Valyuta UZS
  • USD

    12 136.9214.85

  • EUR

    14 191.704.03

  • RUB

    159.993.6

-4C

-4C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-4c

  • Hozir

    -4 C

  • 04:00

    -5 C

  • 05:00

    -5 C

  • 06:00

    -6 C

  • 07:00

    -6 C

  • 08:00

    -6 C

  • 09:00

    -5 C

  • 10:00

    -3 C

  • 11:00

    -2 C

  • 12:00

    -2 C

  • 13:00

    -1 C

  • 14:00

    -1 C

  • 15:00

    -0 C

  • 16:00

    -0 C

  • 17:00

    -0 C

  • 18:00

    -3 C

  • 19:00

    -5 C

  • 20:00

    -6 C

  • 21:00

    -6 C

  • 22:00

    -6 C

  • 23:00

    -6 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 23-January

-4C

  • Hozir

    -4 C

  • 04:00

    -5 C

  • 05:00

    -5 C

  • 06:00

    -6 C

  • 07:00

    -6 C

  • 08:00

    -6 C

  • 09:00

    -5 C

  • 10:00

    -3 C

  • 11:00

    -2 C

  • 12:00

    -2 C

  • 13:00

    -1 C

  • 14:00

    -1 C

  • 15:00

    -0 C

  • 16:00

    -0 C

  • 17:00

    -0 C

  • 18:00

    -3 C

  • 19:00

    -5 C

  • 20:00

    -6 C

  • 21:00

    -6 C

  • 22:00

    -6 C

  • 23:00

    -6 C

  • Juma, 23

    -6 +20

  • Shanba, 24

    0 +20

  • Yakshanba, 25

    +2 +20

  • Dushanba, 26

    +1 +20

  • Seshanba, 27

    +3 +20

  • Chorshanba, 28

    +3 +20

  • Payshanba, 29

    -0 +20

  • Juma, 30

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Andijonning to'qqiz tarnov suvi: “Boburnoma”da tilga olingan, bugungacha saqlanib qolgan shahar ariqlaridan nega to'lib suv oqmay qo'ydi?

Andijon shahridagi to'qqizta yirik ariq o'zining qadimiyligi bilan tilga tushgan. Hatto Zahiriddin Muhammad Bobur o'zining “Boburnoma” asarida “Andijonga to'qqiz tarnov suv kirishini” qayd etib, ulardan biri – Hokan arig'i nomini tilga oladi. Andijon ariqlarining bir qismi bugungi kunda ham saqlanib qolgan. Ammo yaqin yillargacha shahar iqlimiga ijobiy ta'sir ko'rsatib kelgan ushbu tarmoqlardan deyarli suv oqmay qo'ydi.
132 17:32 | 21.01.2026 17:32

Ishonch.uz muxbiri suv xo'jaligi mas'ullari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida Andijon ariqlari taqdiri bilan qiziqdi.



Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Shuhratbek Ergashevga ko'ra, mazkur ariqlar bilan sug'orilgan shahar atrofidagi qishloq xo'jaligi maydonlari o'rnida aholi turar-joylari barpo etilib, ekinzorlar qisqarib ketgan. Shu sababli hozir ushbu tarmoqlardan foydalanishga ehtiyoj qolmagan. Qolaversa, ariqlarning eni kichrayib, ayrim ko'chalarda ularning qirg'og'iga, hatto ustiga ham uy-joy qurilgan holatlar uchraydi.



“Bugungi kunda Andijonsoy kanalidan shahar ariqlarini to'ldirib suv ochib berish imkoniyati bor, ammo ariqning etagiga yetgach, mahallalarga toshib ketishi mumkin. Ehtiyoj yo'qligi uchun suv oqimi ham to'xtatilgan”, deydi mutaxassis.



Matbuot anjumanida viloyatda suv isrofgarchiligining oldini olish borasidagi ro'yobga chiqarilayotgan ishlar xususida ham atroflicha ma'lumot berildi. Mutaxassislarga ko'ra, ekin maydonlari uchun ajratilayotgan suvning 35-40 foizi tuproq o'zanli kanallar hisobiga behuda yo'qotilmoqda. Shu bois keyingi yillarda katta magistral, xo'jaliklararo hamda fermer xo'jaliklariga tegishli suv yo'llari betonlash ishlari kun tartibiga chiqqan.



Andijon viloyatida jami ekin maydoni 265 ming gektarni tashkil etadi. Qoradaryo va Norin daryosi hududda qishloq xo'jaligi yerlarining suvga bo'lgan ehtiyojini qoplay oladigan darajada zaxiraga ega. Bugungi kunda 1 gektar yerda hosil yetishtirish uchun o'rtacha 11 ming kub metr suv sarf etilmoqda. Biroq bu miqdor ayrim rivojlangan davlatlarda qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun ajratiladigan limitga taqqoslaganda, karrasiga ko'p. Masalan, AQShning Kaliforniya shtatida bu ko'rsatkich O'zbekistonga nisbatan qariyb uch baravar kam, ya'ni ajratiladigan limit miqdori 3-3,5 ming kub metrga to'g'ri keladi. Shu bois ham keyingi yillarda suvni iqtisod qilish, isrofgarchilikka sabab bo'layotgan omillarni bartaraf etish hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga astoydil kirishilgan.



Jumladan, 2025 yilda viloyatda 49,4 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan. Bundan tashqari, 1312 kilometr uzunlikdagi tuproq o'zanli kanallar betonlashtirilgan. Shuningdek, tizimni raqamlashtirish maqsadida joylarga 67 dona aqlli suv o'lchagichlar o'rnatilgan.



Matbuot anjumanidan so'ng jurnalistlar Jalaquduq tumanida gidrotexnik inshootlarni ta'mirlash, magistral kanallarni betonlash sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.



Nurillo No''monov,


Ishonch.uz



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid