Valyuta UZS
  • USD

    12 136.9214.85

  • EUR

    14 191.704.03

  • RUB

    159.993.6

-4C

-4C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-4c

  • Hozir

    -4 C

  • 10:00

    -2 C

  • 11:00

    -2 C

  • 12:00

    -1 C

  • 13:00

    -1 C

  • 14:00

    -0 C

  • 15:00

    -0 C

  • 16:00

    0 C

  • 17:00

    -0 C

  • 18:00

    -2 C

  • 19:00

    -4 C

  • 20:00

    -5 C

  • 21:00

    -6 C

  • 22:00

    -6 C

  • 23:00

    -5 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 23-January

-4C

  • Hozir

    -4 C

  • 10:00

    -2 C

  • 11:00

    -2 C

  • 12:00

    -1 C

  • 13:00

    -1 C

  • 14:00

    -0 C

  • 15:00

    -0 C

  • 16:00

    0 C

  • 17:00

    -0 C

  • 18:00

    -2 C

  • 19:00

    -4 C

  • 20:00

    -5 C

  • 21:00

    -6 C

  • 22:00

    -6 C

  • 23:00

    -5 C

  • Juma, 23

    -5 +20

  • Shanba, 24

    0 +20

  • Yakshanba, 25

    +3 +20

  • Dushanba, 26

    +1 +20

  • Seshanba, 27

    +3 +20

  • Chorshanba, 28

    -2 +20

  • Payshanba, 29

    -1 +20

  • Juma, 30

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

«Uzbekistan Aquatics» konferentsiyasi Olimpiadaga tayyorgarlik muhokama etildi

164 21:23 | 21.01.2026 21:23

«Uzbekistan Aquatics» federatsiyasining hisobot konferentsiyasi bo'lib o'tdi.


Unda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, Cuv sporti turlari Federatsiyasi rahbariyati va mas'ullari, bosh murabbiylar, Federatsiyaning hududlardagi vakillari ishtirok etdi.


«Uzbekistan Aquatics» federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov Prezidentimizning 2024 yil 4 noyabrdagi «Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori doirasida amalga oshirilgan ishlarga to'xtalib o'tdi.


O'tgan yilda suv sporti turlari bo'yicha erishilgan natijalar tahlil qilinib, joriy yil uchun rejalar batafsil ko'rib chiqilgan anjumanda suv sporti turlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoalarining xalqaro musobaqalarda, xususan, 2028 yilda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz bayrog'ini jahon arenalarida baland ko'tarishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish lozimligi ham qayd etildi.


Shuningdek, kun tartibidagi asosiy masala 24 yanvar kuni o'tkaziladigan Butunjahon suzish federatsiyasi (World Aquatics) Ijroiya byurosi yig'ilishini yuqori darajada o'tkazishga puxta tayyorgarlik ko'rish bo'ldi. Ushbu yo'nalishda barcha tashkiliy va texnik masalalar atroflicha muhokama qilinib, mas'ul shaxslarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.



Shundan so'ng suzish, sinxron suzish, suvga sakrash va suv polosi bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari bosh murabbiylarining 2025 yilgi faoliyatga oid hamda bo'lajak xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik haqidagi hisobotlari tinglandi. Onlayn formatda ishtirok etgan hududiy vakillar ham o'z mintaqalaridagi holat, mavjud infratuzilma, sportchi va murabbiylar tarkibi yuzasidan atroflicha axborot taqdim etdilar.


Tanqidiy-tahliliy ruhda o'tgan anjumanda hududlarda suv sporti turlarini rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar natijalari ham tahlil qilindi. Istiqboldagi rejalar atroflicha muhokama etilib, tegishli vazifalar belgilab olindi.


Konferentsiya nihoyasida «Uzbekistan Aquatics» federatsiyasi hamda «Yakkasaroy sport-sog'lomlashtirish majmuasi» MShJga qarashli sport maktablarining o'tgan yilgi nufuzli xalqaro musobaqalarda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan sportchi va murabbiylar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.


O'z muxbirimiz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid