidiruvga tushdi. Hech narsadan tap tortmaydigan odamlarning ko'pchiligi yo'lda halok bo'ldi. Buning sababi haddan tashqari yuqori harorat va toza suv zaxiralarining yo'qligi edi. Ochlikdan o'lmaslik uchun qidiruvchilar hattoki ot va xachirlarini pishirib yeyishgan. Oltin va boylik vasvasasidagi odamlar halokatidan so'ng “O'lim vodiysi” nomi paydo bo'ldi.


undefined


O'lim vodiysining jazirama harorati bir qancha murakkab omillarning natijasidir. Unga yaqin hududlar baland tog'lar bilan o'ralgan va pastlikda joylashgan yerlari issiq havoni ushlab qoladi, qalin qum va tosh qatlamlari esa issiqlikni o'ziga singdiradi va kuchaytiradi. Vodiy Shimoliy Amerikadagi eng past yerda joylashgan, u dengiz sathidan -86 metr quyida. Bundan tashqari, bu hududda yiliga ikki dyuymli juda kam yog'ingarchilik tushadi – bu odatga cho'llarga yog'adigan yog'inning o'ndan bir qismiga yaqinidir. Hududdagi milliy tabiat bog'i rasmiylari sayohatchilarga transport vositalarining tasodifiy qizib ketishining oldini olish uchun ulardagi konditsionerni o'chirishni tavsiya qiladi, bu O'lim vodiysining jazirama muhiti xavfsiz tashrif uchun zarur ekanligini eslatadi.


Shu bilan birga, okeandan kelayotgan bulutlardan ba'zan kuzda yog'adigan kuchli yomg'ir vodiyda minglab ekzotik gullarning o'sishiga olib keladi. Qumlar orasida yovvoyi hayvonlar boshpana topadigan vohalar bor. Xavfli nomga qaramay, vodiyda ko'plab hayot shakllari mavjud. Moxave cho'li va Buyuk havzasining bir qismi bo'lgan bu joy Kaliforniyaning sharqiy qismida Nevada bilan chegaradagi eng ajoyib va ​​go'zal maskan hisoblanadi. Qo'shma Shtatlardagi milliy bog'lar orasida kattaligi bo'yicha O'lim vodiysi Alyaskadan keyin ikkinchi o'rinda turadi.


-2


-3

O'lim vodiysida bo'lgan sayyohlar aytganidek, hudud tashqaridan kimsasiz ko'rinadi, ammo bu xato. Bu yerdagi landshaftlar va hayot shakllarining xilma-xilligi mavjud. Bularga qumtepalar, go'zal kan'onlar, yovvoyi hayvonlar, baland tog'lar, tuz bilan qoplangan quruq ko'llar, qadimgi vulqon kraterlari va tosh shakllari kiradi. Yozda bu yerda jon saqlash oson emas, termometr shkalasi Tsel'siy bo'yicha 50 darajaga yetadi. Geologlarning ta'kidlashicha, vodiy ilmiy me'yorlarga ko'ra juda yosh shakllanish bo'lib, bir necha million yil oldin paydo bo'lgan. Vaqt o'tishi bilan va vulqon va tektonik faollikning bir necha davrlari ta'siri ostida u o'zgarib, o'ziga xos ko'rinishga ega bo'ldi. Bugungi kunda bu yerda deyarli hech kim yashamaydi, kichik hindu qabilalaridan birining vakillari bundan mustasno. Buni arxeologlar tomonidan muntazam ravishda topiladigan qoyatosh rasmlari va kamin qoldiqlari tasdiqlaydi.


O'lim vodiysi maydoni 1,5 million gektardan ortiq. Vodiydan 1,5 ming kilometr uzunlikdagi asfal't va tuproq yo'llar o'tadi. Ulardan parkning chekka burchaklariga ham, sayyohlar bilan mashhur joylarga ham borish mumkin. Vodiyning 91 foizi daxlsiz cho'l sifatida hokimiyat tomonidan himoyalangan. Bu yerda mobil aloqada uzilishlar kuzatilishi mumkin.


Agar vodiyga sayohatingizni Nevada shtatidan boshlasangiz, albatta Riolayt arvoh-shahriga tashrif buyurishingiz kerak (AQShda minglab shunday shaharlar bor). Ilgari bu yerda konchilar yashagan: shahar ko'chalarida ularga bag'ishlangan haykallar hozirgacha saqlanib qolgan. Bu yerda uchta temir yo'l liniyalari birlashgan. Biroq, iqtisodiy sabablarga ko'ra, shahar odamlar tomonidan tashlab ketilgan va bugungi kunda u xaroba ahvolda yotibdi.


