+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

“Ko'cha bezorilari”ga barham berildi: Xorazmda mushtumzo'rlar qo'lga olindi

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor-qidiruv xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jamoat tartibini qo'pol ravishda buzib kelgan, “ko'cha bezoriligi” bilan shug'ullangan bir guruh shaxslar fosh etildi.
Hodisa
965 17:28 | 21.01.2026 17:28

Ma'lum bo'lishicha, 1996 yilda tug'ilgan, “Jo'mmi darital” laqabi bilan tanilgan J.A. Urganch shahridagi bozor hududida 1998 yilda tug'ilgan yigitni asossiz ravishda to'xtatib, turli savollar bilan bezovta qilgan va unga jismoniy zo'ravonlik qo'llab, tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga murojaat qilganidan so'ng esa, gumondor uni qo'rqitish va ruhiy bosim o'tkazishga uringan. Olib borilgan tadbirlar davomida J.A. qo'lga olinganida, uning yonidan marixuana giyohvand moddasi topilgan.


Yana bir holatda, 1997 yilda tug'ilgan, “Malish” laqabli A.M. ilgari ham bezorilik jinoyati uchun sudlangan bo'lishiga qaramasdan, sportning boks turi bilan shug'ullanishini ro'kach qilib, o'zini boshqalardan ustun qo'ygan. U yuzma-yuz gaplashish uchun chaqirgan yigit kelmagani sababli, uning uyiga borib, kaltaklab, tan jarohati yetkazgan.


Shuningdek, 1991 yilda tug'ilgan “Rasul qilich” laqabli R.F. kirakashlik bilan shug'ullanib yurgan vaqtida jamoat tartibini qo'pol buzgan. U yo'lda harakatlanayotgan avtomashinani asossiz to'xtatib, haydovchini urib-tepib jarohat yetkazgan. Mojaroga aralashgan yana bir fuqaro ham zo'ravonlikka uchragan.


Mazkur uchta holat bo'yicha o'zini “ko'cha qoidasi” bilan ustun qo'ygan mushtumzo'rlarga nisbatan jinoyat ishlari qo'zg'atildi. Hozirda gumondorlarga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish tartibi qo'llanilgan.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
dsdsd
0 1789 12:58 | 12.12.2023
Hodisa
Hodisa
“Borsa-kelmas” hangomalari
0 2075 21:21 | 28.11.2024
Hodisa
Suv parilari bilan uchrashuv
0 1989 22:49 | 29.11.2024
Hodisa
Hodisa