Titus kan'oni. U Riolayt yaqinida joylashgan. Bu qadimiy qoyalar O'lim vodiysi hududi tropik dengizlar ostida qolib ketgan paytda paydo bo'lgan. Kanonda ohaktosh tosh shakllari va petrogliflar mavjud. Bu hududda turli xil gulli o'simliklar, jumladan, “muqaddas datura” yashaydi. Bu yerda cho'l qo'ylarining podalarini uchratish mumkin. Vodiyning shimoli-g'arbiy qismida sirli joy bor. Qurigan Racetrack Playa ko'li tushunarsiz hodisa sifatida mashhur. Ba'zan suv tog'lar bilan o'ralgan ko'l tubiga tushadi va issiq quyosh ostida bir zumda bug'lanadi. Loy yuza qurib, tartibsiz shakldagi olti burchakli toshlar naqshini hosil qiladi. Va ular qandaydir kuch ta'sirida harakatlanadilar. Nafaqat kichik toshlar, balki katta toshlar ham. Ular orqalarida iz qoldiradilar, ba'zan toshlar ag'dariladi va g'alati tarzda yo'nalishini o'zgartiradi. Toshlar tirik mavjudotlar yoki kuchli shamollar yordamisiz harakat qiladi. 2013 yilgacha hech kim ushbu harakatni kameraga yozib olmadi. Aytgancha, toshlarning shunga o'xshash harakatlari boshqa joylarda ham qayd etilgan, ammo Playa Racetrack izlarining soni va uzunligi boshqalardan hayratlanarli darajada farq qiladi.


2001 yilning yozida O'lim vodiysidagi harorat ketma-ket 154 kun davomida 38 darajadan oshdi. Bu joy uchun harorat rekordi 56,7 daraja bo'lib, 1913 yil 10 iyul'da qayd etilgan.


Shuningdek, ayrim mashhur kinokartinalarning tarixi ham O'lim vodiysi bilan bog'liq. “Bir vaqtlar ... Gollivudda” fil'mining syujeti aynan shu hududda kuzatilgan. 1948 yilda “Uch cho'qintirgan ota” deb nomlangan fil'm chiqqan, uning aksariyat sahnalari ham vodiyda suratga olingan. Ekstremal ob-havo sharoitida bo'lib o'tgan fil'mni suratga olish jarayonida bosh rol ijrochisi Jon Ueyn quyoshda qattiq kuygan va kasalxonaga yotqizilgan.


Rejissor Bayron Xaskin esa bu joyda jonsiz Marsning kengliklarini ko'rdi. Shuningdek, O'lim vodiysida Jorj Lukas mashhur “Yulduzli urushlar” dostonining to'rtinchi epizodining ba'zi sahnalarini suratga oldi.


Title


Hududga bormoqchi bo'lganlar uchun qimmatli maslahatlar to'plami ham mavjud. O'lim vodiysiga borishni rejalashtirayotgan sayohatchilar avvalo suv zaxirasini to'plashlari kerak: bu hududda suv har doim yetishmaydi. Shlyapa bo'lishi juda muhim – quyoshdan himoya qiluvchi krem ham esdan chiqmasligi kerak. Agar siz milliy bog'ga mashinada boradigan bo'lsangiz, yoqilg'ini zaxiralash yaxshiroqdir. Va unutmangki, ba'zi uyali aloqa operatorlari vodiyning butun hududini qamrab olmaydi. Sayyohlik marshrutlari bilan xaritani axborot markazidan olish yoki oldindan sotib olish mumkin. Tashrifdan oldin siz yo'llarning holati va ulardagi qiyinchiliklar mavjudligini bilib olishingiz kerak. Bu sizga vaqtingizni oqilona taqsimlashga yordam beradi. Eng qulay vaqt bahor yoki kuzda ertalab yoki kechqurun hisoblanadi. Kunduzi yozda dahshatli jazirama tufayli cho'l jonsiz va zerikarli ko'rinadi. Oktyabr oyida havo harorati pasayishi bilan milliy bog'da teatrlashtirilgan tomoshalar boshlanadi. Ular sayohatchilarni O'lim vodiysi tarixi, geologiyasi va astronomiyasi bilan qiziqarli tarzda tanishtiradigan inspektorlar tomonidan olib boriladi. Las-Vegasdan O'lim vodiysiga to'liq kunlik avtobus sayohatini bron qilishingiz mumkin. Sayyohlik agentliklari ushbu xizmatni taqdim etadilar. Ekskursiya davomida gidlar sizga barcha asosiy joylarni ko'rsatadilar. Bir kishi uchun o'rtacha narx 250 dollarni tashkil qiladi. Shuningdek, mashina ijaraga olishingiz mumkin. Bu mashinaga qarab kuniga 30 dollardan boshlanadi. Jip safari taxminan 270 dollar turadi, O'lim vodiysining o'zida to'rtta mehmonxona mavjud. Ushbu mehmonxonalarda xonalarni oldindan bron qilish lozim.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 2455 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 2428 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 3206 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса